67-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda moddiy madad
berish uchun belgilangan qo‘shimcha kafolatlar
Mehnat shartnomasi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli (89-
moddaning
to‘rtinchi qismi
);
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni
(shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud
korxonaning tugatilganligi (100-modda ikkinchi qismining
1-bandi
) sababli;
xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga
noloyiqligi sababli (100-modda ikkinchi qismining
2-bandi
);
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli (106-moddaning
2-bandi
)
bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida
xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan bir oylik ishdan
bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan kafolatlar korxona rahbari, uning
o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa,
bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan (100-modda ikkinchi qismining
6-bandi
) hollarda
ham tatbiq etiladi.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Agar ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan xodimlar mehnat
shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat
organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan
ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish
huquqiga ega bo‘ladilar.
Keyingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida
maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladilar.
(67-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor
qilingandan keyin o‘n kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan va kasbi bo‘yicha
qayta o‘qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to‘lanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
Basharti ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli boshqa to‘lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning
talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni 149-moddasining
to‘rtinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tugatilayotgan korxonalarning mablag‘i bo‘lmagan taqdirda, ushbu moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(67-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |