O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

3-modda. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi
Mehnat kodeksi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
4-modda. Mehnatga oid munosabatlarni qonunlar orqali va shartnomalar asosida
tartibga solishning o‘zaro bog‘liqligi
Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan
belgilab qo‘yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ
hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari,
boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari
bilan belgilanishi mumkin.
Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va
boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat to‘g‘risidagi shartnoma
taraflarining kelishuvi asosida, o‘zaro kelishilmagan taqdirda esa, — mehnat nizolarini ko‘rib chiqish
uchun belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
5-modda. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalar shartlarining haqiqiy emasligi


Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan
shartlari haqiqiy emas.
Keyingi
 tahrirga qarang.
6-modda. Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng
imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab
mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek
xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan
boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki
imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasining 
birinchi qismi
.
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar)
to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda
o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
188-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
985

1021
va 
1022-moddalari,
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 
2-kichik
bo‘limi 
(“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli
“Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish