291-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot
etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan
qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, shunga muvofiq
keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta
qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining
IV bobi
(“Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari”).
292-modda. Pensiya turini tanlash huquqi
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta qilingan xodimlarga
(boquvchisini yo‘qotgan hollarda esa — ularning oila a’zolariga) ularning o‘zlari tanlagan
pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining
4-moddasi
.
293-modda. Davlat pensiyalarining miqdori
Davlat pensiyalarining miqdori qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining
25 — 29-moddalari
.
294-modda. Sug‘urta qilingan xodimlarni davlat pensiyalari bilan ta’minlash tartibi
Davlat pensiyalarini tayinlash, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi qonun bilan belgilab
qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining
VII bobi
(“Pensiyalar tayinlash”),
VIII
(“Pensiyalarni qayta hisoblash”) va
IX
(“Pensiyalar to‘lash”)
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova; 1997-y., 2-son, 65-modda;
1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 112-modda, 9-son,
229-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda, 9-10-son, 182-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda, 9-son, 165-modda;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2009-y., 52-son, 553-
modda, 554-modda; 2010-y., 51-son, 483-modda; 2012-y., 37-son, 421-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-
son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son,
597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y.,
03/18/456/0512-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y.,
03/18/486/1559-son, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son, 20.10.2020-y.,
03/20/642/1396-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son; 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 10.02.2022-y.,
03/22/752/0113-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |