O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


II BOB. MEHNATGA OID MUNOSABATLARNING SUBYEKTLARI



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

II BOB. MEHNATGA OID MUNOSABATLARNING SUBYEKTLARI
14-modda. Xodim mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida
Belgilangan yoshga yetgan (
77-modda
) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi
tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
72-moddasi
.
15-modda. Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida
Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;
2) mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
3) o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar
yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli “Yakka
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish
hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuniga 
asosan 4-
band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
16-modda. Xodimning asosiy mehnat huquqlari
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga 
muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish
tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va 
qonunda
belgilangan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir.
Har bir xodim:
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash 
yagona tarif setkasining 
birinchi
razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
(16-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi
O‘RQ-352-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish
kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan


yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
 VII
 (“Ish vaqti”) va 
VIII boblari
 (“Dam olish vaqti”).
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
211-moddasi 
va O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining 
birinchi qismi
.
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning XII bobi 
2-paragrafi 
(“Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish
beruvchining moddiy javobgarligi”), O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonunining 
33-moddasi 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-
sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni
qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 
qarori
.
kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi
boshqa tashkilotlarga birlashish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
21

22

23-moddalari 
va O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba
uyushmalari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda
nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
XVI bobi 
(“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi”), shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali
yuridik yordam olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 
2-kichik bo‘limi
(“Da’vo ishini yuritish”), Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy 
qoidalarining 
5.1-bandi (ro‘yxat raqami: 746,
14.06.1999-y.).
jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
281-moddasi
.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish