O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet48/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

O’rta asrlar. IX asrda arab xalifaligi zaiflashgan, O’rta Osiyo islom dinini qabul qilgan bo’lsada, milliy ozodlik harakati yanada kuchaydi. Mustaqil davlatlar Somoniylar sulolasi O’rta Osiyoda, Toxariylar keyinchalik Safforiylar Eronda paydo bo’ldi. IX – XII asrlarda O’rta Osiyo sivilizatsiyasi o’zini rivojlanish cho’qqisiga chiqdi. Ishlab chiqarish kuchlarini o’sishi bilan yangi sug’orish inshootlari qurildi, yangi konlar ochildi. Shaharlar yana qaytadan tiklana boshladi. Yangi hunar savdo markazlaridan Buxoro, Marv, Samarqand, Toshkent, Urganch kabi shaharlarni aytish mumkin. Bu davrda arab mualliflarini aytishicha, Turkiston o’lkasining turli mamlakatlar bilan savdo aloqalari kuchayadi. Diniy mafkura siyosiy va ma’naviy hayotni to’la qamrab oldi. Oliy ta’lim beradigan ilk o’quv yurti – madrasa X asrda Buxoroda ochilgan. Bu shaharda XII asrda esa musulmon huquqshunosligi bo’yicha yana bir madrasa paydo bo’ldi.
IX asrdan boshlab Yevropada ham rivojlanish boshlandi. XIII asrda Yevropada o’rta asr sivilizatsiyasi gullab yashnadi, shaharlarni yetakchilik roli kuchaydi. Bu shaharlarda sex tashkiloti, savdogarlar toifasi salmoqli o’rin egallar edi.
Shaharlarda kelajakdagi jahon bozorini shart sharoitlari yaratildi. Qishloqda natural xo’jalik ustuvor bo’lib, jamoa tuzumining ko’pgina unsurlari bilan feodal pog’onasi hukmronlik qilar edi. Dehqonlarning shaxsiy qaramligi mustahkamlandi. Cherkov siyosiy va ma’naviy sohalarda iqtisodiyotni sezilarli qismida o’z hukmronligini o’tkazdi. San’at din homiyligida rivojlandi. Universitetlar ochildi. XIV asr o’rtalaridan ilk feodal sivilizatsiyaning chuqur tushkunligi, navbatdagi sivilizatsiyaga o’tish davri boshlandi.
O’rta asr sivilizatsiyasining qaysi o’ziga xos belgilari insoniyatning tarixiy, moddiy, iqtisodiy va ma’naviy merosiga uning asosiy hissasi bo’ldih

  1. Bu davr dunyo dinlari – islom, xrestianlik, buddaviylikning hukmronlik

davri edi. Dastlab budda va islom dinlari, keyinchalik xrestian dini jamiyatlarda o’z hukmronligini o’rnatdi. Jamiyatda birinchi bor mafkura diniy shaklda ustuvor omil bo’ldi. Diniy mafkura feodal tarqoqlik davrida barqarorlik, birlashtiruvchi omil sifatida chiqdi. Lekin Sharqda va G’arbda diniy hurfikrlilikka, toqatsizlikka, aqidaparastlik, turg’unlikka olib keldi. “G’ayridinlar”ga qarshi ko’plab urushlar, cherkov tashabbusi bilan uyushtirildi. Misol uchun 8 ta salib yurishlari (1096-1099, 1270 – yillargacha) shaharlarni vayron bo’lishi, iqtisodiy – moddiy yuqotishlarga, minglab odamlarni qurbon bo’lishiga olib keldi. Lekin salib yurishlari Sharqning ko’plab texnika va moddiy yutuqlarini o’zlashtirishga yordam berdi.

  1. O’rta asr sivilizatsiyasini ajratib turadigan ikkinchi belgi

– dehqon va shahar hunarmandlarining, quldorlik tizimining og’ir noiqtisodiy, majburiy mehnatiga nisbatan shaxsiy erkinligi va iqtisodiy manfaatdorligi edi. Yerga ko’p bo’g’inli – pog’onaviy mulkchilik va yerga u yoki bu shaklda dehqonlarni biriktirib qo’yish qishloqdagi iqtisodiy munosabatlarni ustuvor ko’rinishi edi. Syuzerinning zaif cheklangan huquqlari, ko’p sonli feodal va cherkov soliqlari, majburiyatlari shundan edi.
Qishloqdagi bunday munosabatlarga o’xshash shaharlarda hunarmandlar, sex uyushmalari va savdogarlar birlashmalari qattiq qoidalar bilan cheklangan edi. Ko’pgina shaharlar “hur fikrlilik” va “shakkoklik” o’choqlari, savdo – hunarlarni, me’morchilikni o’sishi, fanning qayta uyg’onishi va ta’limda navbatdagi inqilob markazlari edi (Universitet inqilobi). Sharqda shaharlar azaldan savdo – hunarmandchilik markazlari edi. IX-XII asrlarda Bog’dod, Buxoro, Marv, Samarqand, Toshkent, Urganch, Ray, Nishopur kabi shaharlar ichki va tashqi savdo bilan faol shug’ullanar edilar. Shu bilan birga ular ma’muriy boshqaruv markazlari feodal hokimning qarorgohi edi. Sharqdagi shaharlar to’la feodal hukmdor qo’l ostida bo’lib, na boshqaruvda va na iqtisodiy sohada biror bir huquq imtiyozga ega emas edilar. Aksincha, feodal hokimlarining siyosiy kurashida, urushlarda eng katta yuqotish – vayronalikka duchor bo’lar edilar.
“O’rta asr shahari sex hunarmandchiligi – degan edi M.I.Tugan – Baranovskiy, – G’arb butun jahon sivilizatsiyasi o’sgan joy edi, insoniyatni misli ko’rilmagan cho’qqilarga ko’targan yuqori madaniy darajadagi o’ziga xos ijtimoiy ukladdir. Shahar G’arb ijtimoiy hayotiga kelajakda eng birinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’lgan yangi ijtimoiy sinfni – burjuaziyani yaratdi. Shaharlarni ko’payishining eng cho’qqisi XIII asrning II yarmiga to’g’ri keladi”.
O’rta asrlarda eng katta yutuqlarga Shimoliy Italiyaning shaharlari Venetsiya, Genuya va Florensiya erishdilar. Bu shaharlarda respublika tizimi o’rnatilgan edi. Venetsiya va Genuya dengizlarda hukmronlik uchun o’zaro kurashdilar. O’rtayer dengizi va Qora dengiz qirg’oqlarida bir necha koloniyalarni barpo qildilar. Venetsiyaga boyliklarni olib kelishi, hozirgi kunda noyob madaniyat namunalari bo’lgan saroylar va boshqa jamoatchilik binolarini bunyod qilinishiga sabab bo’ldi. Dengizga chiqish yo’li bo’lmagan Florensiya jun mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Bu yerda jahonda birinchi jun manufakturalari paydo bo’ldi. Birinchi sanoat burjuaziyasi va yollanma ishchilar kelgusi ikki sivilizatsiyaning asosiy sinflari ham shu yerda shakllandi.
Savdoni kengayishi bozor iqtisodiyotiga o’tish, navbatdagi demografik o’sish nafaqat hunarlarni rivojlanishi, ishlab chiqarish sex tashkilotining yutuqlari bilan shartlanib qolmay, balki dehqonchilik texnikasini, ot plugini takomillashuvi, uch dalali almashlab ekishning progressi natijasi edi.
3.Siyosiy sohada bu davr feodal monarxiyalarning (qirolliklar) kurashi, ko’p sonli va “ko’p qatlamli” vassalarni o’zboshimcha hokimiyati, ko’plab qonli urushlar, to’qnashuvlarni keltirib chiqargan feodal tarqoqligi bilan ajralib turadi.
Sharqda yirik davlat va imperiyalar vujudga keldi. Arab istilolari natijasida vujudga kelgan arab xalifaligi VII asrdan XII asr o’rtalarigacha yashadi. Somoniylar davlati (X asr), G’aznaviylar davlati (XI asr), Saljuqiylar (XII asr), Xorazmshohlar davlati (XII-XIII asr boshlari).
Sharqdagi ulkan imperiyalardan biriga mo’g’ul Chingizxon asos soldi (XIII-XIV asrlar). Mo’g’ulistonda ilk feodal davlatni tuzgan Chingizxon Xitoy, O’rta Osiyo, Kavkaz ortini egalladi, uning nevarasi Botuxon (1227-1255 yillar) rus yerlarini bosib olib, Polsha, Vengriyaga yurishlar qildi va Adriatika dengiziga chiqdi.
Chingizxonning boshqa bir nevarasi Xulagu Eron, Iroq, Gruziyani bosib oldi va arab xalifaligini tugatdi. U xalifalik poytaxti Bag’dodga yurish qilib, so’ngi abbosiy xalifa Muntasimni o’ldirdi (1258 yil).
Botuxon Irtish daryosidan Qrimgacha, Dnepr va Dunay daryolarigacha cho’zilgan Oltin O’rda davlatiga asos soldi (1242 yil). Rus yerlari unga qaram bo’lib, 1476 yilgacha xiroj to’ladilar.
O’rta asrlardagi dunyoda eng qudratli imperiyalardan biriga Amir Temur asos soldi. Temur O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Shimoliy Kavkaz, Volganing quyi oqimi, Iroq, Ozarbayjon, Misr, Kichik Osiyo, Hindistonni o’z tarkibiga olgan ulkan imperiyaga asos soldi. Amir Temur asos solgan davlat dunyo tarixida salmoqli iz qoldirdi. Temuriylar davlati yuz yil yashadi.
Amir Temurning sulolasi vakili Bobur esa Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi. Bu davlat uch yuz yildan ko’proq yashadi (1526-1858 yillar). Uning vakillaridan biri mashhur Akbarshoh (1556-1605 yillar) qator tub iqtisodiy-madaniy va siyosiy islohotlar o’tkazdi. Boburiylar davrida Hindiston iqtisodiy-madaniy jihatdan gullab yashnadi.
XIV asrdan Usmoniylar imperiyasi shakllandi. Usmoniy turklar dastlab Kichik Osiyoni , 1386-yili Bolgariyani, 1389-yilda Serbiyani, 1453-yilda Vizantiya imperiyasini bosib oldilar. XVI asr boshlarida sulton Salim I mamluklarga zarba berib Suriya va Arabistonni buysundirdi. Uning o’g’li Sulaymon I 1521-yil Belgradni, 1526-yil Vengriyani, keyin Qrim, Moldaviya va Valaxiyani bosib oldi. XVI asr oxirida Yunoniston, Shirvon, hozirgi Eron, Ozarbayjon imperiya tarkibiga kiritildi. Afrikada Misr ishg’ol qilinib, Marokashdan tashqari Shimoliy Afrika butunlay egallab olindi. Istilolar natijasida uch qit’adan yer-mulklarni, qaram hududlarni o’z tarkibiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi.
Usmoniylar imperiyasi sultonlari hududlar boshqaruvini samarali usuli sifatida harbiy-feodal boshqaruvni joriy qildilar. Kuchli piyoda qo’shin (yanicharlar) va harbiy flot imperiyani xavfsizligini ta’minlar edi. Islom dini hukmron e’tiqod edi. Usmoniylar imperiyasi XX asrgacha butun Yevropa siyosatiga kuchli ta’sirini o’tkazdi. Bu imperiya XIX asrning ikkinchi yarmidan o’zining yemirilish bosqichiga kirdi.
Yevropada savdo-siyosiy ittifoqlari tashkil topdi. Boltiq va Shimoliy dengizlardan muhim savdo yo’llaridagi birinchilikni dastlab Bryugge keyin esa Lyubek boshchiligida 70 dan ortiq nemis shahri kirgan Ganza ittifoqi egallab olgan edi. Ganza savdogarlari Novgoroddan tortib, Londongacha shimoliy Yevropa savdosini o’z qo’llariga to’plagan edilar.
Yevropadagi ikkinchi bir savdo markazlar Venetsiya va Genuya shaharlari edi. Ular Sharq bilan savdo yo’llarini o’z qo’llariga oldilar. Bu shaharlar bu havzada hukmronlik uchun va har ikkisi Vizantiyaga raqib edilar. Venetsiya va Genuya mustaqil respublika bo’lib, ularda hokimiyat boy savdogarlar qo’lida edi. Venetsiya amalda oz qishloq xo’jaligiga, moddiy resurslariga hatto chuchuk suviga ega bo’lmay, rivojlangan savdo, hunar, boy madaniyat, qudratli flotga tayanib o’z ta’sirini deyarli butun G’arbiy Yevropaga, O’rtayer dengizi, Qora dengiz bo’yiga o’tkazdi. Venetsiya bozor infrastrukturasining shakllanishi modeli va nisbatan demokratik siyosiy tuzumning, turli diniy e’tiqodlarga tolerantlik namunasi edi.
Shu bilan birga bu davrning muhim voqea va belgilari bo’lgan dastlabki kapital jamg’arish jarayoni , G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika iqtisodiyotiga o’rnatilishi ikki burjua inqilobidan (niderland va ingliz) chetda qoldi.
I.M.Dyakonov bu davrni (uning hisobi bo’yicha oltinchi tarixiy faza) uning asosiy diagnostik belgilari bilan birga barqaror-absolyut o’rta asrlar deb atashni taklif qiladi. Asosiy diagnostik belgilar deb u quyidagilarni ko’rsatadi: samarali o’q otuvchi qurolni joriy etilishi, burjuaziya va yollanma ishchilar sinflarini paydo bo’lishi, ishlab chiqarish vositalarini takomillashuvi, eng avvalo qurolsozlik ishi texnologiyasi takomillashuvi bilan bog’liq edi, milliy o’zlikni shakllanishi, barqaror absolyut davlatlar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. (22.C.152-157) Lekin davrning va uning belgilarini aniqlashtirishdan asosiy iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy shart-sharoitlar va industrial jamiyatning asoslari tushib qoladi. Tarixiy progressda o’q o’tuvchi qurolning rolini bo’rttirib ko’rsatishga arzimaydi. Bu jahon sivilizatsiyasining industriya arafasi, ilk kapitalistik deb atash mantiqan to’g’riroq bo’lar edi. Bu tarixiy progressni avangardida turgan mamlakatlarda jamiyat dinamikasi bosh an’anasini, ikkinchi tarixiy supersikl cho’qqisi uchun poydevor qo’ygan bu bosqichni o’tish xususiyatini ifodalaydi.
XV asr so’ngidagi buyuk geografik kashfiyotlar, Turkiyaning o’sib borayotgan xavfi (Konstantinopolning halokatidan keyin) – bir qism savdo yo’llarini Atlantika, Shimoliy va Boltiq bo’ylariga ko’chishiga olib keldi. Dengiz orti istilolari va dengizdagi qudrati natijasida Portugaliya, keyin esa Ispaniya kuchaydi. Jahon savdosini, iqtisodiy qudratining markazi XVI asrda Antverpen, XVI asrning so’ngi choragi – XVII asrning birinchi choragida – Genuya, keyin Amsterdam, davrning so’ngida – London (1700 yilga elib u 550 ming aholiga ega bo’lib, Yevropadagi eng katta shahar edi) oldi.
Shu bilan bir vaqtda bu davr savdo va bank burjuaziyasini siyosiy hokimiyat uchun kurashining boshlanishi edi. Bu Niderland va ingliz burjua inqiloblarida eng yaxshi ko’rindi.
Italiyada boshlangan uyg’onish, buyuk ilmiy inqilob, Germaniyadagi reformatsiya davrining bayroqlari bo’ldi.
Sanoat inqilobining boshlanishi, manufakturalarning hukmronligi, toshko’mirni o’zlashtirilishi, tog’ va metalurgiya sanoatining rivojlanishi bilan bo’g’liq edi. F.Brodel shunday belgilaydi: “Bularning hammasi umumiy ilmiy-texnika inqilobi muhitida yuz berdi: bu shunday vaqt ediki, qachonki yuzlab italyanlar Leonardo Vinchining qiziqishiga ergashib o’z yozuv daftarlarini ajoyib mashinalar loyihalari bilan to’ldirdilar ” (o’sha joyda 567 b). Shunga o’xshash jarayonlar boshqa rivojlanish darajasi bo’yicha yaqin mamlakatlarda kechdi.
Beshinchi sivilizatsiya siklining yuksalish cho’qqisi, uning yetuklik fazasi XVI asrga to’g’ri keladi. Buni tarixchilar quyidagilar bilan tan oladilar: “XVI asr – aholini o’sishi davrida Amerikadagi ispan mulklaridan oltin va kumush oqimini o’sishi va Germaniyada kumush qazib chiqarish texnologiyasini yaxshilanishi natijasida pul bozorida qimmatbaho metallar oqimini o’sishi, sanoatni kengayishi, qishloq xo’jaligi mahsudorligini o’sishi, sanoatni kengayishi, aholi asosiy massasini hayot sharoitini yaxshilanishi ifodalangan demografik va xo’jalik ko’tarilishi” (25.T.3.C11 )
Industriya arafasi jamiyatini shakllanish episetrida G’arbiy Yevropaning mamlakatlari – Italiya, Angliya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya turar edi. Ayna shu yerda yangi g’oyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar paydo bo’ldi, burjua iqtisodiy munosabatlari qaror topdi, absolyut davlatlar paydo bo’ldi, ular asosan feodal kelishmovchiliklarga chek qo’ydilar, katta siyosiy barqarorlikni va dastlbki kapital jamg’arish natijasida shakllangan mulkchilikni himoyasini ta’minladilar.
I.M.Dyakonovning fikricha taxminan shu vaqtda Xitoyda kuchli mutlaq davlat shakllanadi. U shaharlarning jadal rivojlanishiga, hududiy mehnat taqsimotiga (bu yirik manufakturalarni paydo bo’lishiga olib keldi) rivojlangan savdo va pul muomalasiga (XII asrdan qogo’z pullar chiqarila boshlandi) tayangan edi. Bu davrning cho’qqisiga Min sulolasi (1368-1644) davrida erishildi. Lekin Xitoyda radikal burjuaziya qatlami vujudga kelmadi; manjur istilosi (1644-1674), keyin G’arb mustamlakachilarining bosqinlari mamlakatni orqaga uloqtirdi.O’rta asrlar doirasidan Turkiya, Eron, Mongoliya, Hindiston, Janubiy-Shaqriy Osiyo chiqa olmadi. Bu yangi tarixiy davrga ba’zi kechiklishlar bilan Rossiya va Yaponiya o’ta boshladilar (22.C 197-204)
Bizning fikrimizcha, O’rta Osiyo bu davrda mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lib, davlatni markazlashuvi uchun qulay shart-sharoit yuzaga keldi. Feodal tarqoqlik zulmiga chek qo’yishga tomon harakat boshlandi (Sarbadorlar harakati) lekin u tugallanmadi. Feodal urushlar va feodal tarqoqlikni tugatish, davlatni markazlashuvi tomon qat’iy yo’l tutildi. (Amir Temur hykmronligi davri 1370-1405 yillar va uning ba’zi vorislari davri Shohruh, Abusaid Mirzo).
Nima uchun O’rta Osiyo feodalizm doirasidan chiqa olmadih

  1. Mahalliy feodal hukmdorlar, feodallarning o’zaro urushlari, feodal tarqoqligini tugatish imkoniyatini yo’q qildi.

  2. Savdo – hunar bir qadar rivojlangan bo’lsada shaharlarda, o’z-o’zini boshqarish tizimi shakllanmadi. Shahar feodal hokimning qarorgohi bo’lib qolaverdi.

  3. Savdogar – hunarmandlar ijtimoiy qatlam sifatida shakllangan bo’lsada, mustaqil ijtimoiy qatlam sifatida uyushib o’z manfaatini himoya qila olmadi, progressning oldingi safiga tura olmadi.

  4. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi bozor munosabatlarini shakllanishiga shart- sharoit yaratmadi.

  5. Dastlabki kapital jamg’arish jarayoni yuz bermadi, uning asosiy omillari savdogarlar, boy shaharliklar ijtimoiy qatlam bo’lib, rivojlanmadilar va o’z manfaatlarini himoya qila olmadilar.

  6. Ishlab – chiqarish ibtidoiy jamoa xo’jaligi, feodal yer egaligi bilan aralash natural holatda qolaverdi, Ma’naviy hayotda dinning to’la hukmronligi, mutaasiblik, ilm fanni rivojlanishiga to’sinlik qildi.

Bu davr tarixiy meros xazinasini nima bilan boyitdih
Bu davrda dunyoning turli hududlarida madaniyatlar ulkan yutuqlarga erishdilar.

  1. O’rta Osiyoda Sharq Renessansining so’ngi davri boshlandi.

  2. Tarixda eng shonli lahzalardan biri italyan Renessansida (XIV – XVI asrlar) yorqin jo bo’lgan ma’naviy hayotning parvozi bo’ldi.

U o’z tarixiy ahamiyati bo’yicha er. avv. IV-V asrlarda Qadimgi Yunonistondagi birinchi intellektual inqilobga teng edi. Boshqacha aytganda, Qadimgi Yunon merosini qayta tiklashda taxminan XIX asr o’rtalarigacha davom etgan insonparvarlik ruhi Renessansi boshlandi.
Xronologik jihatdan italyan Renessansi protorenessansga (XIII-XIV asrlar), ilk (adabiyotda – XIV asrdan, tasviriy san’at va me’morchilikda – XV asr), yuqori (XV asr oxiri XVI asr I choragi) va so’ngi (XVI asr) boshqichlariga bo’linadi. G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarda (Fransiya, Nederlandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya) Renessans bir, bir yarim asr kechroq boshlandi.
Insonparvarlik birinchi o’ringa qat’iy belgilangan diniy aqidalarning cheklashlaridan ozod bo’lgan, borliq quvonchi hissiyoti bilishlariga berilgan erkin ijodiy shaxs, insonni ilgari suradi. Bu bilishning turli sohalarida zamonaviy fanning asosini qo’ygan Buyuk ilmiy inqilobda o’z aksini topdi. Bu ilmiy inqilobning cho’qqilari astronomiya, qator nazariy va injenerlik fanlaridan, falsafa va tibbiyotdagi buyuk kashfiyotlar edi.
J. Bernal bu yorib o’tishni intellektual inqilob, olimlarni uyushmalarini (Florensiyada Aflotun akademiyasi, Angliyada qirollik jamiyati, Fransiyada qirollik fanlar akademiyasi) tuzilishi bilan fanlarni shakllanishini tugallanishi deb baholaydi.
Adabiyotda (Dante, Petrarka, Bokachcho, Erazm, Pable, Servantes), teatr san’atida (Italyan komediyasi del arte, lope de Vega, Shekspir dramaturgiyalari), tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilikda (Leonardo do Vinchi, Rafael, Jordano va Titsian, Mikelanjelo, Dyurer, Rembrant) ham ajoyib yutuqlarga erishdilar.

  1. Ilmiy tafakkur asosan amaldan ajralgan antik davrdan farq qilgan holda uyg’onish davridagi ilmiy to’ntarish, ilmiy-texnika inqilobi bilan bog’langan edi, amaliyot yutuqlari bilan sug’orilib uning ehtiyojlarini qondirdi. Turli xil sanoat mahsulotlarini arzonlashuvining, mehnat taqsimotiga asoslangan umumdorligini ko’p marta oshirgan manufaktura edi.

O’q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish ancha o’sdi. (To’p, mushket) bu o’z navbatida aralash sohalarni rivojlanishiga turtki berdi. Dengiz flotini rivojlanishi okeanlarga suzish imkonini yaratdi. Faqat dexqonchilikda qaram dehqon va yerga biriktirilgan dehqonlarning mehnati ustuvor bo’lgani uchun sezilarli progress bo’lmadi, lekin bu sohada ham qator – takomillashtirishlar keng tarqaldi.

  1. Industriya arafasi sivilizatsiyasining iqtisodiy

munosabatlari amalda materikning butun aholisini qamrab oldan bozor chegaralarini mustahkamlanishi va kengayishi, kapitalizmning asta – sekin savdoda, sanoatda, dengiz transportida, qisman qishloq xo’jaligida (Angliyadagi g’ov tutish jarayoni) qisman shakllanishi bilan tavsiflanadi. Dastlab Italiyada, keyin Amsterdamda, Parij, Londonda savdoni, veksel aylanishi bank va birja faoliyatining mukammal mexanizmi, bozor infratuzilishi shakllandi.
Iqtisodiy hokimiyat asta – sekin katta yer egalari, aslzodalar va cherkovdan savdo – moliya sanoat kapitaliga o’tdi. Kapitalistik munosabatlar qishloq xo’jaligiga kirib bordi. Shahar va qishloqda yollanma mehnat, keng tarqala boshladi.
Dastlabki kapital jamg’arishning barcha qo’pol shakllari to’la, chuqur va obrazli qilib, K. Marks tomonidan “Kapital” ning I jildining 24 bobida tasvirlangan. Bu vaqt kapitalistik iqtisodiyotning butun dunyo bo’ylab zafarli yurishi davri edi. Aynan shu davrda ko’p sonly lokal va hududiy bozorlar, xalqaro savdo bilan mahkam bog’langan yagona milliy bozorlarga birlashdi.
Bu davr iqtisodiy progressining boshida G’arbiy Yevropa bordi. Yevropada kapitalistik jamiyatga, uning birinchi fazasi “manufaktura kapitalizmi” da tarixiy burilish yuz berdi. Yevropa tarixidagi bu tub burilish lahzalaridan biri , uning oqimlaridan biri o’z umrini o’tab bo’lgan eski feodal tartib qoidalaridan yangi ijtimoiy tuzum kapitalizmiga tomon keskin burildi. Yangi davr burjuaziya ishlab chiqarish munosabatlarining birinchi shaklini alohida taraqqiyoti bilan tavsiflanadi. “Manufaktura kapitalizmi” dastlab ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ilg’or bo’lgan mamlakatlar – Angliya va Niderlandiya ko’zga ko’rindi. Shu bilan birga yangi tuzumga yaqinlashib kelayotgan qit’aning boshqa qator mamlakatlarida xo’jalik ukladida yaqqol ifodalangan qulayliklar o’zini bildirmoqda edi. Yevropani qamrab olgan xo’jalik tushkunligi belgilari paydo bo’lgan paytda Elba daryosidan Sharq tomonda XVII asrning II yarmida kreposnoylik huquqining shakllari o’rnashdi.
5.Industriya arafasi sivilizatsiyasida ijtimoiy – siyosiy sohalarda turli an’analar bilan tavsiflanadi.
Eng katta yutuq barqaror mutloq monarxiyalar mavjud bo’lgan davlatlarni vujuvga kelishi edi. Bu zamonaviylik huquqiga tayanib ish ko’radigan feodal xo’jayinlar beboshligi, o’zaro nizolariga chek qo’ydi. Ishlab chiqarish va savdo uchun qulay sharoit yaratdi.
Insonparvarlik g’oyalarini o’tishi siyosiy tenglik uchun feodal toifachiligini tugatish syuzerenlarning cheksiz hukmronligi va o’zboshimchaligini tugatish uchun kurashni kuchaytirdi. Niderland va ingliz burjuaziya inqiloblari natijasida “uchinchi toifa” ning siyosiy ta’siri kuchydi, lekin davlat darajasida hokimiyat avvalgidek monarx (qirol), oqsuyak feodallar va cherkovning yuqori tabaqasi qo’lida edi. Faqat Angliyada parlamentni kuchayishi bilan an’anaviy feodal hukmronligi darz ketdi. Venetsiyada an’anaviy respublika tuzumi saqlanib qolindi.
Shu bilan bir vaqtda ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashgan davri, xalq g’alayonlari, qonli fuqarolik va diniy urushlar vaqti edi. Qirollar va feodallar to’xtovsiz urushlar olib bordilar (Angliya va Fransiya o’rtasida yuz yillik urush, Umumyevropa 30 yillik urushi 1618-1648). Urushlar katta miqdordagi mablag’larni talab qilar edi. Bu shahar aholisi va dehqonlar uchun soliq va majburiyatlar yukini ko’paytirar edi. Bu xalq qo’zg’alonlariga olib keldi. Ulardan Fransiyadagi Jakeriya qo’zg’oloni, Germaniyadagi dehqonlar urushuni aytish mumkin.
6.Dengiz sayohatlari va buyuk geografik kashfiyotlar jahon
mustamlakachilik imperiyalarini shakllanishiga olib keldi.
Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan Amerikani o’zlashtirish natijasida Ispaniya dunyodagi eng katta mustamlakachilik imperiyasiga aylandi. Ispaniya, Portugaliya, Britaniya, Fransiya, Gollandiya o’rtasida mustamlakalarni bosib olish, qayta taqsimlash uchun to’xtovsiz urushlar olib borildi. Qadimgi madaniyatlar katta-kichik xalqlar mustamlakachiliklarining zo’ravonligiga uchrab yo’q bo’lib ketdilar.
Janubiy va Shimoliy Amerika xalqlarining taqdirlari turlicha bo’ldi. Ispanlar va portugallar bosib olgan dengiz orti mulklarida mavjud bo’lgan qadimgi jamiyatlar yo’q qilindi. O’rta asrlarga zo’ravonlik bilan sakrash amalga oshirildi. Feodal, qisman quldorlik munosabatlari hududlarda hukmron edi. XIX asr boshlarida Simon Bolivar rahbarligidagi va boshqa milliy yo’lboshchilar boshchiligida olib borilgan ozodlik urushlari natijasida aralash milliy davlatlar shakllandi.
XVII asr boshlarida Shimoliy Amerikada Britaniya koloniyalari tashkil topa boshladi. Janubiy paxtachilik shtatlarida feodal va quldorlik munosabatlari bilan birlashib ketgan burjua munosabatlari yetakchilik qildi.
XVIII asrda tashkil topgan AQSH industrial kapitalistik jamiyatiga xos bo’lgan siyosiy munosabatlarni o’rnatish uchun jadal harakat qildi (eng ilg’or konsepsiya 1787-1791 yillarda, huquqlar to’g’risida Bill). Aynan AQSHda liberal demokratiyaning tuzumi tug’ildi. Bu keyingi 200 yil davomida Yevropa va butun dunyo uchun namuna bo’ldi.
Lekin bu shafqatsiz davr jahon progressida olg’a tashlangan ulkan qadam edi. Aynan o’sha davrdan bizning davrimizgacha cho’zilib kelgan ko’pgina iplar bizgacha yetib keldi va XX asrda hal qilinishi zarur bo’lgan yoki yechilgan muammolar o’sha davrda tug’ildi.
O’sha davrda ilk kapital jamg’arish tarixi, Yevropaning tarixiy taraqqiyotini bir necha yuz yilga belgilab bergan kapitalistik eraning boshlanishi boshqa mamlakatlar, qit’alarning hayotiga ko’p hollarda fojiali ta’sir qilgan jarayonlar, bizning davrimizdagi sifat jihatdan yangi o’zgarishlarga, buyuk burulishlarga olib keldi. Uyg’onish davri va reformatsiya zamonaviy bilim asoslarini yaratdi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish