Muammoli vaziyatni tahlil qilish va yеchimini topish jadvali
Muammoli vaziyat
|
Muammoli vaziyatning kеlib chiqish sabablari
|
Muammoli vaziyatdan chiqish yo’llari
|
|
|
|
Javoblar berib bo’lingach o’qituvchi muammo yechimini topishda ularga yordam berishi, xulosalarni umumlashtirishda rahbarlik qilishi mumkin
Quyidagi slaydlar yordamida mavzu davomida foydalanish ham mumkin:
O’RTA ASR VA INDUSTRIAL JAMIYATDA INSON
Antik davrdan boshlab o’rta asrlarga o’tishda erkin fuqarolar soni kamaydi. Feodal toifasi qirol, podsho yoki knyaz boshchiligida katta-katta yer mulklariga ega bo’ldilar.
Ilgari erkin bo’lgan jamoa a’zolarini ko’pchiligi o’gir majburiyatlarni bajaradigan qaram dehqonlarga aylandilar.
Yevropaga qaraganda Sharqda Vizantiya, Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo, Eronda temir asri odami zamonaviylik tomon bir maromda, kamroq tebranishlar bilan yo’l tutdi. O’rta asrlar bu hududlarda bisbatan uzoq davom etdi. Bu mamlakatlar keyinchalik Yevropadagi agressiv kapitalizm mamlakatlariga qaram mustamlaka, yarim mustamlakalarga aylandilar. Qachonlardir jahon progressining ilg’or xalqlari qaram bo’lib qoldilar va ularning iqtisodiy-ijtimoiy va ma’daniy taraqqiyoti bir necha yuz yillarga orqada qoldi. Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari mustamlakachilar tomonidan deyarli yo’q qilindi.
Ikkinchi tarixiy supersiklning uch sivilizatsiyalari davomida jamiyatda insonning mavqei siniq chiziq tarzida o’zgarishi kuzatiladi. O’rta asrlarda shaxsiy erkinlikdan erksizlikka tomon harakat yuz berdi.
Toifaviy – ko’p qatlamli jamiyat shakllandi. jamoada teng huquqli bo’lgan dehqonlar feodalga shaxsan qaram bo’ldilar. Feodallarning o’zi oily syuzerenning vassali edilar.
O’z harbiy qismlari bilan qirol qo’shinida xizmat qilib uning sudiga bo’ysunar edilar. Oliy tashkilotlar mavjud feodal toifasiga xizmat qilar edilar. Cherkovning o’zi katta yer mulklariga ega edi.
Industriya arafasi, Renessans va ma’rifatparvarlik inson ruhini tantanasi, shaxsni ulug’lanishi, fuqarolarni teng huquqligi, erkinligiga yana qaytish edi. Antik fan, san’at va demokratiyani goyalari yana qayta tug’ildi. Bu davda Venetsiya, Florensiya, Genuya, Amsterdam, Toledo va boshqa shaharlar gullab-yashnadi.
Shaharlar ma’daniyat markazlari, hunarmand, savdogar, bankirlar, me’mor-quruvchilar, shoir-rassomlar insonning siyosiy erkinligi va ruhining parvozi to’plangan joy edi. Universitetlar hurfikrlik markazlari edilar.
Shaxsiy erkinlik yengil paydo bo’lmadi. Feodal hukmdorlar o’z hokimiyatlarini mustahkamlashga harakat qildilar, qarshilik ko’rsatganlarni yo’q qildilar, muntazam urush olib bordilar, sud qildilar. Cherkov o’z hokimiyati va iqtisodiy qudratini mustahkamlashga urinib shakkoklarni, g’ayridinlarni qirg’in qildi. Shakkoklikda ayblangan o’n ming kishilar, ularning ichida buyuk mutafakkirlar (Jordano Bruno) gulxanda yoqildilar, “qon to’kmasadan qatl qilish”, “aytadafe”ga duchor qilindilar.
Industriya arafasi sivilizatsiyani so’nishi reformatsiya va kontrrefortmatsiya davrlarida yana absolyutizmning kuchayishi, inkvizitsiya va zulmni kuchayishi yuz berdi. Feodal – toifaviy tuzum halokatga uchradi. Burjuaziya erkinliklari fuqarolarning teng huquqliklaridan shaxs ustuvorligi, raqobat kurashida teng imkoniyatlardan kelib chiqib ingliz va fransuz inqiloblari Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash natijasida g’olibona qaror topdi. Shaxs erkinligi va raqobat kurashida teng imkoniyatlar burjua tuzumining ishonch-e’tiqod ramziga aylandi, industrial sivilizatsiyaning yuksalishi va gullab-yashnashiga olib keldi. U diniy xurofotlardan xolos bo’lgan fanlar, kashfiyotlar, ta’limning jadal taraqqiyoti uchun yo’l ochdi. Din inson aqli, qudrati oldida chekinishga majbur bo’lib, jamiyatning yangi sharoitlariga moslashishga majbur bo’ldi. Lekin XX asrda industrial sivilizatsiyaning so’nishi inson ulkan industrial mashinani vintchasiga aylandi. Germaniyada, Italiyada fashizmning hukmronligi o’rnashdi. Millionlab kishilar urush qurbonlari bo’ldilar.
Oila tuzilishida ham o’zgarishlar yuz berdi. O’rta asrlarda uch avlodni o’z ichiga olgan oila hukmron edi. Oila va nikoh diniy tashkilot tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Bozor munosabatlari hukmronligi va shaxsiy erkinlikning kengayishi eski oilani yemirdi, u shaharda o’z mavqeini yo’qotib qishloqda o’zini saqlab qoldi. Oila eski iqtisodiy ahamiyatini ayniqsa ishchilar sinfi va ziyolilar qatlamida yo’qotdi, ayollarning erkinligi, ijtimoiy faolligi oshdi. Sharq mamlakatlarida oila o’zini kuchli mavqeini saqlab qoldi. Urf-odatlar, an’analar oilaning mustahkamligini ta’minladi. Oilada ota-onaning inkor qilib bo’lmas obro’-e’tibori saqlanib qoldi. Islom dini ham oilani asoslarini himoya qilib, uni qo’llab-quvvatladi.
Inson va oilaning o’sib borayotgan ehtiyojlari jamiyatning rivojlanishida progressiv siljishlarga olib keldi. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarning nisbati to’lqinsimon o’zgardi. Antik asrlarga o’tish davrida antik jamiyatga qaraganda biologik va moddiy ehtiyojlar foydasiga siljishlar yuz berdi. O’rta asr boshlarida ishlab-chiqarish kuchlarini yemirilishi odamlarni bir qismini, moddiy-ma’naviy qadriyatlarni yoq qilinishi, mehnat unumdorligini pastligi ehtiyojlarni keskin qisqarishida olib keladi. Jamoa, qishloq, shahar, oila, inson faqatgina tirik qolish uchun kurashadi.
Lekin XX asrda, industrial sivilizatsiyaning so’nish davrida inson davlat byurokratiyasi bilan qo’shilib ketgan monopoliyalar manfaatlariga bo’ysundirilgan ulkan industrial mashinani vintchasiga aylandi. Germaniya va Italiyada fashizim, sobiq SSSRda Stalin rejimi hukmron bo’ldi. Inson tafakkurining eng oliy yutuqlari, eng yaxshi ishchi qo’llari militarizmga xizmat qilishga berildi. oqibatda bu jahon urushlarida millionlab kishilarni qirilib ketishiga olib keldi, insoniyatni termoyadro halokati yoqasiga olib keldi.
Oila muassasasida o’zgarishlar yuz berdi. Odatda uch avloddan iborat patriarxal oila feodal qishlog’i va o’rta asr shahrida hukmron edi. Hukmron tabaqa uchun ham ko’p bolalik xos bo’lib, merosni taqsimlashda ko’plab jinoyat va ixtiloflarga olib kelar edi. Oila va nikoh diniy muassasalar himoyasida edi.
Shaxsiy erkinlikni kengayishi va bozor munosabatlari eski oilani ko’p hollarda yemirdi va u qishloqda ko’proq saqlanib qoldi. Asosan proletariat va ziyolilar orasida oila o’z iqtisodiy ahamiyatini yo’qotdi, ayollarning erkinligi va faolligi o’sdi. Oila aloqalari sharq mamlakatlarida kuchliroq o’z mavqeini saqlab qoldi. Oilani sharqda mustahkam saqlanib qolishida asriy urf-odat va an’analar, islom dini muhim rol o’ynaydi.
Inson va oila ehtiyojlarining o’sishi jamiyat taraqqiyotida siljishlarga olib keldi.Biologik va ijtimoiy ejtiyojlarni nisbati to’lqinsimon o’zgardi. O’rta asrlarga otish davrida antik jamiyatning yuksalish davriga nisbatan biologik va moddiy ehtiyojlar foydasiga siljish yuz berdi.
Ishlab chiqarish kuchlarini yemirilishi odamlarni, moddiy, ma’daniy qadriyatlarni bir qismini yo’q qilinishi, mahnat unumdorligini pasayishi, bularning hammasi ehtiyojlarni soddalashuviga olib keldi. Eng avvalo inson o’zini, oilani, qishloq jamoasini, shaharni tirik qolishiga qaratilgan edi. Tirik qolish uchun esa jon-jahd bilan kurashish zarur edi. Xo’jalikni naturallashuvi ayirboshlash, bozor bilan bog’langan iqtisodiy ehtiyojlar doirasini qisqarishiga olib keldi. Birinchi o’rinda yerga mulkchilikni, feodal rentasi bilan amalga oshirish chiqdi. Ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlar jamoa, sex, vassal qaramlikning tor doiralari bilam cheklanib qoldi. Ma’naviy ehtiyojlar esa diniy asketizm va aqidaparastlik bilan cheklanib, soddalashdi.
Lokal, milliy va kontinental bozorlarni shakllanishi va rivojlanishi, hunarmandchilik, manufaktura, XVIII asr oxirida mashinalashgan sanoatni tez rivojlanishi natural xo’jalikni yemirdi. Birinchi o’ringa iqtisodiy manfaatlar chiqdi. Burjua jamiyatning odami – bu homo ekonomius shakllandi.
Ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlar iqtisodiy manfaatlarga bo’ysundirilgan. Qiyinchilik bilan erishilgan siyosiy erkinliklar va fuqarolik tengliklari raqobat uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan bo’lib, merosga qoldirilgan yoki olingan mulkni himoya qilish kerak edi. Davlat apparati, sudlar, qonunchilik ham shu maqsadlarga xizmat qilar edi. Ma’naviy ehtiyojlar ham iqtisodiy manfaatlarga bo’ysundirilgan bo’lib ba’zida uning doirasidan tashqariga chiqar edi. Farovonlikni o’sishi, faoliyat turlarini xilma-xilligi, xalqaro aloqalarni rivojlanishi, fan, ma’daniyat va san’atni rivojlanishi ehtiyojni kuchaytirdi.
Insoniyat qobiliyatlari rivojida uning bilim va ko’nikmalari yordami bilan amalga oshadigan siklik o’sish kuzatildi. Industriya va asosan industrial jamiyatda faoliyat turlarini ko’payishi va murakkablashuvi, ishlab chiqarishda, boshqaruvda, harbiy ishda fanning yutuqlarini keng qo’llanilishi, xodimlardan yangi bilim-ko’nikma, maxsus ta’limni talab qiladi. Bu o’rta va maxsus ta’lim, kasbiy tayyorgarlik tizimini shakllanishiga olib keldi. Bu machit-cherkovlardagi maktablar, gimnaziya va litseylar, aholining o’zchillik qismi uchun universitetlar, keyin injener va texnik xodimlar tayyorlaydigan turli xil texnikum va institutlar edi.
Manufaktura va korxonalarda ishlab chiqarish bilan bog’langan shogirdlik muassasasi saqlanib qoldi.
Tub burilishlar davrida ishlab chiqarish va hayot sharoitlari o’zgarganda xodimlarning layoqatsizligi va kasbiy layoqatsizligi sezilarli o’sdi. Millionlab kishilarning ilgari olgan kasb-malakalari eskirib qoldi, mutaxassisliklarni o’zgartirishga majbur bo’ldilar. Bu ta’lim tizimini sifat jihatdan o’zgarishiga, o’z qobiliyat-tafakkuri darajasi bilan yangi davr talablariga javob beradigan xodimlarni yangi avlodini kelishiga turtki berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |