MOTIVATSIYA MEXANIZMI
Insonning biologik tur sifatida motivatsiya mexanizmi fundamentida tirik qolish va o’z avlodini davom ettirish, o’zi va oilasi uchun oziq-ovqat topish zaruriyati yotadi. Bu bir vaqtni o’zida biologik hamda iqtisodiy rag’batlantirish bo’lib, u tushkunlik vaziyatlarida birinchi o’ringa chiqadi, bosqichdan-bosqichga murakkablashadi, mahsulot ayirboshlash mehnat taqsimotining tez rivojlanishi bilan boyib boradi. Ishchi kuchi qiymatida, uning qayta ishlab chiqarishdagi ijtimoiy-zaruriy xarajatlari paydo bo’ladi va tarixiy-axloqiy unsur – oilani madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xarajatlar asta-sekin oshib boradi.
Feodal-kapitalistik jamiyatlarda mulk huquqi, iqtisodiy va noiqtisodiy majburlashga asoslanib moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqrishda ishtirok etmaydigan lekin ularga o’sib borayotgan talabni qo’yadiganlarni soni o’sib bordi.
Bu yerda boshqa motivatsiya mexanizmi ishlab chiqarishda ishtirok etadigan xodimlarni ekspluatasiya qilishni kuchaytirish hisobidan siyosiy va harbiy qudratga, boylik to’plashga intilish yotadi. Mehnatga iqtisodiy va noiqtisodiy majburlash turli davrlarda bir-birini to’ldirgan holda mavjud bo’ladi. Lekin ularni nisbati bir xil emas. Feodal jamiyati uchun iqtisodiy qaramlik bilan birga (yerga feodalning egaligi), dehqonning shaxsiy qaramligi ustuvor unsur bo’lib qolaverdi. Manufakturalarga, xizmat ko’rsatish sohalari, aqliy mehnat sohalarida iqtisodiy majburlashning turli shakllari mavjud edi.
Ilk kapitalistik jamiyatda asta-sekin mehnatga iqtisodiy majburlashni ahamiyati oshdi. O’z ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lgan ishchi o’zi va oilasining tirikchiligini o’tkazish uchun o’z ish kuchini sotishga majbur edi. Ilk kapital jamg’arishni dastlabki shakllari zo’ravonlikning turli ko’rinishlari bilan bog’liq edi, qishloqda qaram mehnat yoki feodal qaramligini yanada yumshoq shakllari mavjud edi.
Industrial jamiyatda iqtisodiy majburiy mehnat asosiy va yetakchi bo’ldi lekin majburiy mehnat hollari ham mavjud edi. Fuqarolar urushigacha AQShda qulchilik, Germaniyada fashizm konslagerlari, SSSRda kolxozchilarni majburan yerga biriktirib, 1953 yilgacha o’z xohishi bilan ishdan bo’shashga taqiq, mustamlakalarda feodal va yarim feodal ekspluatatsiyaning shavqatsiz turli shakllari. Industrial sivilizatsiyaning so’nish fazasida mehnatga majburlashning davlat byurokratik shakllari ayniqsa kuchaydi, bu uni chuqur tushkunligining asosiy omillaridan biri edi.
Lekin motivatsiya mexanizmini faqat noiqtisodiy va iqtisodiy majburlashga taqash mumkin emas.
Mehnat bu bir vaqtni o’zida insonning qobiliyatlari, talantlarini ijodiy o’zini ifodalashi, inson kuchlarini yangidan yaratish, o’z rejalarini amalga oshirishdan huzurlanishni insonga bag’ishlanishidir. Ijodiy motivatsiya mexanizmi doimo mehnatni ulug’lab qo’yilgan maqsadlarga olib boradigan o’ziga tortadigan yo’lga tomon izlanish hamma vaqt ishtirok etdi. Albatta qul va qaram dehqonda ijodiy mehnat minimal darajada, me’mor, haykaltarosh, olim, bastakor mehnatida maksimal darajada ishtirok etadi.
Barcha jahon dinlarida mehnatni ulug’lash, unga undash unsurlari mavjud. Mahnatga ijobiy rag’batlantirish asta-sekin o’sib bordi. Lekin tushkunlik davrlarida ular o’z mavqelarini yo’qotdilar.
Sharq dunyosida islom. budda, sintoizm, konfutsiylik hukmron bo’lgan. Mamlakatlarda motivatsiya mexanizmida insonning ehtiyoji, qobiliyatlari, uning bilim va ko’nikmalarini rivojlanishidagi o’z alohidaliklari mavjud. Bu yerda individual mayllar, qobiliyatlar, qiziqishlar, shaxsiy erkinliklar bo’ysinuvchi ikkinchi darajali o’rin tutadi, birinchi o’rinda davlat, jamoa manfaatlari turadi. Oila kuchli mavqega ega edi. Bularning barchasi qariyb industrial davrga xos bo’lgan individual qobiliyatlar ochilishiga to’sqinlik qildi yoki ushlab turdi, va ko’pgina mamlakatlarda ijtimoiy progressni taraqqiysiga to’sqinlik qilgan omillardan biri bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |