Qadimgi jamiyatlarda axloq va mafkura dinamikasi. Mezolit va neolit davrlarida axloq normalari va diniy dunyoqarash chambarchas bog’langan va bir-birini to’ldirib mustahkamlar edi. Jamoa asrlar davomida shakllangan va deyarli o’zgarmaydigan urf-odat, an’ana, axloq, normalari asosida yashar edi.
Urf – odatlar, an’analarga rioya qilish insonga bo’ysinmaydigan, oliy kuchlarga murojaat qilinib, bu talablar bajarilmasa yoki buzilsa insonni jazolanishi muntazam uqtirib borilar edi.
Ibtidoiy odam doimo ko’plab taqiqlar, “tabu” va qattiq jazodan qo’rqib yashar edi. Chunki og’ir, shafqatsiz hayot, dushman jamoalarni tahdidi, yirtqich hayvonlarni, tabiiy ofatlarni, muntazam kasalliklarni. Xavfi natijasida odamlar qudratli xudolarni urf-odatlar, marosim raqslari, qurbonliklar bilan yumshatish, shafqatli qilishga urinar edilar. Tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, animizm hukmron edi. Ajdodlarga sig’inish vasiyat qilingan urf-odat, qoidalarga qatiy buysunish, chekinganlarni jazolash bilan mustahkamlanar edi. Kohinlar, oqsoqollar, diniy axloqiy norma va urf-odatlarga rioya qilinishini nazorat qilib to’plangan tajriba, ko’nikma qoidalarini avaylab, yig’ib, foydali vazifani bajarar edilar. Mehnat unumdorligini oshishi , ijtimoiy tabaqalanish, ijtimoiy qatlamlar, sinflarini, davlat huquqni paydo bo’lishi insonning ma’naviy dunyosini ham o’zgartirdi. Shu vaqtgacha yagona bo’lgan ma’naviy hayot oqimi moddiy ishlab chiqarishdan ajralib, bir necha o’zaro bog’langan mustaqil jilg’alarga bo’linib ketdi. Ularni bajaradigan alohida guruh odamlar: musiqachi, raqqos, me’mor, o’qituvchi, rassomlar paydo bo’ldi. Lekin axloq, yurish-turish qoidalari to’plami bo’yicha mustaqil jilg’a topilmadi. Uni tushuntirish, saqlash va unga rioya qilish vazifasini aqliy mehnat,din xodimlari oldilar. Koxinlar (axloq normalarini xudo vasiyatlari bilan bog’ladilar), huquqshunoslar (bir qator eski yurish turish qoidalarini huquq normalarida ko’tardilar, unga rioya qilish davlat va u vakolat bergan sud kuchi bilan mustahkamlandi), o’qituvchilar (yosh avlodga yurish-turish qoidalarini o’rgatdilar), faylasuflar (axloq qoidalarini mazmunini tushuntirdilar), faqat aqliy mehnat bilan shug’ullanadilar.
Yurish – turish qoidalari mazmuni ham o’zgardi. Jamoa hayotiga yot bo’lgan jamoa yerini bir qismini bosib olish, zulm qilish, qabiladoshini qul qilish qattiq jazolanar edi. Endilikda esa bu vaziyat yangi diniy rivoyatlar va axloq normalari bilan mustahkamlana boshlandi. Din peshvolari tomoniodan o’g’rilik qilma, yaqin odamlaringa yomonlik istama deb uqtira boshlandi. Ruhoniylar alohida kasta bo’lib yashay boshladilar. Kohinlarning o’zlari mulkdorlarga, quldorlarga aylandilar va ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismini, urushlarda olingan o’ljalardan o’z ulushlarini talab qila boshladilar. Davlat hokimiyati bilan birga diniy hokimiyat ham paydo bo’ldi. U hukmron tabaqa bilan xususiy mulkdor umumiy manfaatdor edi.
Ba’zi hollarda bosh kohinlar oliy dunyoviy hokimiyatni ham egallab olar edilar (misol uchun Misr va Bobilda).
Ikkinchi sivilizatsiya tongida, din va axloq sohasida ma’naviy hayotni bu sohalarining mazmun va vazifalari tubdan o’zgardi, bu ularni keyingi taraqqiyotini ming yillarda belgilab berdi. Lekin u ko’p xudolarni, turli xalqlarda diniy qarashlar va axloqiy normalarni o’zgartira olmadi. Diniy muassasa jamiyat mafkuraviy hayoti, ta’lim – tarbiya sohalarida cheksiz hukmron bo’ldi.
Bu sohada keyingi to’ntarish, yangi eraga o’tish davrida yo’z berdi. Karl Yaspers uni “Os vaqti” (tayanch vatq) deb ataydi (60 S. 32. 37-39). Bu to’ntarishning asosiy mazmuni – dunyo dinlarini (xrestianlik, buddaviylik, islom dini) paydo bo’lishi edi.
Bu vaqtda nafaqat navbatdagi sivilizatsiyani tushkunligi bilan birga birinchi supersikl, sivilizatsiyalarning triadasini tushkunligi bo’ldi. Birinchi yorib o’tishning kuch-qudrati sezilarli tugadi. Yer aholisi ancha o’sdi, ishlab – chiqarishning o’sish surati sekinlashdi. Ezilgan xalq ommasining noroziligi o’sdi. Ular o’z kuchini yuqotgan har xil eski dinlarga ishonmay qo’ydilar ma’naviy manfaatni, umudni, tayanchni boshqa dindan izladilar. Hukmron tabaqani, zaiflashib borayotgan davlat hokimiyatini qo’llashga harakat qilgan eski dinlar endilikda ommaning ishonchini yuqota boshladi. Hukmron tabaqa axloqiy aynish pallasini boshdan kechirayotgan edi. Bularning hammasi yangi idealar va ma’naviy normalarni izlashga turtki berdi.
Dunyo dinlari paydo bo’lishini boshqa sababi jahon dinlarini shakllanishi sharoitida ma’naviy integratsiyaning kuchayishi, uzaro iqtisodiy-madaniy aloqalarni kuchayishi bo’ldi. Tarixdan ma’lumki, yangi dinlarning muxlislari ta’qib ostiga olingan, xrestianlik dini, keyinchalik islom diniga e’tiqod qilishda, eski e’tiqod tarafdorlari kuchli qarshilik qilganlar. Lekin dunyo dinlarini hududlarda, siyosiy va iqtisodiy kuchlarda hukmron siyosiy mafkuraviy mavqeyini egallashi keyinroq navbatdagi supersiklda yuz berdi. Shu bilan birga endigina tug’ilgan jahon dinlarida parokandalik hukm surib turli oqimlar, sektalar soni ko’paydi. Jahon dinlari asoschilari tarixiy kishilar bo’lib o’tgan deb ko’rsatiladi. Sidxarta Gaumata er. avv. 566 yilda rojani oilasida tug’ilgan, keyinchlik Budda (nurlangan) deb atalgan. Iso payg’ambar, duradgorning o’gli, uning tug’ilgan kunidan hozir Yevropa erasi hisobi olib boriladi. Muhammad payg’ambar 570 yilda Makkai Madinada dunyoga kelganlar. U kishi oxirgi payg’ambar, 612 yildan islom dinini targ’ib qilganlar.
OSuriya podsholarining poytaxt Nineviya shahridagi saroyi ulkan hajmlarda bunyod qilingan edi. Temir davrida O’rta Osiyoda hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston hududlarida ulkan saroylar qal’alar, inshootlar barpo qilindi. Qadimgi davr hukmdorlari ulkan maqbaralarni barpo qildilar. Ularning biri Misr piramidalaridir. Xeons piramidasining balandligi 146 metr, asosining har bir qirrasi 230 metr 2.5 mln tosh plitalardan bunyod qilingan. Antik davrdan boshlab hashamatli jamoa inshootlari qurilgan edi. Bunday inshootlardan Iskandariyadagi muzey, mayoq, Rodos Kollosi, Rimdagi Kolizey teatrini aytish mumkin.
Qadimgi dunyoning bizgacha etib kelgan madaniy merosidan biri haykaltaroshlik san’ati namunalaridir. Jez asrida xudolar, hukmdorlarni sharaflaydigan ulkan haykallar bunyod qilindi va ular saroylar, ibodatxonalar, maydonlarda o’rnatildi. Saroy rassomlari hukmdorlar va ularning yaqinlarini portret – rasmlarini yaratdilar. Ana shunday noyob san’at namunalaridan biri hozirgi kunda Berlin muzeyida saqlanayotgan malika Nefertitining haykal portretidir. Antik dunyoda, ayniqsa qadimgi Yunonistonda ajoyib marmar haykallar yaratildi. Siyosiy arboblari, yunon xudolari, qahramonlarining bizgacha yetib kelgan yunon haykallarida inson jismi go’zalligini tasvirlashga harakat qilingan. Saroylar, ibodatxonalar, jamoat binolari freska va mozaikalar bilan bezatildi. Saroy devorlarida nodir tasviriy san’at namunalarini ko’rish mumkin.
Qadimgi jamiyatlarda poemalar, dostonlar, ertaklar, xalq og’zaki ijodi ya’ni mifologiya rivojlangan edi. Noyob namunalar sifatida “Shuroq”, “Tumaris” afsonalari, Gomerning “Iliada va Odisseya” poemalari, hindlarning “Maxobxorat” va “Ramayana” dostonlarini. Xitoy Shi Szin (Qo’shiqlar kitobi) kitobini mashhur “Avesto” “Bibliya” kabi diniy kitoblarni ko’rsatish mumkin. Qadimgi Mesopotamiya mualliflar vatani hisoblanadi. Bizgacha Shumer adabiyotining 150 yodgorligi yetib kelgan (er. avv. 5 ming yillikllar), bular dostonlarning she’riy to’plamlari, epik ertaklar, to’y – sevgi qo’shiqlari, dafn marosimlari, podsholar, xudolarni maqtov madhiyalari, masallar, maqollar, aforizmlar, maktab didaktik to’plamlari va Gilgamesh dostoni (er. avv. XIX asr) yaratildi. Bizgacha yetib kelgan Qadimgi Misr adabiyoti yodgorliklaridan “Senyusert” hikoyasi “Kemada halokatga uchraganlar” ertagi, “Arfachi qo’shig’i”, “Inuser so’zlari” va bir qator boshqa adabiyotlarni aytish mumkin.
Er. avv. V asrdan dramaturgiya yetakchi janrga aylandi. Afinalik Esxil (er. avv. 525-456 yillar) 90 ta drama, Sofokl (er. avv. 497-406 yuillar) 123 ta drama yozdilar. Komediyaning otasi dramaturg Aristofan edi. Er. avv. 445-385 yillar u “Lisistrant”, “Arilar”, “Qushlar”, “Tinchlik”, “Ayollar xalq yig’inida” nomli hajviy asarlarni yozdi. Hindistonda eramizning IV –V asrlarida yashagan Kalidasi mashhur dramaturg va yozuvchi edi. Qadimgi Hind adabiy yodgorliklaridan biri “Panchatatra” (Besh kitob)da real va fantastik syujetlar qo’shilib ketadi. Hindistonda budda ibodatxonalari haykallar bilan bezalib, dunyoda mashhur bo’ldilar. Qadimgi O’rta Osiyoda shaharlar me’morchiligi rivojlandi. Afrosiyob, Bolaliktepa, Varaxsha kabi shahar qal’alar, ularning ichida saroylarda relyef – tasvirlar yaratildi.
Amerika qit’asida qadimgi madaniyatlar o’ziga xos ravishda rivojlandi. Lokal sivilizatsiyalardan biri olteklar oltin, bazalt, diorit, nefrit, toshlarni qayta ishlashda yuqori natijaga erishdilar. Bizgacha bir necha denitli gigant tosh bosh tasvirlari saqlanib qolgan. Olteklar hozirgi Berakrus shahri o’rnida bo’lgan El-Faximlda eramizning 600 yillari atrofida zinapoyasimon piramidani barpo qildilar. Ular o’z yozuvlarini yaratdilar. Amerika qit’asidagi yana bir sivilizatsiya – mayalar madaniyatidir. Mayalar o’tib bo’lmas o’rmonlar. vulqonli tog’lar, botqoqli yerlar, noqulay tabiatni buysundirib buyuk madaniyatni yaratdilar. Mayalar madaniyati ulkan me’moriy inshootlar piramidalar, sopol idishlarni qoldirdilar. Mayalar sivilizatsiyasining klassik davrida Tikal shahri bunyod qilingan. U 16 km 2 maydonda joylashgan bo’lib, bu yerda ibodatxonalar, rasadxonalar, tantanali marosimlar o’tkaziladigan inshootlar, uy-joylar jami 3 ming inshoot joylashgan edi. Lekin yevropalik mustamlakachilar Amerikaning qadimgi madaniyatlarini yo’q qildilar.
Qadimgi jamiyatlar san’ati mazmunini dinamikasida qanday an’analar mavjud edi. Sorokin nafis san’atini to’rt ko’rinishini kuzatdi:
Ideatsial san’at odatdagi hissiyotga emas, oliy hissiy ilohiy dunyoda yaralgan bo’ladi. Uning maqsadi dindorni xudoga yaqinlashtirish, stil ramziy, chunki oliy hissiy hodisalar real amaliy shakllarga ega emas, hissiy san’at real dunyoga yo’naltirilgan bo’ladi. Voqea insonning real manzarasini ifodalaydi. Uning stili natural bo’ladi. Idealistik san’at ideatsial va hissiyotning oliyjanob sintezining natijalaridir, u borliqdan oliylikni izlaydi. Eklektik san’at yanada stilga ega emas va turli shakllarning mexanik aralashmasidan tashkil topadi (48 s. 436-437).
Paleolit davrida hissiy madaniyat yetakchi edi. hayvonlar, ovchilik manzaralari qoyatoshlarda tasvirlangan, Neolit odami asosan ideatsial madaniyatning rassomi edi. Uning ijodiyotida hissiy madaniyatni belgilarini deyarli yo’q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |