O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


QADIMGI JAMIYATNING MA’NAVIY HAYOTI



Download 1,75 Mb.
bet43/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

QADIMGI JAMIYATNING MA’NAVIY HAYOTI

Qadimgi sivilizatsiyalardagi biror bir tarixiy jarayonlardan biri o’zining tezligi va erishgan yutuqlari bilan insonning ma’naviy dunyosini rivojlanishi bilan, tenglashishi mumkin emas.


Neolit davrida insonning yovvoyi hayvonot va o’simliklar dunyosi va atrof muhit to’g’risidagi noaniq tushunchalari va qoyatosh tasvirlari, animizm, o’ziga xos raqslarda ifodalangan madaniyatning ilk ko’rinishlari kirib keldi. Antik asrni madaniylashgan inson o’zining yuksak san’ati, shakllangan ilmiy bilimlari tizimi, bilimlar va etnik normalarni uzatishning rivojlangan tizimi, dunyo dinlari etiqodlari bilan yakunlanadi. Tarixiy progressning birinchi uch bosqichlarini ma’naviy sohada erishgan yutuqlari bilan keying 1.5 ming yillikda erishgan natijalaridan bir necha marta oshib ketadi.
Jez asrining gullab yashnagan davrida tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlarning (to’la bo’lmasada) tizimi shakllana boshladi. Antik jamiyatda bilishning yuqori qavatida haqiqiy burilish yuz berdi. Er avv VI – III asrlarda Qadimgi Yunonistonda texnika taraqqiyoti, kuzatish va dalillar to’plash jarayonida birinchi ilmiy inqilob yuz berdi. Lekin bu inqilobning asoslari Qadimgi Sharqda tayyorlangan edi.
Qadimgi Mesopotamiyada er. avv. IV – III ming yilliklarda adabiy va ilmiy manbalardan iborat kutubxonalarni tashkil etilishi, maktablarda astronomiya, tabiat va matematikani o’rganilishi, ilmiy inqilobni boshlanishi edi. Bobilda ko’p sonli astronomik asarlar vujudga keldi. Er avv. I ming yillikda, Bobilda mashhur astronomlar Naburian va Kiden yashaganlar. Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 kun, 5 soat, 41 minut va 41,6 sekund hisobladi. Qadimgi Misrda o’ziga xos yozuv kashf qilindi. Taqvim, suv va quyosh soatlaridan foydalanildi. Qadimgi Xitoy va Hindistonda matematika, seysmologiya, falsafa, tibbiyot sohalarida ulkan yutuqlarga erishildi. O’rta Osiyo va Eronda ilmiy bilimlarning asoslari, yozuv, rivojlangan diniy e’tiqodlar shakllandi.
Sharqning bunday ulkan yutuqlaridan foydalangan g’arb dunyosi er avv 1 ming yillikda ilmiy yutuqlarni amalga oshirdi. Yunon faylasuflari Fales, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Demokrit, Epikur, matematiklar, Pifagor, Evklid, Arximed, medik Gippokrat, geograflar Aristofan va Strabonlar, ilmiy ta’limotlarini yaratdilar. Naturfilosofiyasi, biologiya, mantiq, siyosatshunoslik asoslarini qamrab olgan edi. Tabiatga qarashda tub o’zgarishlar yuz berdi. Tabiiy fanlarni birinchi tizimi, bo’lgan texnik va ijtimoiy fanlarni asoslari qo’yildi. Ilmiy bilimlar rivojlanishining keying davri bu ellinizm fani edi. (er avv. III-II asrlar). Bu davrning eng mashhur madaniy muzeyining tashkil etilishi bo’ldi. Bu birinchi davlat ilmiy tadqiqot instituti edi. Bu davrda Zenon asos solgan falsafani yangi oqimlardan biri Stoiklik Gippar va Ptolomey astronomiyasi, Eratosfen (Iskandariya muzeyining direktori, yer aylansini nisbatini aniq belgilagan olim) vujudga keldi.
Ellinizm fannining buyuk yutuqlari Eratosfen geografiyasi, Feofrastning botanikasi, Kite Sibeyning primatikasi, Galenning anatomiyasi, fiziologiyasi va tibbiyoti, kohin Manlonning “Misr tarixi”, Polibiyning davlat shakllarini siklik nazariyasi edi. Antik tarixda Rim davri fan taraqqiyotida qator yutuqlarga erishdi. Lukretsiy va Seneka tabiatni o’rganishda qator tadqiqotlarni amalga oshirdilar.
Astronomiya sohasida Ovidiyning “Osmon hodisalari” kitobi , Maniliyning “Astronomika” nomli beshta kitobi ma’lum. Ijtimoiy fanlarni rivojlantirishda rimliklar ancha ishlarni amalga oshirdilar, Strabon geografiya bo’yicha va o’sha davrda mashhur bo’lgan Tit Liviy Rim tarixi bo’yicha 142 jildlik kitobini yozdilar.
Pompey Trog, Damashqlik Nikolay, Sitsiliyalik Diodor jahon tarixi bo’yicha ko’p tomli asarlarni yaratdilar. Astronomiya, yershunoslik, qurilish san’ati va me’morchilik (Vitruv me’morchilik bo’yicha 10 kitob) harbiy texnika va strategiya sohalari bo’yicha katta ishlar qilindi.
Sharqdagi lokal sivilizatsiyalar ilmiy bilishning shakllanishi va rivojlanishida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Ayniqsa Xitoyda Konfutsiyning (er. avv. 551-479 yillar) falsafiy – axloqiy ta’limoti; sayyoh olimlar maktabi; Mo-Szi (er. avv. 479-438 yillar) ideal davlat to’g’risidagi ma’lumotni ko’rsatish mumkin. Qonun ustuvorligi to’g’risida Shan-Yun davlatining barcha fuqarolari uchun yagona va majburiy qonun e’lon qildi. Lekin xukmdor qonun ustida turadi deb o’qtirdi. Xitoyda keyingi davrlarda ham tibbiyot, astronomiya, texnik fanlar rivojlandi. Xitoy olimlari oy va quyosh sikllarini birlashtirishni o’rgandilar. Osmon jismlari harakati asosda yilni hisoblab chiqdilar, oy tutilishlarini oldindan aytib bera boshladilar. Qog’oz, kompas, tishli g’ildirak, suv tegirmoni Xitoyda kashf qilindi. Qadimgi Hindistonning ilmiy yutuqlari Buyuk Hind grammatika fanining ajoyib namunasi “Ashtaxyan” asarini (taxminan er. avv. 5 asr) ko’rsatish lozim.
Er. avv. 3-5 asrlarda Guptalar davrida Hind fani gullab yashnadi. Eramizning 1 asrida 10 lik sanoq tizimi yaratildi. Hind olimlari matemtikada ayirish, oddiy va murakkab misollarni hisoblash, sonlarni kvadrat va kubga ko’paytirish, kvadrat tenglamalarni yechishni bilardilar. Ular trigonometriya asoslarini yaratdilar. Er. avv. 5 asr atrofida yashagan mashhur matematik, astronom Ariyapxatri kvadrat va kub ildizini chiqarish qoidasini, bir no’malum bilan chiziqli tenglamani yechishni, sonlar nazariyasi asoslarini yaratdi. Astronomiya sohasida u yerni o’z o’qi atrofida aylanishini, quyosh va oy tutilish nazariyasini ishlab chiqdi. Hind olimlari kimyo – metallurgiya, tibbiyot sohalarida sezilarli natijalarga erishdilar. Misol uchun “Sushrutu – “Samxita” nomli tibbiy asoslarda 650 dorivor vositadan 300 dan ortiq operatsiyalar, 120 jarrohlik asbobi tasvirlangan.
XX asr boshlarida Artxashastru “siyosat to’g’risidagi fan” nomli qadimgi hind qo’lyozmasi topildi. Bu qo’lyozma qadimgi davrning eng buyuk siyosiy traktatlaridan biri hisoblanib Aflotunning “Davlat” va Arastuning “Siyosat” asarlari bilan tenglashtiriladi. Traktatda podsho hokimiyati paydo bo’lishining sabablari, tartibni saqlashda jazoning roli, monarxiya shaklidagi davlatning tuzilishi iqtisodiy siyosat, soliqqa tortish, diplomatiya to’g’risida fikr yuritiladi. Pitirim Sorokin Yunoniston va Rimdagi ilmiy texnik kashfiyotning o’sishini baholashga urinib ko’rdi. Qadimgi Yunonistonda ilmiy faollik er. avv. 6-3 asrlarda o’zining eng yuqori cho’qqisiga erishdi. Rim kashfiyotlari, er. avv. 6-5 asrlarida ilmiy yutuqlar 7-8 asrlarga qaraganda past edi. Shunday qilib antik dunyoni bilishning birinchi ulkan halqasi tugallandi. Natijada inson o’z tafakkuriga asoslanib tabiat sirlariga kirdi, hamda zamonaviy fanning binosini poydevorida yotgan fanlar tizimini yaratdi.
Qadimgi jamiyatlarda madaniyat va san’atning cho’qqilari, bizgacha insoniyatning o’smirlik davrida yaratilgan ma’naviyatning faqat ozgina qismi yetib keldi. Neolit davridayoq ma’naviyatning poydevori uchun shart-sharoitlar yaratildi, lekin o’sha davrning madaniy yodgorliklari bizgacha kamroq saqlanib qolgan. Kam sonli jamoalarning qo’rg’onlar va birinchi shaharlarda to’planishi mehnat unumdorligini o’sishi, bo’sh vaqtning ko’payishi, bularning hammasi neolit san’atining rivojlanishiga turtki bo’ldi. Bu san’at uylarni, sopol xumlarni, ibodatxona devorlarini bezaklari va loy ustunlarida o’z ifodasini topdi. Er. avv. 6-5 ming yilliklarda Old Osiyoda ma’lumotlar uchun predmetlarning katta hajmdagi tasvirlaridan foydalanilgan. Er. avv. III ming yillikda loy taxtachalarga qamish tayoqlar bilan belgilarni chizdilar. Neolit va ilk mezolitning sopol idishlarida badiiy umumlashtirishning bosqichlaridan birini ko’ramiz.
Jez davrida madaniyat va san’atning shakllanishi uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Mehnat tizimda, madaniy tizimida madaniyat va san’at mustaqil faoliyat sifatida chiqa boshladi. Bu imkoniyatlardan temir asrida to’la foydalanildi. Bu davrda Hindiston, Xitoy, Rim va Yunonistonda, madaniyatning eng qadimgi o’choqlarida ko’p sonli yodgorliklar yaratildi. Madaniyat dinamikasida jamiyatni shakllanishi va taraqqiyotidagi siklik tebranishlariga o’xshash oliy katta sikllarni ajratish mumkin: Tarix arafasi yuqori paleolit va mezolit madaniyati neolit, jez asri va temir asri, antik madaniyat uning yuqori va eng o’rganilgan qismidir.
Shahar inqilobi jez asridan boshlab me’moriy yodgorliklar, maqbaralar, saroylar, teatrlar, jamoat inshootlarini bunyod qilish uchun yo’l ochdi. Qadimgi Shumer er.avv. 3 ming yillikda ibodatxonalar baland supa ustida devor bilan o’ralgan holda qurildi. Firavn Amenxetep III (er. avv. XVIII asr)ning Fiva shahridagi saroyi ulkan maydonni egallagan edi. Firavn Amenxetep IV (Exnaton)ning yangi poytaxti Axetaton shahridagi bosh saroyida sharqiy peshtoqning uzunligi 700 metr edi. OSuriya podsholarining poytaxti Nineviya shahridagi saroyi ulkan hajmlarda bunyod qilingan edi.
Bilimlar, ko’nikmalar va madaniy merosning katta miqdorda ochlishi, uni har bir keyingi avlod tomonidan o’zlashtirish zaruriyati, tarbiya va ta’lim jarayonida tub o’zgarishlarni talab qildi.
Neolit davrida ta’lim asosan oilada amalga oshirilar edi. Bola yoshligidan tabiat hodisalarini kuzatar, o’z oilasi, jamoa hayotiga qo’shilar edi. O’smir, bola boshda uyda, keyin esa dalada, ustaxonada oddiygina yoki yordamchi yumushlarni bajarar edi. O’smir qachonki zaruriy bilim va ko’nikmalarni egallagach, oilasi, katta yoshli jamoa a’zolari oldida o’ziga xos sinovlardan o’tganidan so’ng u kattalarga qo’shilib jamoani to’la huquqli a’zosi - ovchi, harbiy, dehqon, cho’pon, hunarmand bo’lar edi. Bu marosim inisiatsiya deb atalgan.
Bolalik va o’smirlikda egallangan bilimlar va ko’nikmalar doirasi hajmi uncha emas va oddiy edi. Xavfli va qiyin hayot, tirik qolish va rivojlanish katta kuch va tafakkurni, ko’pgina mehnat, harbiy marosim, operatsiyalarni mohirona bajarishni talab qilar edi. Hayot shafqatsiz va og’ir, xato qilish halokat edi, lekin bu yerda hali ta’lim jarayoni mustaqil bo’lmay faoliyatning alohida turi emas edi. Ahvol jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida tubdan o’zgardi.
Jismoniy mehnat kishilari uchun o’rganish jarayoni ilgarigidek ishlab – chiqarishdan ajralmagan edi. Shu bilan bir vaqtda aqliy mehnat kishilarini tayyorlash, mirzalar, kohinlar, faylasuflar maktabini tashkil qilishni talab qilar edi. Yosh avlodni o’qitish bilan shug’ullanadigan kishilar paydo bo’ldi. Birinchi o’quv yurtlari paydo bo’ldi. Bu ta’limot, birinchi inqilob jamiyat taraqqiyotida ulkan, olg’a tashlangan qadam edi. Ta’lim jarayonini ajtalishi yozuvni yaratishga yordam berdi. Shumer jamiyatida er. avv. 3 ming yillikda maxsus tashkilot sifatida mirzalar va yer o’lchovchilarni tayyorlovchi Eduba maktabi paydo bo’ldi. Qadimgi Misrda mirzalar maktabi va boshqa o’quv yurtlari, turli kasblarga o’qitadigan o’quv yurtlari tashkil etilgan edi. Qadimgi Afinada turli maktablar faoliyat ko’rsatar edi. Fales maktabi, Aflotun akademiyasi, Arastu litseyi ayniqsa mashhur edi. Aflotun akademiyasida (er. avv. 487 yilda ochilgan) matematika, astronomiya, musiqa o’qitilgan va munozaralari olib borilgan. Aflotun bu yerda 40 yil dars bergan. Akademiya imperator Yustinian tomonidan 525 yil tugatilgan. Arastu o’z litseyida o’quvchilari yordamida 158 polisning davlat qurilishini tasvirlab berdi. U davlat hokimiyati shakllarini almashuv sikllarini asosladi (monarxiya, tiraniya, aristokratiya, aligarxiya, demokratiya, ). Bu birinchi siyosatshunoslikka oid “Politika” asoslarini paydo bo’lishiga olib keldi.
Qadimgi Xitoyda ham ta’lim anchagina rivojlangan. Xitoy maktablarida asosan ierogliflarni va Konfutsiy falsafasini o’rganishga katta e’tibor berilgan. Imperator U-di er. avv. 124 yili poytaxtda maktab ochgan. Maktab o’quvchilari bitirib, imtixonlarni topshira olsalar, amaldorlik lavozimlarini egallash huquqiga ega bo’lganlar. Bu davlat amaldorlarini tayyorlaydigan birinchi o’quv yurti edi.
Shu tarzda ta’limdagi birinchi inqilob mehnatni ijtimoiy va professional taqsimotini rivojlanishiga yordam berdi. Bunday ixtisoslashgan faoliyat turini shakllanishi yosh avlodni savodini chiqarishga, fan, madaniyat, boshqaruv, harbiy ishni o’rganishga qulay shart-sharoitni yaratdi. Lekin bu tizim faqat yosh avlodni tor doirasini qamrab olgan edi. Aholini katta qismi esa bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni asosan oilada va mehnat faoliyati jarayonida olar edi.
Qadimgi Amerikada, inklar imperiyasida o’ziga xos ta’lim tizimi shakllandi. Bu yerda maxsus o’quv yurtlarini 2 xili mavjud edi. Ularning birida zodagonlar ta’lim olar edi. Ular til, tarix, harbiy ish, qurilish texnikasini, boshqaruv san’atini o’rganar edilar. Boshqa tipdagi maktablarda quyosh xudosiga alohida xizmat qilishga yoki oliy tabaqa zodagonlariga, turmushga chiqishga mo’ljallangan eng go’zal qizlar ta’lim olganlar. Bu yerda poeziya, musiqa, raqslarni o’rganishga e’tibor qaratilgan



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish