Industrial davrning shakllanishi va yetukligidagi texnik inqiloblarning asosiy xususiyatlari qanday?
Birinchidan, oldingi sivilizatsiyalarning texnik to’ntarishlariga nisbatan ishlab-chiqarishning texnologik asoslarini o’zgartirishda fanning o’rni keskin o’sdi. Qator yangi jadal rivojlanayotgan sohalar (elektrotexnika, motor qurilishi, aviatsiya, neftni qayta ishlash, kimyo, mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va h.k.) bevosita ilmiy kashfiyotlar va yirik ixtirolar asosida shakllandi. Ishlab-chiqarish fanning texnologik qo’llash asosi bo’lib boraveradi. O’z navbatida texnik progress bilish uchun qo’shimcha imkoniyatlarni ochdi.
Ikkinchidan, industriya davrining texnik inqiloblari mashinalashgan ishlab chiqarish negizida uni qo’llashning turli sohalarini, o’zgarishlarini chuqurligini kengaytirdi. Mashinalar tizimi qo’l mehnatini tor doirasini bartaraf qilishga imkon berdi. Uning unumdorligini o’sishi uchun kenglik ochdi.
Uchinchidan, insonga yangi tabiiy ishlab-chiqarish kuchlari xizmatga qo’yildi. Energiyaning manbalari toshko’mir, bug’ kuchi, neft mahsulotlari va elektr energiyasi qo’yildi. Qazilma boyliklar ishlab-chiqarish sanoati, dehqonchilik, ishlab-chiqaradigan iqtisodiyotni paydo bo’lish manbalarida turdilar.
To’rtinchidan, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish shakllarida o’zgarishlar yuz berdi. Hunarmandchilik ustaxonalari va manufakturalar o’rnida bir-biri bilan yaqin o’zaro bog’langan industriya gigantlari turar edi. Ishlab-chiqariladigan texnik o’zgarishlarning ulkan hajmlari aksioner jamiyatlarni XIX asr oxirida monopoliyalarning yaratishni talab qildi. Mehnatni ijtimoiylashuvi gigant hajmlarga yetdi.
Beshinchidan, texnologik progress va mashinalashgan ishlab-chiqarish ishchi kuchini tarkibi va malakasi darajasida sifat o’zgarishlarini talab qildi. Murakkab texnikani ishlash, ishlab-chiqarish va foydalanish jarayoniga bevosita ishtirok etadigan olimlar, injenerlar va texniklarni soni keskin o’sdi. Ishchilar malakasiga talab kuchaydi. Bularning barchasi ta’limda navbatdagi inqilobga olib keldi.
Oltinchidan, Texnologik to’ntarishlar natijasida mehnat unumdorligi o’sdi, ko’pgina mahsulotlar arzonlashdi va sifati oshdi. Rivojlangan mamalakatlarda qayta ishlab-chiqarish samaradorligi notekis o’sdi, aholining turmush darajasi keskin yaxshilandi.
Yettinchidan, texnik progressning qarama-qarshiligi yanada relefli va yirik hajmda bo’ldi. Kapitalistik iqtisodiyotni qalqitib turadigan davriy iqtisodiy tushkunliklar mashinalar avlodini davriy ravishda o’zgartirishlar zaruriyatini keltirib chiqardi. Insonning mashinaga bog’lanishi, mehnatni intensivligi kuchaydi. Fan va taxnika yutuqlari odamlarni qirib tashlash vositalarini yaratishga yo’naltirildi. Lokal va jahon urushlari mislsiz vayronkorlik xususiyatini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |