O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


XX asr ilmiy texnika inqiloblari



Download 1,75 Mb.
bet57/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

XX asr ilmiy texnika inqiloblari.
XX asr industrial jamiyatni so’nishi va postindustrial jamiyatning tug’ilishi davridir. Bu davrning texnologik to’ntarishlariga jamiyatning moddiy texnik bazasini yangilanishida ikki asosiy harakatlanuvchi kuch – ilmiy intellekt va uni texnikaning yangi avlodlarida moddiylashuvini chambarchas bog’lanib ketishidir.
XX asrda fan va texnika to’lqinsimon siklik dinamikada, yangi integrall shakllarda ko’rindi.
XX asrning 50-60 yillarida rivojlangan mamlakatlarda birinchi I.T.I. yuz berdi. Uning manbalari fizika, kimyo, biologiya, texnika fanlaridagi yirik kashfiyotlar edi. Birinchi I.T.I. uch ilmiy texnik yo’nalishga asoslandi: atom energiyasining o’zlashtirilishi; energiyaning elektron o’zgaruvchanligi; lazer texnikasining yaratilishi, Kvant elektronikasi, kibernetika, hisoblash texnikasi, EHM avlodlarining yaratilishidir.
Atom energiyasi issiqlik energiyasining o’rnini ola boshladi. Sintetik materiallar – sintetik smola (qatron), plastmassa, kimyoviy tola keng rivojlandi. XX asrning oliy ilmiy texnik yutug’i inson tomonidan koinotni o’zlashtirilishi bo’ldi.
Bu matematika va kosmonavtika, boshqaruv nazariyasi va EHM, metallurgiya va pribor qurilishi, raketa va optika kabi ilmiy texnik yo’nalishlarning sintezi, natijasi edi.
Texnik progress maishiy sohaga keng ta’sir qildi. Kimyo fanida katta yutuqlarga erishildi. Buyumni tuzilmasiga maqsadli yo’nalishda ta’sir qilishning yangi yo’llari ochildi, gerbitsid va pestitsidlar yaratildi, katalitik jarayonlar mexanizmi egallandi. Biologiya va tibbiyot fanlari yutuqlari, vitamin va mikrobiologiya sanoatini yaratilishi, antibiotiklar birinchi avlodlarini yaratilishining asosi bo’ldi.
Harbiy texnika inqilobining XX asrdagi yutuqlari: atom va termoyadro quroli, ularni yer sharining har qanday burchagiga yetkazadigan raketa vositalari, kimyoviy va biologik qurol, samolyot, vertolyot, tank, artilleriyani, avtomatik o’q otuvchi qurolning takomillashuvi, harbiy suv osti kemalarini takomillashgan sinflarini yaratilishi, bu yutuqlarni hammasi insoniyatning o’zini halokat yoqasiga olib keldi.
Birinchi I.T.I.ning yutuqlari bilan birga salbiy tomonlari ham bor edi. Ishlab chiqarishga tabiiy resurslarni (ayniqsa, mineral) misli ko’rilmagan darajada jalb qilinishi, ularni tugashi va atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi. Qator tog’-kon va metallurgiya hududlariga ekologik halokat xavf sola boshladi.
Bularning hammasi dunyoda, XX asrning 70-yillarida to’satdan yoqilg’I energetika, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy tushkunliklarni yuz berishiga sabab bo’ldi. Bu tushkunliklarni bartaraf qilinishining moddiy asosi XX asrning so’nggi choragida yuz bergan ikkinchi I.T.I. bo’ldi. Bu inqilob ishlab-chiqarishning trial texnologik usuliga o’tishni boshlaganini bildirar edi.
Uning yadrosi uch asosiy ilmiy-texnik yo’nalishlar: mikroelektronika, biotexnologiya, informatika bo’ldi. U kvant fizikasi, molekulyar biologiya, kibernetika, axborot nazariyasi fundamental yutuqlarini aks ettiradi. Katta va yuqori integral sxemalarni yaratilishi, mikroprotsessor, texnika, resurs saqlovchi, xalq xo’jaligining barcha sohalarida texnik tizimlarni avtonomligini ko’tarish va miniatyurizatsiya qilish uchun yo’l ochdi. Gen injenerligi metodlari bilan vorislik buyumlari tuzulmasini va o’zgartirish imkoniyati uchun ochib berish foydali bo’lgan bakteriyalarning shtammalarini qurish, vorisiylikka ta’sir qilish, mutlaqo yangi jarayonlar va narsalar yaratish imkoniyatini berdi.
Yangi axborot texnologiyalari axborotdan foydalanishni, uni uzatishni, to’plashni mukammal vositalari jamiyatda va tabiatda murakkab jarayonlarni bilish va ularni boshqarish ufqlarini ochdi.
Ikkinchi I.T.I.ning asosiy yo’nalishlari ishlab-chiqarish texnikasining barcha sohalarida sifat o’zgarishlari poydevori bo’lib xizmat qildi. Dasturlashtirilgan ishlab-chiqarish, robototexnika, egiluvchan ishlab-chiqarish tuzulmalari, avtomatlashtirilgan loyihalashtirish kompleks avtomatlashuvga yo’l ochadi.
An’anaviy aregoresurslarning tugashi va ularning yuqori ekologik xavfi noan’anaviy amaliy tuganmas energiya manbalarini (quyosh, shamol, to’lqinlar va qaytishlar va h.k.) energiya saqlaydigan yuqori haroratli yuqori o’tkazish va mikroprotsessor texnikasidir. Foydalanishni izlash va o’zlashtirishga majbur qiladi. Lekin haqiqiy energetik inqilob hali oldinda.
Uch ming yil davomida asosiy qurilma ashyosi sifatida hukmron bo’lgan temir asri tugallanmoqda. Kompozit, sopol, plastmassa, sintetik qatron, metall kukuni kabi berilgan xossalarga ega bo’lgan ashyolar afzal ko’riladi.
Xomashyoni qazib olishda geobiotexnologiyalarga, kam chiqitli va chiqitsiz, membronal plazmali, lazer, elektr impulsli kabilar o’zlashtirildi. Bu qisqa muddatda kam chiqim mahsulotni olish, qator oraliq epozatsiya jarayonlardan voz kechish imkoniyatini beradi.
Aloqa texnikasi va transportda tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Aloqaning tolali-antik liniyalari, kosmik, faksimal, uyali aloqa bu sohada haqiqiy to’ntarishni yuzaga keltirmoqda. Transportda qator yangiliklar sodir bo’ldi. (havo yostig’idagi kemalar, magnitli temir yo’l transporti, elektromobil va sh.o.) Shaharlarda avtomobillarni haddan tashqari ko’payishi yuz berdi.
Birinchi “yashil inqilob”dan keyin ikkinchisi boshlandi. Unda birinchi o’rinda ekologik toza oziq-ovqatni ishlab chiqarish chiqadi. Bu gerbitsid va pestitsid, mineral o’g’itlar bilan ifloslantirmaslik, hosilni dasturlashtiradigan mikroprotsessorlar agrotexnikasi va intensiv texnologiyalarni qo’llash asosida amalga oshiriladi.
Agar birinchi I.T.I. uchun kosmosni ilmiy va harbiy o’zlashtirish xos bo’lsa, ikkinchisi uni sanoat maqsadida o’zlashtirishga qaratilgan edi. Yo’ldoshlarni kommersiya maqsadida uchirish boshlandi. Kosmosda kristallarni o’stirish, noyob biotexnologiyalardan foydalanish mumkin. Ikkinchi I.T.I. ishlab-chiqarishni tashkil qilishda tub o’zgarishlarga olib keldi. Industrial gigantlar o’rniga tez dasturlashtiriladigan va qayta quriladigan ishlab chiqarishga asoslangan kichik va o’rta korxonalar paydo bo’ladi. Ular “yumshoq” integratsion shakllar – konsernlar, assotsiatsiyalar, moliyaviy sanoat guruhlariga, birlashdilar. Bu bozordagi o’zgarishlarga reaksiyani yengilashtiradi, qo’shimcha chiqimlarni kamaytiradi. Yaponiya, Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda kichik va o’rta biznes yordamida milliy mahsulot ko’p qismi ishlab chiqariladi, qo’shimcha ish o’rinlarini ta’minlaydi, innovatsiyalarga tez reaksiya qiladi.
EHM axborot texnologiyalaridan foydalanish (ayniqsa shaxsiy kompyuter) va ishlab chiqarish, iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarishning nozik va murakkab jarayonlarini avtomatlashtirishga imkoniyat yaratdi.
Muomala sohasi texnologik to’ntarish uchun qulay kenglik bo’ldi. Marketing tadqiqotlari va prognozlar uchun, narxlarni o’zgaruvchan shakllantirish uchun, bozor talabini o’rganish, bank va kommersiya axborotlarini qayta ishlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalari zarur. Meditsina texnikasi va biotexnologiya metodlari bilan olinadigan dorilar, diagnostika va davolashning zamonaviy mukammal vositalari yaratilmoqda.
Ta’limni kompyuterlash va axborotlash o’quv jarayonini intensifikatsiya qilishga, o’quvchilar e’tiborini faollashtirishga yordam bermoqda.
XX asrning ikki I.T.I.ning asosiy yakunlari qanday bo’ladi?

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish