O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Kelajakni muqobil manzarasi. Dunyo 2000 yildan so’ng



Download 1,75 Mb.
bet81/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Kelajakni muqobil manzarasi. Dunyo 2000 yildan so’ng.
Olimlar futurologlar, siyosatchilar ming yilliklar chegarasiga katta umidlar bilan yondashdilar, bu chegara ortida yalpi gullab yashnash, asrlar buyon orzu qilingan ideallarni amalgam oshishini ko’rdilar. Shu bilan birga qat’iy ogohlantirishlar ham yangrashi, chunki yangi mung yillikka kelib insoniyat o’zini va yer yuzidagi barcha tirik mavjudotni yadro urushi bilan yo’q qiladigan yetarli texnik imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Eng aniq bu muqobillikni 1960-yilda nemis siyosatchisi va olimi Frits Baade “2000 yil tomon musobaqa” nomli kitobida shakllantirdi. Kitobga kirishda “Bizning лудфофлЖ yerda jannat yoki insoniyatni o’zini-o’zi yo’q qilishi” deb ьгйщишддшл shakllantirilgan edi.
Bade XX asr oxirida insoniyatni gullab yashnashi mumkinligini o’ziga tortadigan manzarasini chizib berdi. 2009-yilda dunyo ajoyib mo’jizakor bo’lishi mumkin. Ochlikni yengish mumkin, yer vsharida yashovchidan birortasi shunda och qolmaydi. Barcha odamlar nafaqat yetrli miqdorda , gurush, makkajo’xori yoki bug’doyni oladilar va hmada yetarli miqdorda sut, go’sht, baliq oladilar qaysiki ularga sog’liqni va ish qobiliyatini to’liq saqlash uchun zarur… Qashshoqlikni ham yengish mumkin. Yerdagi har bir mehnatga qobiliyatli opdam… yetarlicha oziq-ovqat bo’lganda to’la kuchda ishlashi mumkin. Agar bunga qo’shimcha u zaruriy mehnat quroli bilan taminlansa Osiyo xalqlarida ishlab-chiqarish hozir, yevropalik, shimoliy Amerikalik yoki sovet ishchilari erishgan darajaga yetishi mumkin. Har bir oila insonga loyiq uy-joy oladi, elektr va vodoprovod bilan , hamda dunyoning u rayonlarida zarur bo’lgan markaziy isitish bilan. Yuqori ish haqi ish vaqtini keskin qisqartirish imkonini beradi. Mehnat ta’tilidan foydalanish uchun imkoniyatlar haqiqatdan fantastic bo’ladi. Havo sayohatlari o’sha vaqtda hamma uchun deyarli tekin bo’ladi, dunyo mamlaktlaridagi barcha ishchilar dam olish uchun har qanday joy Tinch okeanidagi Nordkapmi, florida yoki Kavkazdagi rus Riverasini tanlashlari mimkin. Bu safarlarni birortasiga ham viza talab qilinmaydi, hatto passport ham chunki bu ajoyib dunyo bo’lishi mumkin, qachonki davlatlar o’z milliy suvarentetlarini ko’ngilli ravishda tubdan cheklashga borishlari lozim bo’ladi. Ochlik va qashshoqlikdan qutulishdan ko’ra yanada katta mo’jiza erkin borliq xavfsizlikdir. To’la qurolsizlanish oqibatda urushlarni tugashi odamlarga xavfsizlikni ta’minlaydi, qaysiki bunga bugun butun dunyo xalqlari intilmoqdalar-bu ularni yalpi o’z –o’zini yo’q qilishdan xalos qiladi. (5.c 237-238. 263 стр. русский перевод)
Bade insoniayt kelajak taraqqiyotini pessimistic manzarasini ham tasvirlab berdi. “Bizning ko’z oldimizda aql va aqlsizlikni qarama-qarshiligini butun tarixi bo’yicha drama yuz berdi. Bu omillardan eng birinchisi hozirgi kunda “atomli” millatlar ega bo’lgan qurollarni vahimali samaradorligidir.
Ikkinchi omil- butun o’tnish tarixda odamlar tafakkuri va qalbida to’planib qolgan ma’naviy va ahloqiy tashlandiqlarning badbashara uylmasidir.
Nihoyat uchinchi omil-bu mas’ul siyasatchilarni bizning oldimizda turgan eng oddiy muammolarni aqlan yechishga mislsiz qobiliyatsizligidir.
Bizning yuz yilligimizning qolgan 40 yilida, aynan yaqin o’n yillikda biz yerda odamxo’rlarni yo’qotish davri buyuk inqilobiga teng bo’lgan inqilobni amalgam oshirishimiz lozim.
Biz tushunishumiz lozimki insoniyat o’z tarixini yangi bosqichiga kirdi, bu bosqich uning keyingi tirikligi uchun hal qiluvchidir… insoniyat oldida buyuk muammo turibdi, unga teng keladiganni uning butun tarixi bilmaydi. U qisqa muddatda yechishi zarur, bu haqda hatto o’ylash qo’rqinchli. Mana bu masalani yechishga ajratilgan muddat tugab va yana qo’shimcha o’n yil o’tdi. Bashorat qilingan insoniyat taraqqiyoti senariysi amalga oshirilmadi. Odamlar yetarli darajada dono qaysiki ular tubsiz jarlik yoqasida to’xtash uchun. Lekin optimistic senariyni amalgam oshirish uchun yetarli bo’lmagan holda ongli va uyushganlar.
Ha, haqiqatdan yerda jannatni amalgam oshirish mumkin emas. Bu taraqqiyot potensialini to’xtatish xavfi bilan oqibatda insoniyatni manmanlikdan halok bo’lishi biloan bog’liq xafvli utopiya.

Shu paytgacha yadro quroli bilan halokat yuz berishidan saqlanib qoldik. Insoniyat XX asrning 80-yillarida nihoyat yadro halokati oqibatini tushunib yrtdi. Tish tirnog’igacha qurollangan ikki buyuk davlat ikki lager, ikki harbiy siyosiy guruhni qarama-qarshi turishi barham topdi. Bu insoniyatni o’z-o’zini yo’q qilishini tugatmagan bo’lsada, uni xavfini vaqtinchalik kamaytirdi.


Insoniyat bir necha bor yadro urushi yoqasiga kelib qolgan bo’lsada Baade 1960-yilda bashorat qilgan pessimistic senariy amalgam oshmadi.. lekin optimistic senariy uchun hali vaqt kelmadi. Hali ham Osiyo Afrikadan yuz millionlab odamlar qashshsoqlikda yashamoqda , kasallik, ochlik, uy-joy muammosi ekologik xavf , spid, giyohvandlik yalpi muammolariga aylandi. Rivojlangan mamlakatlardan tashqari boshqa barcha mamlakatlarda ochlik, muntazam ishsizlik, nochorlik, odamlarni doimiy hamrohi bo’lib qoldi. Ko’pchilik yuzlab millionlab bodamlar ayniqsa sobiq sovet respublikasini aholisidan millionlab kishilar ishsizlikdan Rossiya, Yevropa mamalakatlariga ish qidirib gastarbayter bo’lishga majbur bo’ldilar. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi mehnat tatilida ham tirikchilikni o’tkazish uchun ishlashga majburlar. Sharqiy Yevropa davlatlari bozor iqtisodiytiga jadal kirishdilar. SSSR< Yugoslaviya, Chexoslavakiya kabi federativ davlatlar parchalanib ketdi, yangi chegaralar paydo bo’ldi. Federativ davlatlar davridagi Sharqiy Yevropa va SSSRning integratsiyalashgan xalq xo’jaligi buzilib ketdi.
Jahon urushi xavfi, termoyadro, ximik-bakteriologik urushi xavflari bartaraf qilindi. Lekin dunyoda local urushlar davom etaverdi. Ularni to’xtatish uchun bo’lgan harakatlar zoye ketdi.Yaqin Sharqda falastin –isroil mojarosi, Yuqoslaviya, Kavkaz ortida Checheniston , Abxaziya, Shimoliy Osetiya Afg’onistondagi local, urushlar ushbu mamlakatlarni taraqqiyoti va hududiy tinchlikka jiddiy xavf tug’dirib, uzoq yillar bu hududlarda beqarorlikka olib keldi. Bu local urushlarga o’nlab katta-kichik mamlakatlar aralashib qoldilar. Rivojlangan mamlaktlar uchun bu beqaror zonalar o’z manfaatlarini himoya qilishmaydoniga aylanib qoldi.
XX asrning 80-yillaridan etnik diniy kelishmovchililar kuchayib ketdi.
Dunyoning ayrim mamlaktlaridagi etnik ziddiyatlar olib keldi. Sobiq Yugoslaviyada, kavkaz ortida Tog’li qorabogda ozarbayjon –arman mojarosi mesxeti turklari masalasiga boshqa mamlaktlarni aralashuvi bilan to’xtatildi.
Separate kayfiyat kuchayib ketdi. Dunyoni oltidan bir qismini egallagan SSSR davlati parchalanib ketdi.. yagoslaviya federatsiyasi barbod bo’ldi, Chexoslavakiya ikki davlatga ajraldi. Moldaviyadan pridnestr hududi ajralib chiqishga urindi.kanadada fransuzlar ko’pchilikni tashkil qilgan kvebek provensiyasimustaqillikni talab qilib chiqdi. Etnik muammolarni ko’targan terrorchilik tashkilotlari jonlandi(Ispaniyada eta, Shri-lankada tamil ilama)
Diniy ekstremizm XX asrning 80-yillaridan xalqaro xavfsizlikka jiddiy xavf tug’dirdi. 2001-yilda Amerikadagi sentabr portlashlari butun dunyoda tinchlikni mo’rtligini yana bir ko’rsatdi.
2000-yilga va XXI asr boshlariga vaqt bo’yicha yaqinroq bashoratni Jon Hesbitt va Patrisiya Eburdinlarning Megatendensiyalar. 2000- yil 90 yillarga o’n yangi yo’nalishlar” kitobida mavjud. Kitob 1990-yilda AQSH da chop etilgan . kitobda XX asrning 90 yillaridagi asosiy yo’nlaishlar XXI asrga kirish sifatida aniqlanadi. Keladigan o’n yillik-sivilizatsiya tarixidagi barcha o’n yillilar ichida eng muhimi. Bu ta’sir qoldiradigan texnologik yangiliklarni misli ko’rilmagan iqtisodiy imkoniyatlarni, ko’z ko’rmagan siyosiy islohatlar va buyuk madaniy uyg’onish o’n yilligi bo’ladi. Bu o’n yillik boshqa o’n yilliklarni birortasiga o’xshamaydi, chunki uning tugallanishi yangi ming yillikni boshlanishini belgilaydi…
Qadimgi teatr ko’rinishida bo’lganidek, yangi ming yillik bizning ongimizda a’lo , yanada mukammalroq dunyoni ko’rishga chaqiradi, shu bilan birga bizni o’ngimizda dunyo oxirini vahimali manzaralarini chizadi…
Mana mumkin, nima uchun qurollanish ustidan nazorat, atom bombasi oldida bizni qo’rquvdan ozod qilmaydi, ishsizlikni pasayishi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi mislsiz yutuqlar, yangi ish o’rinlarini yaratilishi 90-yillarda yangi iqtisdodiy tushkunlik oldidagi qo’rquvdan bizni xalos qilmaydi…



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish