Tayanch iboralar: uzoq muddatli sikllar, tabiatshunoslik fanlari yutuqlari, gumanistik etika, Uyg’onish davrining tarixiy merosi, industrial jamiyat, so’nggi uch sivilizatsiyalar, feodal kopitalistik jamiyat, burjua jamiyati, mafkura, ateizm, ilmiy uttopiya, Uyg’onish davri gumanizmi, sekulyarizatsiya, reformatsiya, postindustrial sivilizatsiyaga, sanoat inqilobi, Elitor madaniyat, ommaviy madaniyat, Ahloq kodeksi, ideologiya dinamikasi, Ristar madaniyati, radio, televideniya, kino, Reformatsiya, monist, cherkov.
Takrorlash uchun savollar:
1. Fan sohasida so’ngi I yarim yillikda qanday to’ntarishlar yuz berdi?
2. XVII-XX asrlardagi uzoq muddatli sikllarni tavsiflang?
3. Uyg’onish davrining mazmuni va tarixiy merosi qanday bo’di?
4. Industrial jamiyatda madaniyat taraqqiyotining uzoq muddatli sikllarini ayting?
5. O’rta asrlar, industrial arafasi va industrialjamiyatlarda ta’lim sikllariningmazmunini ochib bering?
6. Uch so’ngi suvilizatsiyalar davomida dinni o’rni qqanday o’zgardi?
7. Sotsialistik mamlakatlarda dun va etikada qanday tub o’zgarishlar ro’y berdi?
Mustaqil ish mavzulari:
1. Feodal kopitalistik sivilizatsiyalarda ilmiy bilish taraqqiyotining oqimlari.
2. Feodal kopitalistik jamiyatlarda tabiatshunoslik fanlarining yutuqlari.
3. Uzoq muddatli ilmiy sikllarni tavsiflang.
4. Zamonaviy jahon madaniyatining poydevori bo’lgan to’rt qudratli oqimlar.
5. Feodal kapitalistik jamiyatlarda ta’lim dinamikasi.
6. Feodal kapitalistik jamiyatlarda mafkura va etika.
Mavzuni o’rganish metodlari
Talaba (magistrant)larga bu mavzuni o’rganish jarayonida o’qitishning tadqiqot modelidan foydalanilsa dars jarayonida ularga o’z fikrlarini mustaqil bayon etishga o’rganish, kerakli adabiyotlardan unumli foydalanish, ularni izlashga, topishga o’rganish ko’nikmasini hosil qiladi. Bu metod orqali talaba (magistrant)larga inson hatti-harakatlariga nisbatan savollar qo’yishni o’rganishga va ularga javoblarni esa jiddiy faktlar yordamida topishga ko’maklashadi.
Tadqiqot usulida o’qitish talaba (magistrant)larga savol berish jarayonida va javob qidirishda uyg’unlikni nazarda tutadi. Tadqiqot metodi boyicha o’qitish ularni amaliy ilmiy izlanish jarayonida bevosita ishtirokini ta’minlaydi.
Tadqiqot modeli bo’yicha dars mashg`uloti quyidagacha rejalashtirilishi mumkin:
a) darsda talaba(magistrant)larga qiziqish uyg’otadigan muammo yoki savol qo’yiladi
b) talaba(magistrant)larga shu muammoni yechish haqida faraz taklif qilinishi yoki talaba(magistrant)ning o’zi o’rgangan adabiyotlar yordamida gipotezalarni ilgari surishi mumkin.
s) talaba(magistrant)lar o’zlari haqida shu muammo haqida kerakli adabiyotlarni to`plash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish mahoratini shakllantiradilar, o’z tadqiqotlarini amalga oshiradilar.
Bu metodning afzalligi shundaki, talaba(magistrant) bevosita mantiqiy fikrlashga ko`nikma hosil qiladi va mavzuni ham ilmiy, ham amaliy jihatdan atroflicha o’rganadi.
Talaba(magistrant) larga oldindan mustaqil ish sifatida tegishli adabiyotlarni tavsiya etish mumkin. Dars davomida savollar bilan talaba(magistrant)larga murojaat qilinadi, ular esa adabiyotlarni tahlil qilgan holda o`z fikrlarini himoya qilishlari mumkin:
1. Qadimgi dunyoda ma’naviy hayot qanday edi? Uning qanday bosqichlarini sanay olasiz?
2. Qadimgi Sharqda ilmiy bilimlarning genezisi qanday kechdi, ularni quyidagi variant asosida taqqoslay olasizmi:
a) Qadimgi Sharq b) Qadimgi Hind s) Qadimgi Xitoy
3. Ellinizm deganda nimani tushunasiz ?
4.XVII-XX asrlardagi uzoq muddatli sikllarni tavsiflang?
5. Uyg’onish davrining mazmuni va tarixiy merosi qanday bo’ldi?
6.Sharqda ilm-fan va madaniyatning rivojlanish omillari va o’ziga xos xususiyatlari.
7. Industrial jamiyatda madaniyat taraqqiyotining uzoq muddatli sikllarini ayting?
8. O’rta asrlar, industrial arafasi va industrial jamiyatlarda ta’lim sikllarining mazmunini ochib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |