Savol va topshiriqlar
Dunyo sivilizatsiyalarini rivojlanishida zamonaviy o’tish davrining mazmuni va xronologik doiralarini tavsiflang
XX asrning so’ngi choragida tug’ilgan postindustrial jamiyatning mumkin bo’lgan kelajagi qanday bo’ladi. Insoniyatni XXI asrda nima kutmoqda?
Bunyodga kelgan postindustrial jamiyatning asosiy chiziqlari qanday?
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kuzatish mumkin bo’lgan postindustrial jamiyatning unsurlarini ayting.
Postindustrial sivilizatsiyaning shakllanish davrida jamiyatni transformatsiyasi.
Postindustrial sivilizatsiyani shakllanish davriga navbatdagi yuqori uzoq muddatli (sivilizatsiya0 siklining ikki birinchi yarim asrlik fazalarni ajratish mumkin: oldin o’tgan sivilizatsiyani tushkunligi va yangi jamiyatni tug’ilishi – o’tish davri , uni taxminan yarmi (tarixiy progressning chekkasida emas, episentirida ) o’tib bo’lindi; yangi sivilizatsiyani kenglik va chuqurlikda tarqalish fazasi dunyo mamlakatlarini ko’pchiligini qamrab olishi va o’z asosida tasdiqlanishi. Birinchi faza yettinchi sivilizatsiyaga o’tish davri deb qarash mumkin: har ikkisi birgalikda navbatdagi XX asrning 70-yillaridan XXI asrning 60-yillarigacha qamrab oladigan uchunchi tarixiy super siklga o’tish sifatida.
Bu asriy davrda jamiyat piramidasining barcha qavatlarida qanday o’zgarishlar yuz beradi?
O’tish davrida inson an’analarini sinishi.
Jamiyatni birinchi qavatidagi ozgarishlardan boshlaymiz: aholi soni va tuzilishi, insonni ehtiyojlari va qobiliyatlari, uning malakasi va manfaatlari va nihoyat inson bioijtimoiy tur sifatida. Postindustrial jamiyatning shakllanish davrida barcha sanab o’tilgan yo’nalishlarda an’analarni sinishi tabiiy.
Bu eng avvalo yer aholisini soni va tuzilishini dinamikasiga tegishlidir, bundan resurslar cheklangan bir paytda ehtiyojlar hajmi va ularni qoniqtirish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Frits Baade ma’lumotlariga ko’ra yer aholisini sonini ikki marta ko’payishi neolit sivilizatsiyasida 2500-yildan, antic sivilizatsiyagacha 1000-yil, industrial sivilizatsiyani shakllanishi va gullab yashnashida 150 yildan uni tushkunligi davrida 37 yil.
Amaliy va tizimli tadqiqotlar Xalqaro institute bashoratiga qaraganda (8jadval) Yer aholisini soni45 yil davomida ikki barobar ko’payadi, keyin uni o’sish surati keskin pasayadi: keyingi 75 yilda XXI asr oxirida u bor yog’I chorakka ko’payadi va va 12 mlrd odamdan ozgina ko’proqqa oshib barqarorlashadi, lekin rivojlanayotgan mamlakatlarni ulushi umumiy aholisini 1990-yilda 78%dan 2030 yilda 86%ga , 2070 yilda 88%ga o’sib, keyin pasaya boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |