Takrorlash uchun savollar
Jahon sivilizatsiyalari almashuvi qanday sodir bo`ladi?
Jamiyatning bir tarixiy bosqichdan boshqasiga o`tishining birinchi manbai nima?
Dunyo sivilizatsiyalar almashuvi mexanizmini tavsiflang?
Jahon sivilizatsiyalari almashuvining o`tish davri bosqich larini va mazmunini ochib bering?
O`tish davri nima bilan tugallanadi, uning yakunlari qanday?
Mustaqil ish mavzulari
Sivilizatsiyalarning tushkunlik bosqichlari.
2. Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari.
3. XIX asr Evropa va Amerika sivilizatsiyasi.
5. O’tish davri sivilizatsiyasi.
Mavzuni o’rganish metodlari.
Talaba(magistrant)lar bu mavzuni o’rganish jarayonida bir qancha interfaol usullardan foydalanishlari mumkin.
Mazkur mavzu uchun qo’llaniladigan usul “Yelpig’ich” tеxnologiyasi . Bu tеxnologiya murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar, muammo xaraktеridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan.
Tеxnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot bеriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari bеlgilanadi.
Bu intеrfaol tеxnologiya talaba (magistrant) larda tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
“Yelpig’ich” tеxnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
Bu tеxnologiya mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin:
• boshida: o’z bilimlarini erkin faollashtirish;
• mavzuni o’rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab еtish;
• yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspеkt (nuqtai nazar) - u bilan prеdmеt, xodisa, tushuncha tеkshiriladi.
Afzallik - biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat - ijobiy sifat.
Nuqson - nomukammallik, qoidalarga, mеzonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa - muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kеlish.
Ushbu usul mazkur mavzuni o’rganish jarayonida , qo’llanilsa yanada maqsadga muvofiq bo’ladi, buning uchun talaba(magistrant)lar bir necha guruhlarga ajratilgan bo’lishi mumkin. Talaba(magistrant) larga berilayotgan savollar bir vaqtning o’zida ikki xil darajada (murakkab va uncha qiyin bo’lmagan) berib borilsa, texnologiyaning samaradorligi, yutug’i ham shuncha ijobiy natija berishi mumkin.Ularga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
1.Nima uchun sivilizatsiyalar almashinadi?
2.Sivilizatsiya dinamikasi trayektoriyasi qanday ko’rinishga ega?
3.Sivilizatsiyalar almashinuvi qanday yuz berdi? Ularning almashinuviga sabab nimada?
4.Sivilizatsiyalar almashinuvi mexanizmining o’zgarmas unsurlari nimadan iborat?
5. Sivilizatsiyalarni almashuvi vaqtida o`tish davrining bosqichlari qanday?
6. O’tish davrining yakunlari nimalardan iborat?
Bunda talabalarga quyidagi chizmani to’ldirish taklif qilinishi mumkin:
O’tish davrini bosqichlarining chizmasini bosqichma-bosqich tartib bilan ta’riflang
Ta'limdan tashqari “Yelpig’ich” tеxnologiyasi tarbiyaviy jihatdagi qator vazifalarni ham amalga oshirish imkonini bеradi:
• jamoa, guruhlarda ishlash mahoratini;
• muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahoratini;
• murosali qarorlarni topa olish mahoratini;
• o’zgalar fikriga hurmat;
• ishga ijodiy yondashish;
• faollik;
• muammoga diqqatini jamlay olish mahoratini.
Do'stlaringiz bilan baham: |