O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


] Yangi sivilizatsiyaga o`tish davrining mazmuni, bosqichlari va yakunlari



Download 1,75 Mb.
bet10/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

]


Yangi sivilizatsiyaga o`tish davrining mazmuni, bosqichlari va yakunlari.
Bu davrning mazmuni jamiyat tuzilmasi barcha qavatlarining fundamental asoslarida yetilgan o`zgarishlar, umrini o`tab bo`lgan, progressni sekinlashtiradigan, o`layotgan sivilizatsiyaning unsurlarini (tarixiy meros bo`lib qoladigan, insoniyat ma`naviyatini boyitadigan qadriyatlarni saqlab qolgan holda) siqib chiqarish yoki buzib tashlash va azoblar bilan izlanishlar, xatolar tug`ilish va yangi sivilizatsiyaning asosi tarixiy progress spiralining keyingi bo`g`ini bo`ladi. Bu davrda ikki tarixiy qatlamning “to`qnashuvi”da to`s-to`polon, buzg`unchi kuchlar kuchayadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning barcha ko`rinishlari keskinlashadi, tushkunliklarning butun zanjiri, inqiloblar, urushlar, boshqa qarama-qarshiliklar rivojlanadi, salbiy demografik an`analar (tug`ilish sur`atini kamayishi, aholi sonining mutloq kamayishi, migratsiya to`lqinlari, qochoqlar) yuz beradi. Ishsizlik keskin o`sadi, qashshoqlik, jinoyatchilik, aholini bir qismini degradatsiyasi kuchayadi. Bu og`ir kasallik ba`izda u yoki bu lokal sivilizatsiyani yoki davlat birlashmasini to`la halokatiga sabab bo`ladi.
Sivilizatsiyalarni almashuvi vaqtida o`tish davrini bosqichlari qanday? Bunda tushkunlik bosqichlariga o`xshash to`rt davrni ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqich – sivilizatsiyalar almashuvi shart-sharoitlarini to`planishi, latent (yashirin) davri: keksayish, eskirgan jamiyatni samaradorligini pasayishi, jamiyatning o`sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qobilyatsizlik, yangiliklarni qabul qila olmaslik kabilar. Shu jarayonda ko`tariladigan bo`ronni xabari keladi, lekin uni ko`plar ilg`amaydi. Jamiyat barqaror, tartibga solingan, yetakchi sivilizatsiya tizimi hozircha normada ishlab turibdi. Lekin uning bag`rida kelajak sivilizatsiyaning urug`lari yetilmoqda, hali u zaif bo`lsada, yorug`likga chiqishga o`jarlik bilan intiladi.
Qachonki qarama-qarshiliklar kritik nuqtaga yetganda, qarigan mexanizmlar ularni hal qila olmasligi aniq bo`ladi, to`la tushkunlik bosqichi boshlanadi; odatda undan o`tish davrining hisobi olib boriladi. Jamiyat piramidasining barcha qavatlarida to`s-to`polon kuchayadi, noaniqlik, harakatning tartibsizligi keskin o`sadi. Tushkunlik ketidan tushkunlik, halokat orqasidan halokat boradi. Ziddiyatlarni tashqi manbalar orqali yechishga urinish, boyliklarni qayta taqsimlash, inqiloblar va urushlarga olib keladi. Tushkunlikdan chiqish uchun ijtimoiy fikr azobli izlanishlarga tushadi, ziddiyatli, ko`pincha amalga oshmaydigan dasturlar paydo bo`ladi. Iqtisodiyot tushkunlikga tushadi, ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashadi. Siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati jamiyat oldida obro`-e`tiborini yo`qotadi. Ma`naviyat dunyosi – fan, madaniyat, axloq, ta`lim og`ir yo`qotishlarga uchraydi. Lekin bu tashqi tartibsizlik orqasida keyingi sivilizatsiyaning kurtaklari sekin-asta o`sib boradi, ularni kelajak uchun kurashi, integratsiyasi yuz beradi. Yangi ijtimoiy kuchlar yuzaga keladi, ular hozircha biror bir keng qamrovli, yaratuvchi ishlarni bajara olmaydilar. Mamlakatda jamoat arboblari – yangi liderlar maydonga chiqadilar va kurashlarda chiniqadilar. Ular kelajak jamiyatning potensial yadrosini shakllantiradilar.
O`tish davrining uchinchi bosqichi yangi va eski dunyoning vaqtingchalik kuchlar tengliga nisbatan qisqa vaqti lahzasi deyish mumkin. Bu iqtisodiy sikl dinamikasidagi depressiya fazasi, (ham turg`unlik yo`q, biroq iqtisodiy o`sish ham yo`q, sog`ayish jarayoni hali boshlanmadi.) ijtimoiy kuchlarni qayta qurish, eski tuzumni yo`qotishi aniqligini va yangisiga o`tish muqarrarligini, jamiyatni anglashidir. Uning unsirlari tanaffusdan foydalanib, birlashib hal qiluvchi olishuvga tayyorlanadilar.
To`rtinchi o`tish davrining tugallovchi bosqichi yangi jamiyatning kuchga to`lib borayotgan unsurlarining tezlik bilan bostirib kelishi bilan ifodalanadi. O`layotgan sivilizatsiya unsurlarining to`la yengilishi (albatta qarshi hujumga o`tish ehtimollari yo`q emas). Bu davrda asta-sekin tartibsizlik kamayadi va tartibga tushish, jamiyat dinamikasida aniq kelajak o`sib boradi. Iqtisodiyotni o`sishi boshlanadi, bu ko`p resurslarni shaxsiy iste`mol uchun ajratish va jamg`arish, jamiyat texnologik bazasini qayta qurish imkoniyatini beradi. Yangidan barqarorlashtirish mexanizmlari kuchga kiradi, huquq-tartibot o`rnatiladi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish