O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


IJTIMOIY-SIYOSIY TIZIMLAR EVOLYUTSIYASI



Download 1,75 Mb.
bet66/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

IJTIMOIY-SIYOSIY TIZIMLAR EVOLYUTSIYASI

O’tmish davrlardan sezilarli darajada meros bo’lib qolgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar chuqur o’zgarishlarni boshdan kechirdi, zamonaviy ko’rinishga erishguncha bir qancha sikllarni boshdan kechirdi. Jamiyatning ijtimoiy tuzulmasini o’zgarish davrlari keskin siyosiy qarama-qarshiliklar, inqiloblar va urushlar nisbatan barqaror va turg’un taraqqiyot davrlari bilan almashdi. Lekin bu navbatdagi bo’ron arafasidagi sokinlik edi. Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning qonuniyatlari tarixiy voqealarda ko’rindi. Bo’ronli va keng qamrovli hodisalar girdobidan chetlashib o’rganilayotgan davrning asosiy bosqich va ananalarini o’rganishga urinib ko’ramiz.




Ijtimoiy-siyosiy sikllar. Bir necha yuqori uzoq muddatli (asriy) sikllarni so’ngi bir yarim ming yil ichidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar dinamikasida ajratish mumkin.
Birinchi sikl taxminan sakkiz yuz yilni qamrab oladi (V asr o’rtalaridan – XIII asr o’rtalarigacha) o’rta ar ijtimoiy-siyosiy tuzumini shakllanishi va hukmronligi davri. Bu jarayon ikki asosiy turda aks etdi. Ulardan biri o’tmish jamiyatni asta-sekin transformatsiyasi asosida feodalizmning ijtimoiy kuchlari va siyosiy muassasalarini shakllanishidan iborat edi (Vizantiya, Xitoy, O’rta Osiyo, Hindiston) yoki uning G’arbiy Rim imperiyasini qulashi natijasida uning hududida yashayotgan va unga bostirib kirgan boshqa qabilalar sintezi bilan uning buzilishi edi.
Boshqa yo’l urug’-qabilachilik munosabatlarini bevosita transformatsiyasi asosida feodal ijtimoiy-siyosiy tuzumni shakllanishidan iboratdir. Lekin u jez va temir asrlari davomida quldorlik jamiyatini chetlab o’tib ma’lum bir evolyutsiyani boshdan kechirdi. Bunday yo’l Shimoliy Yevropaning ko’pchilik xalqlariga xosdir (Skandinaviya, Boltiqbo’yi, slavyan xalqlari, arablar). Har ikki holatda ham feodal siyosiy-ijtimoiy tuzumning genezisi katta yer egasi feodallari hamda qaram dehqonlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga hunarmand, savdogar, harbiylar, ruhoniylar, ijodiy kasb egalari kabi toifa va kastalar shakllandi. Birinchi siklning alohida tomonlaridan biri bu – diniy tashkilotlarning ijtimoiy-siyosiy va davlat huquqiy muassasalariga kuchli ta’siri edi. Bu siklning so’ngi fazasi feodal tarqoqlikning kuchayishi, ko’plab urushlar, ilgari shakllangan yirik davlatlarning parchalanishi mo’g’ul bosqinlari to’lqini bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi ijtimoiy-siyosiy sikl XIII asr o’rtalaridan XVIII asr o’rtalarigacha bo’lgan qisqaroq davrni qamrab oladi. Bu davr feodal ijtimoiy-siyosiy tuzumining yetukligi va tushkunligini tarqalishi ko’pgina davlatlarda (Fransiya, Ispaniya, Angliya, Rossiya) mutlaq monarxiyalarning shakllanishi, jahon imperiyalarining qayta tug’ilishi (ispan, britan) bilan tavsiflanadi. Boshqa tomondan bu vaqt kuchli burjua sinfini shakllanishi (eng avvalo savdo sohasida), uning siyosiy yetakchilikka da’volari bilan tavsiflanadi. bu da’volar qandaydir darajada niderland (1566-1609 yillar) va ayniqsa ingliz burjua inqiloblarida o’z ifodasini topdi. Dehqonlar ham feodal zulm va majburiyatlari bilan nihoyatda ezilganligi sababli siyosiy kuch sifatida o’zini ko’rsatdi (Farnsiyada Jakeriya – 1358; Uot Tayler qo’zg’oloni – 1381; Germaniyada dehqonlar urushi – 1524-1525; Xorvatiya va Slovakiyada dehqonlar qo’zg’oloni – 1573; Rossiyada Ivan Bolotnikov qo’zg’oloni – 1606-1607 yillar). Bu davrning yirik ijtimoiy-siyosiy kuchi cherkov tashkiloti bo’lib, katta yer mulklarga ega bo’lgan hukmdorlar bilan yetakchilik uchun kurashdi, g’ayridinlarga qarshi quvg’inlarni uyushtirdi.
Son-sanoqsiz feodal urushlari mamlakatlarni vayron qildi, ishlab-chiqarish kuchlarini yemirdi. Urushlar uzoq davom etdi (Angliya Fransiya o’rtasidagi 1337-1453 yillardagi yuz yillik urush; 30 yillik urush 1618-1648 yillar) qaysiki bu urushga deyarli barcha Yevropa davlatlari tortildilar. Amerika va Hindistonning ochilishi qator mustamlakachilik urushlarini keyin esa mustamlakalarni qayta taqsimlash uchun urushlarni keltirib chiqardi. Demokratik tuzum va burjuaziyaning siyosiy yetakchiligini qaror topishi uchun kurash kuchaydi. Uning jarchisi XVII asrdagi ingliz burjua inqilobi bo’lib, parlament monarxiyasini shakllanishi bilan tugadi.
Uchinchi yuqori uzoq muddatli ijtimoiy-siyosiy sikl XVIII asrning so’ngi choragi (Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash va buyuk fransuz inqilobi)dan XX asrning so’ngi choragigacha bo’lgan davrni qamrab oladi (XX asrning 70-yillaridagi tushkunlik ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning trayektoriyasini o’zgartirib postindustrial jamiyatga o’tish davrini boshlanishini belgilab berdi). Bu davr doirasida bir necha fazalarni ajratish mumkin (Kondratyev sikllariga ko’p hollarda o’xshash bo’lgan uzoq muddatli ijtimoiy-siyosiy sikllar).
1775-1830 yillar. – Amerikada mustaqillik uchun kurash va AQSH ning tashkil topishi , Buyuk fransuz inqilobi va Napoleon urushlari natijasida burjua siyosiy hukmronligini o’rnatilishini boshlanishi;
1831-1870 yillar. – Kapitalistik ijtimoiy-siyosiy tizimlarni tez tarqalishi, Germaniya va Italiyada milliy davlatlarni shakllanishi, AQSH da fuqarolar urushi (1861-1865 yillarda) natijasida qulchilikni tugatilishi va Qo’shma shtatlarda federal davlatni mustahkamlanishi, ishchilar harakatini keng qamrovli boshlanishi.

(Internatsional, Parij kommunasi), G’arbiy Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida burjua demokratiyasining qaror topishi;


1871-1913 yillar – burjua ijtimoiy-siyosiy tizimini, unga tegishli bo’lgan kapitalistlar va ommaviy partiyalar bilan manfaatlari himoya qilingan yollanma ishchilarning qarama-qarshiligi;
Kapitalizmni imperializmga o’sib o’tishi, dunyoning taqsimlanishini tugallanishi va uni qayta taqsimlash uchun kurashni boshlanishi.
1914-1945 yillar. – Industrial jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimini tushkunlikka uchrashi. Bu ikki jahon urushlari, sotsialistik va milliy-ozodlik inqiloblari, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Sovet ittifoqida totalitar davlatlarni shakllanishi, ijtimoiy ziddiyatlarni keskin kuchayishi;
1946-1975 yillarda industrial ijtimoiy-siyosiy tuzumni tushkunligini keng tarqalishi va chuqurlashuvi, ikki jahon tizimini shakllanishi va qarama-qarshiligi, ikki harbiy bloklar, mustamlakachilik tizimini yemirilishi, uchinchi dunyoni - o’nlab mustaqil davlatlarni paydo bo’lishi, lokal urushlari qatori “sovuq urush”, qurollanish poygasi, yadro urushi xavfini kuchayishi;
Bu davrning tugallanish davri XX asrning 70-yillariga to’g’ri keldi, qachonki jahon tushkunligi va keskin ziddiyatlar sharoitida har ikkala tizimda ijtimoiy-siyosiy tizimning an’analari o’zgara boshladi.
Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush va Buyuk fransuz inqilobi natijasida Yevropa feodal monarxiyalardan “tozalana” boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropaning ko’pgina mamlakatlarida u yoki bu shaklda burjua demokratiyasi qaror topdi.
O’rta Osiyoda bu davrda uch o’zbek xonligi eski feodal tartib-qoidalarni hukmronligi ostida, chuqur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy qoloqlikda qolgan edi. Osiyo, Afrikaning boshqa mamlakatlarida ham feodal tartiblar hukmron edi.
Ijtimoiy kuchlarning yangi joylashuvida ham o’zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy va siyosiy hokimiyatga ega bo’lgan burjuaziya u bilan bog’langan eski oq suyak – zodagonlar, ularga qarama-qarshi yollanma ishchilar, mayda savdogarlar turar edi. Ularning oralig’ida texnik va ijodiy ziyolilar, davlat muassasalari xizmatchilari, harbiylar – o’rta qatlamni tashkil qilar edi. Jamiyatning eng quyisida o’z sinfi, qatlamidan ajralgan unsurlar – Lyunpen proletariat turar edi. Qatlamlar o’rtasidagi nisbat doimo o’zgarib turar edi, ular o’rtasida davriy ravishda fuqarolik urushlari, inqiloblar ko’rinishida qarama-qarshiliklar yuz berar edi (1848-1851 yillar burjua inqiloblari).
O’tgan bosqichda yetakchi bo’lgan diniy urushlar tugadi. Millatlar shakllanishining jadallashuv jarayoni milllatlararo ziddiyatlarni oldinga chiqardi. Milliy davlatlar o’z chegaralarini shakllantirish va kengaytirish uchun Yevropa va jahon miqyosida yetakchilik uchun urushlar olib bordilar. Napoleon urushlari AQSh ning Amerika kontingentida yetakchilik uchun va o’z hududlarini kengaytirish uchun ekspansiyasi, Italiya, Germaniyani birlashtirish uchun kurash, Rossiyaning Yevropa va Osiyoda o’z ta’sirini o’tkazish uchun ekspansiv siyosati, Fransiya-Prussiya urushi, Bolqon urushlari, birinchi va ikkinchi jahon urushlari bu an’ananing ko’rinishidir.
Metropoliyalar orasida, mustamlakachi davlatlar va mustamlakalar o’rtasida qaram mamlakatlar ziddiyatlari kuchaydi. Milliy ozodlik harakatlari (Xitoy, Hindiston, Eron) shafqatsiz bostirildi.
Demokratik tartiblarning qaror topishi yo’nalishida davlat-huquq tuzumini evolyutsiyasi yuz berdi. Bu jarayon asosan ikki shaklda – parlament respublikasi va konstitutsiyaviy monarxiya ko’rinishida bordi. Britaniya, Germaniya, Avstro-Vengriya imperiyalari jahon siyosatida nufuzli o’rinni egalladilar.
AQShda tug’ilgan hokimiyatlarning bo’linishiga asoslangan siyosiy ustqurmaning prezident-parlament shakllarining siyosiy kuchi o’sdi. Vakillik organlarini saylash prinsipi qaror topdi, saylovchilar doirasi kengaydi, kambag’allar, ayollarga saylov huquqi berildi, rivojlangan mamlakatlarda demokratiya prinsiplari joriy qilindi, qonun oldida barchaning tengligi, shaxs huquqi va erkinliklari, prinsiplari qaror topdi.
XX asrning boshlarida eng katta siyosiy voqealar Rossiyadagi Fevral va Oktabr inqiloblari bo’ldi. Bu inqiloblar Rossiyada monarxiyani ag’darib, ulkan mamlakatda bolsheviklar hokimiyatni qo’lga olib, sotsialistik g’oyalarni amalga oshirishiga olib keldi. Bu tuzumning siyosiy asosi sovet hokimiyati bo’ldi. Sovet hokimiyati hokimiyatlarning bo’linishini burjua-demokratik prinsipidan voz kechib bir sinfni (proletariatni kambag’al dehqonlar bilan ittifoqligidagi) diktaturasini e’lon qildi, amalda esa partiya-davlat yuqori tabaqasini hokimiyatga monopoliyasi o’rnatildi.
SSSRda jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi keskin o’zgardi. Burjuaziya va pomeshchiklar sinfi jismoniy yo’q qilindi, uning qoldiqlari emmigratsiya qilindi. Zo’ravonlik bilan kollektivlashtirish, dehqonlarni kolxoz yerlariga biriktirib, uni partiya-davlat byurokratiyasiga qaram qilib qo’ydi. Hunarmandlar kooperativlashtirildi, mayda savdogarlar siqib chiqarildi. O’rta qatlamni tashkil qilgan texnik va ijodiy ziyolilar, o’qituvchi, vrachlar, xizmatchilarning ulkan massasi hokimiyat qaramog’ida qolib, xavfsizlik xizmatini va targ’ibot mashinasini sinchkov nazorati ostida turdi. Bu repressiv kazarma-sotsializm tuzumi, utopist-sotsialistlar, ilmiy kommunizm asoschilari e’lon qilgan sotsialistik g’oyalarni amalga oshirishga hajv edi.
Bu davrning boshqa an’anasi dastlab Italiyada, keyin keng qamrovli shaklda Germaniyada va unga yaqin tuzumda militaristic Yaponiyada, Bolgariya, Portugaliya va Ispaniyada fashizmning qaror topishi bo’ldi.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi to’lqinlarida ommaning ongini egallagan fashizm Germaniyada monopolistik burjuaziyaning irodasini bajarish uchun xizmatkor bo’ldi va uning manfaatlari uchun dunyoni qayta taqsimlash, dunyoga hukmron bo’lish uchun kurash boshladi. Bu tabiiyki, yetakchi davlatlar AQSh, Fransiya, Angliyaning qarshiligiga uchradi. Dastlab ular fashizmni sotsializmga qarshi qo’ymoqchi bo’ldilar, keyinchalik esa German fashizmi dunyoga hukmron bo’lish siyosatini qat’iy olib borgani uchun unga qarshi kurashishga majbur bo’ldilar.
Bir necha lokal urushlardan so’ng, 1939 yil sentabrida ikkinchi jahon urushi boshlandi. Uning dastlabki bosqichida Germaniya butun Yevropaning katta qismini bosib olib, Shimoliy Afrika tomon yo’naldi. Bu urush insoniyat tarixidagi eng katta va qonli urush, million kishilar qurbon qilindi, minglab shahar va qishloqlar, madaniyat yodgorliklari, san’at asarlari yo’q qilindi. Ikkinchi jahon urushi antigitlerchilar koalitsiyasining to’la g’alabasi, Germaniya, Italiya, Yaponiya va ularni ittifoqchilarining mag’lubiyati bilan tugadi
1946 yildan industrial jamiyatning yangi, tugallovchi fazasi boshlandi. Bu fazaning asosiy mazmuni ikki jahon tizimining qarama-qarshiligi va mustamlakachilik tizimining yemirilishi natijasida uchinchi kuchlarning shakllanishi edi.
Dunyo miqyosida va mamlakatlar ichida ijtimoiy-siyosiy kuclarning joylashuvi o’zgardi. Agar o’tgan bosqichda dunyo siyosatining uch markazi fashizm, sotsializm va G’arb demokratiyasi mamlakatlari shakllanib, bir-biri bilan kurashgan bo’lsa, shuningdek, oxirgi ikki markaz birinchisini yo’q qilish uchun birlashgan bo’lsa, endilikda qarama-qarshilik ikki jahon tizimlari – AQSh boshchiligidagi kapitalistik, SSSR boshchilik qilgan sotsialistik dunyo o’rtasida bordi. Yevropaning uncha katta bo’lmagan mamlakatlari Shvetsariya, Shvetsiya, Finlandiya, Avstriya “neytral chiziq”ni tashkil qildilar. Bir-biriga qarama-qarshi turgan harbiy-siyosiy bloklar- NATO va Varshava shartnomasi tashkil topdi.
Qurollanish poygasi, sovuq urush, lokal urushlar va ziddiyatlar, uchinchi jahon yadro urushiga olib kelishi mumkin edi (Shimoliy Koreyadagi urush, Berlin va Karib tushkunliklari). Xalqaro keskinlikni yumshatish uchun bir necha bor urinishlar, tinchlik uchun kuchli harakat yadro urushiga yo’l bermadi, lekin uning xavfi saqlanib qoldi.
Mamlakatlar ichida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat o’zgardi. Burjua-demokratik tuzim zonasi kengaydi. Italiya, GFR, Yaponiyada, ko’pgina ozod bo’lgan mamlakatlarda (Hindiston va boshqalar) demokratik tuzumlar qaror topdi. Yarim fashistik tuzumlar saqlanib qoldi (Portugaliya, Ispaniya, Nikaragua, Paragvay).
Stalin vafotidan so’ng sotsialistik mamlakatlarda partiya-davlat diktaturasining rejimi yumshadi, ommaviy repressiyalar tugadi (faqat Xitoyda “katta sakrash” siyosati va “madaniy inqilob”davridan tashqari). J. Gelbreyd va boshqa olimlar ikki jahon tizimlarini yaqinlashuvining o’sib borayotgan an’anasini ko’rsatdilar, har ikki tomonning mafkurasi esa bu an’anani o’jarlik bilan inkor qildi.
Jamiyat piramidasining “to’rtinchi qavat”i dinamikasida sivilizatsiyani yuqori va uzoq muddatli sikllar bilan bir qatorda Kondratyev sikllariga o’xshash uzoq muddatli va qisman ular bilan mos tushadigan uzoq muddatli sikllarni ajratish mumkin. Ulardan so’ngisi ikki aralash sivilizatsiyalar o’rtasida o’tish xususiyatiga ega. Har bir o’rta muddatli sikllarda yetakchi ijtimoiy-siyosiy uklad (texnologik va iqtisodiy ukladlar bilan o’xshash) ko’rinadi. Piramidaning birinchi qavatida bir xillik bo’lmasada, ko’p ukladlilik kuzatiladi, lekin ukladlar o’rtasida kuchlar nisbati o’zgaradi.
Amerikalik olimlar qisqaroq, o’rta muddatli siyosiy sikllarni ajratadilar. XIX asr oxirida Adams 12 yil davriylik bilan AQSh siyosiy hayoti mayatnigining tebranishini ko’rsatdi. Artur Shlezinger (katta) 1949-yil o’z ichida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingandan so’ng siyosiy kursning o’zgarishlarining o’n bir sikllarini ajratdi. Ulardan oltitasi demokratiyaning kuchayishi, beshtasi esa uni to’xtatib turishdir. U ikki harakatsiz nuqtalar oralig’ida tebranadigan mayatnik g’oyasini inkor qildi. Sikl millatni orqaga qaytarmaydi.
A.M.Shlezinger (kichik) sikllarni uzunligi asosiga bir avlodning siyosiy hayotini qo’ydi, qaysiki, har o’n besh yilda pozitsiyalar almashinuvi bilan o’ttiz yil atrofida cho’ziladi.
Shunday tarzda, ijtimoiy-siyosiy sohada texnologik va iqtisodiy sikllar bilan o’zaro aloqadagi turli uzunlikdagi sikllarni ko’rish mumkin.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish