O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Bozor boshqaruvi mexanizmini shakllanishi



Download 1,75 Mb.
bet64/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Bozor boshqaruvi mexanizmini shakllanishi. Bozor asosan o’zini-o’zi boshaqarish, davriy yuz beradigan tushkunliklarni bartaraf qilish, muntazam buziladigan proporsiyalarni o’zini-o’zi qayta tiklashga qaratilgan. Oddiy va kengaytirilgan takror ushlab-chiqarishni ta’minlaydigan muntazam o’sib boradigan iqtisodiy genotipni saqlash, bozorni qimmati shundadir.
Bozor iqtisodiyotining bosh regulyatori bo’lib, baho xizmat qiladi. U bir necha funksiyalarni bajaradi. Eng avvalo – mikro darajada (alohida mahsulot ishlab-chiqaruvchilar uchun), shuningdek, hududlar, milliy xo’jaliklar, xalqaro ayirboshlash darajasida tovar ishlab-chiqarishni samaradorligini yalpi o’lchovchisi funksiyasini bajaradi. Ana shu asosda bahoni rag’batlantiruvchi funksiya qurilgan. U arzon va sifatli mahsulot ishlab-chiqaruvchilarga yuqori foyda va bozorda o’z ulushini ko’paytirishga imkoniyat beradi. Baho – sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi murosaga kelish mevasi, xaridorlar uchun iqtisodiy musobaqada eng kuchlilarini sun’iy tanlab olishning qudratli qurolidir. Baho kapitalni jamg’arishga, takror ishlab-chiqarishni ta’minlashga, innovatsiyalarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tuzilmasida progressiv siljishlarga yordam berdi.
Bahoning bu funksiyasi so’nggi bir yarim ming yillikda bozorning turli bosqichlarda har xil amalga oshdi. Qachonlardir yagona Rim imperiyasi chegaralarida rivojlangan bozorni yopiq kam rivojlangan ko’pgina bozorlarga bo’linib ketishi turli lokal va hududiy bozorlarda bir xil tovarlarga stixiyali belgilangan ko’p baholarga olib keldi. Tasodifiy omillar baholar dinamikasi, nisbati va darajalariga ta’sir qildi. Vizantyia, O’rta Osiyo, Xitoy, Hindistonda baholarni shakllanish mexanizmini eski bosqichida yuzaga kelgan ko’rinishlari saqlanib qoldi va rivojlandi. Ayirboshlashni ko’payishi lokal va hududiy bozorlarning chegaralarini kengayishi, keng hajmlarda qiymatni va bahoni o’rtacha bo’lishi eng avvalo yirik shaharlar – hunar-savdo markazlarida, shakllanayotgan feodal davlatlarda yuz berdi. Bu yerda turli xil mahsulotlarga aniq, tebranadigan bo’lsada baholar darajasi shakllandi. O’rta asr shaharlari, ularning bozorlari, do’konlar, keyin yarmarkalar bahoni o’z-o’zini boshqarish markazlari bo’lib xizmat qiladi.
Baholarni o’z-o’zini boshqarish tartibsiz, davlatning zaif ta’siri ostida, lekin tabiiy-geografik omil, tabiiy monopoliyalarni sezilarli ta’siri ostida bordi. Narxlar nafaqat shahar uchun normal bo’lgan chiqimlarni qopladilar, shu bilan birga tovar turli guruhlari, savdo markazlari uchun tovar ishlab-chiqaruvchilar uchun sarf-chiqimlarni qoplash, zaruriy xomashyo va soliqlarni, tovarlarni vositasi pul mablag’larni topish bo’lsa, savdogar uchun esa foyda olish maqsadida tovarlarni uzoq shahar, hududlarga hayotini xavf ostiga qo’yib savdo ishlarini amalga oshirdilar va iqtisodiyotini tikladilar. Turli mamlakatlar hududlarida narxlar darajasini, savdo foydasining har xilligi, tovarlarni harakatlanishiga, uning sifatining yaxshilanishiga va chiqimlarning kamayishiga imkoniyat yaratdi.
Keyingi bosqichda, erkin konkurensiya davrida qiymat va baholarni shakllanishini hududiy chegaralari ancha kengaydi. Jahon savdosining markazlarida (Venetsiya, Genuya, Bryugge, Antverpen, Lion, London, Parij, Gamburg, Leypsig, Moskva, Buxoro, Samarqand va boshqa Sharq shaharlarida) tovar birjalarida asosiy tovarlarga narxlar aniqlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar Amerika, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlarida baholarning tenglashuvi jarayoni bordi.
Dastlab hududlar, mamlakatlar yoki jahon bozori miqyosida tovar guruhlarini takror ishlab-chiqarish shart-sharoitlarini aks ettiradigan qiymat tipidagi baholar ustivor bo’ldi. Lekin kapitalning, sanoatning asosiy sohalarida qaror topishi, uni yanada yuqori foyda normasi uchun sohadan-sohaga erkin quyilishi asta-sekin ishlab-chiqarishni bahosini shakllanishiga olib keldi. Bu turli sohalar bo’yicha kapitalni qo’llash kengliklarida qiymatni o’rtacha qildi.
Davlat hokimiyati qudratli monopoliyalarga ichki va tashqi bozorda raqobat kurashida yordam berdi. Fermerlar, kam ta’minlanganlar qatlamlariga ijtimoiy yordam ijtimoiy ziddiyatlarni yumashatdi va foydali iqtisodiy tartiblarni umrini uzaytirishga imkoniyat yaratdi.
Davlat monopolistik baholarni shakllantirish va metodik inflyatsiyani nazariy asoslashni XX asrda mashhur ingliz iqtisodchisi lord Jorj Meynard Keyns berdi. U iqtisodiy tushkunliklar oqibatlarini yumshatish va ogohlantirishning quroli deb defitsit moliyalashtirish (o’sib borayotgan soliqlar va byudjet taqchilligi hisobidan) ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslik uchun sinayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni e’lon qildi. Narxlarni o’sishi u ish haqini bevosita pasaytirishdan ko’ra ishchilardan daromadni bir qismini tortib olishning yaxshi metodi deb ko’rsatdi.
Davlat – monopolistik bahoni shakllantirish baholarni qiymatdan ajratdi, iqtisodiyot tuzilmasini soxtalashtirishning kuchli omiliga aylandi. Makroiqtisodiy tuzilmada va mahsulotlar turidagi siljishlar, turli xil tovar va xizmatlar samaradorligini innovatsiyalar loyiha yechimlarini haqiqiy qiymatini aniqlash amalda mumkin emas edi. Bu kvazi-bozor industrial jamiyatning iqtisodiy tizimini keksayishining bir ko’rinishi edi. Bunday iqtisodiy tartib halokatga mahkum edi. XX asrning so’ngi choragida raqobatli bozor iqtisodiyotini qayta tug’ilishi belgilari ko’rindi.
Bozor jarayonlariga davlat aralashuvining boshqa ko’rinishi rejali bahoni shakllantirish edi. Sovet davlatini baholarni shakllanish jarayoniga aralashuvi 1918 yilda e’lon qilindi, Xalq xo’jaligi Oliy kengashini Baholar qo’mitasi tuzildi. Bu urushda vayron bo’lgan xalq xo’jaligini yemirilishi, narx-navoni jadal o’sishini to’xtatishga urinish edi. Harbiy kommunizm yillarida davlat boshqarmalari tomonidan sanoat mahsulotlari va dehqon xo’jaliklari mahsulotlarini anchagina qismini tortib olinishi va qayta taqsimlanishi natijasida baholarni bunday boshqaruv o’z ahamiyatini yo’qotdi, chayqov bozorida inflyatsiya jarayonlari kuchaydi. Lekin yangi iqtisodiy siyosat yillarida baholarni davlat tomonidan boshqaruvi yana yo’lga qo’yildi, lekin bozor munosabatlariga moslashtirildi. Bozorni buzishga qaratilgan, iqtisodiy jarayonlar ustidan yoppasiga zo’ravonlik, partiya-davlat apparatining bozor mexanizmi va o’zgarishlarga aralashuvi bozor munosabatlarini buzilishiga olib keldi.
Ishchi kuchi, tabiiy resurslar tovar almashuvi sohasidan chiqarildi deb e’lon qilindi. Amalda bu ishchi kuchini takror ishlab-chiqarishning qiymatini aks ettirmaydigan ish haqini o’ta past darajasini belgilashga, ishchi, xizmatchi, kolxozchilarning sezilarli qismi uchun kolxozlarda ishlab berishni rentasini o’ziga xos shakllari, ularni qayta ishlab-chiqarish va himoya qilish sarf-xarajatlarini qoplamasdan tabiiy resurslardan vahshiylarcha foydalanishga olib keldi. Ichki narxlar jahon narxlaridan ajratib qo’yildi, bu jahon bozorlarini progressiv an’analari ta’sirini amalda yo’q qildi.
Albatta rejali baholarni shakllantirish tushkunlik vaziyatlarida (misol uchun urushlar davrida, 1929-1933 yillarda, 70-yilardagi jahon tushkunligi davrida) ba’zi ijobiy xususiyatlarga ega edi. U narxlarni keskin o’sishini ushlab turishga, aholini katta qismini kartochka tizimi vaqtida mo’tadil narxlarda ta’minotini tashkil qilishga yordam berdi. Bu narxlarni qiymatdan haddan tashqari uzoqlashib ketishini yo’qotish uchun narxlarni islohatlari davriy o’tkazilib turdi.
Davlat – monopolistik tizimi va rejali bahoni tashkillashtirish o’z umrini o’tab bo’ldi. Lekin bu baholarni davlat boshqaruvidan butunlay voz kechishi emas. U yumshoqroq shaklda amalga oshirildi va sog’lom bozor iqtisopdiyotiga to’sqinlik qilishi mumkin emas, bir vaqtni o’zida uni monopolistik aralashuvdan asrashi lozim.
Bozorni o’z-o’zini boshqaruvi bilan bir qatorda bozorni davlat boshqaruvini ixcham mexanizmi ishlab chiqildi, qaysiki u sivilizatsiyalarning almashinuvini turli bosqichlarida va rivojlanishida transformatsiyalarga uchradi.
Feodal huquqiy o’zboshimchalik uzoq saqlanib qoldi. Lekin bozor qoidalariga javob beradigan huquqiy normalar tizimi iqtisodiy faoliyat sohasiga tegishli bo’lgan ko’p sonli huquqiy aktlarda o’z aksini topdi. Burjua demokratik jamiyatga mos iqtisodiyotga xos huquqiy normalar tizimi XIX asr boshlaridagina shakllandi. Xalqaro ayirboshlash va iqtisodiy integratsiya xalqaro xususiy huquq, huquqiy normalar tizimini paydo bo’lishiga olib keldi. Bunday tizimlar BMT, uning muassasalari, xalqaro integratsiya ittifoqlari va iqtisodiy tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Bozor davlat boshqaruvini boshqa yo’nalishi kuchli soliq va byudjet-moliya mexanizmini rivojlanishi bo’ldi. Davlatni eng muhim funksiyalaridan biri iqtisodiy hayotni yaqin yoki masofadan nazorat qilishdir.
Davlat hokimiyati pul zarb qilish yoki uni soxtalashtirishni unga majburiy kursni belgilash vositasi bilan, turli to’g’ri va bevoita soliq va bojlarni joriy qilish bilan iqtisodiy hayotga ta’sir o’tkazishga urindi. Lekin tez orada daromadni bu ananaviy metodlari davlat uchun yetarli bo’lmay qoldi. Tez orada yangi usul muomala sohasidan daromadlarni ajratib olish – davlat qarzi kashf qilindi. Davlat boylarni qimmatbaho qarzlarini olishga majbur qildi, muomalaga o’ziga xos davlat veksellarini chiqardi. Veksel egasining belgilangan foizlarni tizimli ravishda olish huquqi kafolatlanar edi va nihoyada zayomni qaytarishi mumkin edi. Bu Angliyada muntazam amalga oshirildi. Davlat zayomlarini chiqarish bo’yicha va moliya ustidan nazoratni o’rnatilishini shakllanishini tarixchilar moliya inqilobi deb atadilar. Bu inqilob yuz yilga yaqin (1688-1756 yillar) davom etdi. Bu tajribani boshqa moliyaviy qiyinchilikni boshdan kechirgan burjua mamlakatlari ham o’zlashtirib oldilar.
Moliyaviy halokat davlat byudjetiga aks etdi. Davriy ravishda xarajatlar daromadlardan oshib ketishi yangi soliqlar, zayomlar, bojlarni o’ylab chiqarishni, mansablarni sotish, qirol otkupini joriy qilishga majbur qilar edi.
Vaqti-vaqti bilan davlat xarajatlarini og’irligi davlat moliya tizimining tushkunligi sabablaridan biri bo’lib xizmat qildi va davlatni iqtisodiy hayotga aralashuvini kamayishiga olib keldi. Bu tushkunlik ayniqsa sotsialistik mamlakatlarda yaqqol ko’rindi. Bu mamlakatlarda davlat daromadlarini amalda cheklanmagan taqsimotchisi funksiyasini bajardi. Davlat investitsiyani asosiy massasini moliyalovchi, ijtimoiy sohani saqlovchi va ta’minlovchi, harbiy xarajatlarni o’z zimmasiga oluvchi bo’ldi. Bu bir tomondan tadbirkorlik tashabbusini yo’qqa chiqardi, resurslarni iqtisod qilish va xo’jalik fapoliyatidan manfaatdorlikni cheklab qo’ydi, chunki buning natijalari baribir moliya tashkilotlari tomonidan tortib olinar edi. Boshqa tomondan foyda keltirmaydigan korxona, kolxoz va boshqa tashkilotlar soni oshib bordi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish