O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Jamiyat ijtimoiy stratifikatsiyasining evolyutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet67/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Jamiyat ijtimoiy stratifikatsiyasining evolyutsiyasi. O’rta asr jamiyati antik sivilizatsiyadan murakkab ijtimoiy tuzilmani meros qilib oldi. Qaysiki u modifikatsiya qilindi, feodal jamiyatga mos ijtimoiy guruhlar bilan boyitildi.
Feodal jamiyatni ijtimoiy pog’onasining eng yuqorisida feodallar sinfi – yer egalari, oliy ruhoniylar, harbiy boshliqlar u yoki bu darajada imperator, sulton, xon, qirolga bo’ysunganlar turar edi. Ular doimiy ravishda urushlar, soliqlar yig’ish, o’zaro urushlar bilan band edilar.
Ularga qarama-qarshi tomonda o’zining tirikchiligi va feodalga pul va mahsulot hisobida bir qism hosilni beradigan chek yerga ega bo’lgan qaram dehqonlar turar edi. Qaram dehqon xo’jayin tomonidan sotilishi, askarlikka berilishi va jazolanishi mumkin edi.
Shaharlarda boy savdogar-hunarmandlar, sex oqsoqollari, sudyalar, sutxo’rchi-bankirlar, amaldorlar, kambag’al hunarmandlar, xizmatkorlar , xalfalar, mayda savdogarlar, qullar yashar edi. O’rta asrlar oxirida shaharlarda burjua jamiyatining sinflari tadbirkor-kapitalistlar va yollanma ishchilar shakllana boshladi.
XVI-XIX asrlarda burjua ijtimoiy-siyosiy tizimini shakllanishi va keng tarqalishi jamiyat tuzilmasida tub siljishlarga olib keldi. Ijtimoiy pog’onaning cho’qqisida o’z tarkibiga ko’ra bir xil bo’lmagan kapitalistlar sinfi turardi. Uning asosida savdo va tadbirkorlik orqali katta jamg’arma to’plagan va uni manufaktura-fabrika, qishloq xo’jaligi va qurilish kompaniyalariga qo’ygan savdo-moliya kapitalistlari turadi.
Katta yer egalari uzoq vaqt o’z mavqelarini saqlab turdilar, lekin asta-sekin ular qo’shimcha qiymatning bir qismini o’zlashtirib olib, tadbirkorlik bilan shug’ullandilar va burjua sinfiga transformatsiya qildilar.
O’z ishchi kuchini sotib yashaydigan ishchilar sinfi ham bir xil emas edi. Yuqori malakali ishchilar, kasaba uyushmalari rahbarlari uncha katta bo’lmagan qatlam edi. Ishchilarning asosiy qismi shafqatsiz ezilardi. Yarim proletariat va mavsumiy ishchilar bir qism yerga ega bo’lib, ozgina ish haqi olar edilar. Lyumpen proletariat tasodifiy ish haqi, o’g’rilik, qashshoqlik bilan yashardilar.
Dehqonlarning ham qiyofasi o’zgardi. Uning tarkibidan bevosita ishlab chiqarishga ishtirok etishdan ajralmagan qishloqlarning burjuaziyasi ajralib chiqdi. O’rtahol dehqonlar o’z ehtiyojlarini o’z shaxsiy xo’jaliklaridan qondirib yashar edilar. Ulardan tashqari ozgina yerga ega bo’lgan qashshoq dehqonlar, batraklar, qishloq hunarmandlar, yersiz dehqonlar qishloqda ko’pchilikni tashkil qiladi.
Shahar mayda burjuaziyasini ancha katta qatlami: mayda savdogarlar, maishiy xizmat ko’rsatish do’konlari, sartaroshxona, oshxona, restoran, ustaxona egalari shakllandi. Ular tovar va xizmatlarni sotish hisobidan yashab turli soliq va majburiyatlarni o’tar edilar.
Industrial jamiyatda ziyolilarning o’sib borayotgan qatlami shakllandi: ilmiy-texnik (olim, injenerlar, texniklar, agronomlar), ijodiy-badiiy: (rassom, artist, musiqachi, yozuvchi va boshqalar), iqtisodiy (menejerlar, boshqaruvchilar). Ularning sezilarli qismi industrial mashinani ziyoli bo’g’ini “oq yoqalilar” sifatida chiqib o’z malakali ish kuchini sotish hisobiga yashar edilar; qisman gonorar, medsenatlar hisobidan yashovchi erkin mehnat kishilari.
Byukrokratik davlat mashinasiga xizmat qiladigan buning uchun ish haqqi oladigan va ishdan ketgandan keyin – nafaqa oladigan amaldorlar qatlamini alohida ko’rsatish lozim.
Anchagina katta ijtimoiy qatlamni harbiy xizmatchilar tashkil etdi. Eng avvalo jamiyatda alohida o’rinni egallagan ko’p sonli zobit va generallar asosan zodagon va burjuaziya ichidan tanlab olinar, ular hukmron tabaqani tayanchi edilar. Vaqti-vaqti bilan ular ochiq harbiy diktaturani o’rnatar edilar.
Industrial jamiyatda diniy farqlar saqlanib qoldi, lekin o’tmish ahamiyatini yo’qotdilar. Lekin milliy-etnik mansublikni ayniqsa, milliy davlatlarni shakllanish davrlarida Yevropada XVIII-XIX asrlarda va XX asrda milliy-ozodlik harakatini kuchayishi davrlarida roli kuchaydi.
Sotsialistik variantda, so’ngi industrial jamiyatda ijtimoiy stratifikatsiya tubdan o’zgardi. Pomeshiklar, burjuaziya, quloqlar, ruhoniylar nafaqat iqtisodiy, huquqiy, balki jismoniy yo’q qilindi. Ishchilar sinfi gegemon deb e’lon qilindi, lekin davlat – byurokratik apparat tomonidan espluatatsiya qilinadigan sinfga aylandi. Dehqonlar majburiy jamoalashturush natijasida yerdan ajralib kolxoz dalalarida ozgina ish haqi hisobiga ishlashga majbur bo’ldilar. Tomorqa xo’jaligi ham ozgina daromad berar, uning uchun soliq to’lanar edi. “Ziyolilar” qatlami injenerlar, loyihachilar, fan, ta’lim, ma’daniyat xodimlari hisobiga miqdoriy o’sdi, lekin “shubha’ ostida turgan huquqsiz ijtimoiy qatlam kam bo’lib qoldi. Ijtimoiy piramidaning cho’qqisida esa yangi humkron sinf paydo bo’ldi. Bu sinfga partiya-davlat xodimlari, armiya generaliteti, xavfsizlik xizmati xodimlari kirar edi. Aynan shu sinf amalda “umumxalq” va shirkat mulkiga xo’jayinlik qildi, qo’shimcha qiymatni o’zlashtirib oldi, jamiyatga rahbarlik qildi, norozilik va o’zgacha fikrlashni shavqatsiz bostirdi. Jamiyatning boshqa qatlamlari teng va huquqsiz edilar. Milliy farqlar nazarga ilinmadi, milliy urf-odatlar, an’analar taqib ostiga olindi. Respublikalar o’rtasida chegaralar hukmron elita tomonidan qayta-qayta o’zgartirilib, ko’plab xalqlar jazolandi, kelajakda milliy va etnik guruhlar o’rtasida ixtiloflarda urug’ tashlandi.
Feodal-kapitalistik jamiyatlarda siyosiy hayot, davlat va huquq o’rta asrlar jamiyatida ichki va tashqi siyosat amir, sulton, xon, qirol (imperator) yirik feodallarning, ularning yaqinlari, vazirlarning asosiy mashg’uloti edi. Xalq ommasi noroziligi qo’zg’olon va xalq harakatlari shaklida siyosiy kurash shaklini oldi. Вu harakatlar soliq va majburiyatlarni oshib ketishi ijtimoiy zulmga qarshi norozilik edi.
Siyosiy partiyalar ijtimoiy qatlam guruhlarni manfaatining himoyachisi sifatida burjua jamiyatida paydo bo’ldi.
Angliyada 1215 yilda Erkinliklarning buyuk xartiyasi qabul qilindi, toifalar vakillik organlari; Angliya parlamenti (1265 y), fransiyada General shtatlar (1302 y), German knyazliklarida lantaglar (XIII asr oxiri) yuzaga keldi. Birinchi haqiqiy siyosiy partiyalar Angliyadagi tori va viglar partiyalari edi. Lekin siyosiy partiyalar industrial jamiyat qaror topishi bilan o’z o’rnini topdi. XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada har bir sinf o’z partiyasiga ega edi. Asosan bular parlament partiyalari edi. XIX asr o’rtalarida ezilgan sinflarni manfaatlarini himoya qiladigan, mavjud tuzumni ag’darib, yangi jamiyatni qurishga ahd qilgan yangi tipdagi partiyalar paydo bo’ldi. Bu blankistlar, kommunistlar ittifoqi, internatsional anarxistlar edi.XIX asr oxirida ko’pgina Yevropa mamlakatlarida sotsial-demokratik partiyalar paydo bo’ldi. Rossiyаdagi inqiloblar vaqtida sotsial-demokratlar (bolsheviklar, mensheviklar), eserlar, kadetlar, oktyabristlar faoliyat ko’rsatdilar. Qaram Turkiston o’lkasida ham sotsial-demokratlar partiyasining bo’limlari rusiy zabon aholi ichida tashkil topdi. Bolsheviklar partiyasi hokimiyatni egallab olib, davlat apparatini, sovetlarni, kasaba uyushmalarini, yoshlar harakatini to’la o’ziga bo’ysundirdi. Siyosiy hayotni bunday cheksiz monopollashtirish, industrial jamiyatni so’nishi uchun xos xususiyat edi va halokat bilan tugashi aniq edi. Shu bilan birga saylovchilar yirik burjua va sotsial-demokratik partiyalarga ishonchni yo’qotdilar. Qator G’arb davlatlarida ukki partiyali tizim saqlanib qoldi. (AQSH, Angliya) Sharq dunyosida davlat shaxs ustidan ananaviy cheklanmagan hukmronlikka ega edi. Yevropa tarixida o’rta asr davlati taraqqiyotida uch bosqichni ajratish mumkin: ilk feodal davlatni paydo bo’lishi va shakllanishi, davlat feodal tarqoqlik holati markazlashgan davlatni shakllanishi, ilk o’rta asrlarda qirollik harbiy demokratiya prinsipida shakllandi. Harbiy boshliqning kuchli hokimiyati ko’ngillilar qo’shini va bir qism shaxsiy qismga asoslangan edi.
Asta-sekin oliy hukmdorning (podsho, sulton, qirol, imperator) funksiyasi kengaydi, u endi muntazam qo’shin, davlat apparati, huquq normalariga asoslanar edi. U yerlarning oliy egasi, feodal rentani oluvchiga aylandi. Hukmdorning qo’lida harbiy, sud, siyosiy-ma’muriy hokimiyat to’plandi. Qirol yoki podsho ilk o’rta asrlar oxirida eng katta feodal yer-mulk egasiga aylandi.
Sharq mamlakatlarida markazlashgan feodal jamiyati ancha erta paydo bo’ldi. IX asrdan O’rta Osiyoda (Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar), Xitoy, Hindiston, Mongoliyada qudratli feodal davlatlari shakllandi.
Kuchli davlat hokimiyatini shakllanishida din alohida rol o’ynaydi. Davlat hokimiyati markazlashuv an’anasini qo’llab-quvvatlash uchun diniy tashkilotdan foydalandi. Cherkov siyosiy kuchga aylandi.
Feodal tarqoqlik davrida markazlashgan davlatlar parchalandi yoki ular nominal hokimiyatni saqlab qoldilar, markazdan qochuvchi kuchlar ustuvor bo’ldilar. Yer-mulk, taxt uchun qonli kurashlar kuchaydi.
XIV-XVI asrlarda Sharq va G’arbda kuchli feodal davlatlarni paydo bo’lish an’anasi kuchaydi. Sharqda Usmoniylar imperiyasi, Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar qudratli davlatlar vujudga keldi. Bu ilk feodal markazlashgan davlat bo’lmay, feodal jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangi o’zgarishlar asosidagi olg’a siljish edi.
Bu davrda Yevropada tarbiyaviy monarxiya davlat hokimiyatining yetakchi shakli edi. Har bir toifa vakillik organiga (parlament, general, shtatlar, zamstva sobori) o’z delekatlarini muhim siyosiy masalalarini muhokama qilish uchun yuborar edi, bu organ ba’zida hukmdorni taxtdan tushirar yoki saylar edi.
Feodal suverinetetiga qarshi turgan mustaqil kuchli davlat apparati shakllandi, hukmdorga bo’ysungan qo’shin tashkil topdi. Millatni suveriniteti, huquq manbasi sifatida qirol hukumatida nufuzli o’rinni egalladi. Taxt vorisligi muammosi hal qilindi. Bu masalada qat’iy tartib-qoida o’rnatildi. Sharq mamlakatlarida esa taxt vorisligi muammosi qonli kechdi. Bu ko’p hollarda markaziy hokimiyatni zaiflashtirdi.
Feodal yer mulkini vorisligida mayorat tartibi joriy qilindi. Mulk maydalashib ketmasligi uchun katta o’g’ilga qoldiriladigan bo’ldi. Feodalning qaram dehqonga nisbatan suiste’moli cheklandi. Erkin shaharlarni imtiyozlari tugatildi. Bu ma’lum darajada feodal tarqoqligini bir muncha chekladi, yetuk feodal jamiyatini bozor munosabatlarini tartibga solishga va kelgusi burjua jamiyatini unsurlarini shakllantirishga shart-sharoit yaratdi.
Yevropaning hamma mamlakatalarida ham toifali monarxiya shakllanmadi. Italiyada kuchli shahar, davlatlar Venetsiya, Genuya, Florensiya o’rtasida kurash boshlandi. Qator Sharq mamlakatlarida kuchli podsho hukumati shakllandi (O’rta Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar, Hindistonda Boburiylar, Old Osiyoda Usmoniylar, Eronda Savafiylar). Lekin bu mamlakatlarda siyosiy dualism va toifaviy vakillik organlari shakllanmadi. Natijada bu imperiyalar asta-sekin feodal, o’zaro urushlar girdobiga tushib qolib, oqibatda davlatlar halokatga uchradi.
Davlatchilikni keyingi bosqichi Yevropada ko’pgina mamlakatlarda mutloq monarxiyalarni XV asr oxirida shakllanishiga olib keldi. Bunda yirik milliy davlatlarni tashkil topishi yordam berdi. Fransiya, Angliya, Ispaniya, Rech Posnalitaya, Moskva davlati markazlashgan monarxik hokimiyatni kuchayishi, vakillik toifaviy organlarning ahamiyatini kuchayishi bunga yordam berdi. Amerikani ochilishidan so’ng va uni katta qismini mustamlaka qilinishi natijasida Ispaniya eng katta jahon imperiyasiga aylandi. Uning hududi g’arbiy Yevropani va Amerikani katta qismi qamrab olgan edi. Germaniya va Italiya tarqoq davlatlar bo’lib qolaverdi.
Lekin siyosiy kuchlarning tengligi uzoq davom etmadi.
XVII asrda (Niderlandiyada XVI asrning ikkinvhi yarmidan) absolyutizmning tushkunligi boshlandi. Kuchga to’lib borayotgan burjuaziya siyosiy maydonida o’ziga tegishli o’rinni talab qila boshladi. Inglizlar va fransuz burjua inqiloblari absolyutizmga kuchli zarba berdi. Qirollardan o’lim jazosiga tortiladilar, zodagon feodallarning sezilarli qismi jismonan yo’q qilindi. Inqilob natijasida hokimiyatga kelgan Napaleon mutloq hokimiyatni qator belgilarni qayta tikladi, bu g’alaba qilgan burjuaziyaning diktaturasini shakli edi.
Fransiya burbonlarni restavratsiyasi, Rossiyada podshoni mutloq hokimiyatini saqlashga urinish, uni liberal islohotlar bilan yumshatish yangi siyosiy tuzum burjua demokratiyasini qaror topishiga to’sqinlik qila olmadi. AQShdagi prezidentlik respublikasi, Angliyada konstitutsiyali monarxiya uning yaqqol ko’rinishi edi. Burjua demokratiyasi asosida barcha fuqarolarni teng huquqli va erkinligini tan olish, alohida guruhlar uchun feodal toifaviy, kasta va boshqa cheklashlarni bartaraf qilish, shaxsiy va mulkiy huquqlarni huquqiy himoya qilish, irqiy, milliy, diniy belgilarga ko’ra kamsitishlarni tugatish, ma’lum bir belgilangan yoshga yetgan fuqarolarga markaziy, mahhalliy va munisipial organlarga saylash va saylanish huquqini berish yotar edi. Erkin bozor raqobati siyosiy raqobat erkinligi bilan to’ldirilgan edi. Burjua demokratiyasining asosiy va muhim prinsipi hokimiyatlar-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatilariga bo’ysunishi edi. Bu hokimiyatni monopoliya qilish va diktaturasini o’rnatilishiga yo’l qo’ymas edi. Albatta turli mamlakatlarda burjua demoktariyasining bu asosiy prinsiplari ijtimoiy-siyosiy kuchlarini nisbatidagi o’zgarishlarni aks ettirgan holda keskin siyosiy kurash natijasida o’zgardi. Lekin bu industrial sivilizatsiyalarning yetuklik bosqichida erishilgan siyosiy revolyutsiyaning cho’qqisi edi. Kapitalizm taraqqiyotining monopolistik, keyin esa davlat monopolistik bosqichlariga o’tish hokimiyatni yirik burjuaziya qo’lida to’planishiga olib keldi. Burjua demokratiyasining asoslarini cheklanishi, umummilliy tushkunliklar sharoitida qator inqiloblarga ochiq diktaturalarni o’rnatilishiga olib keldi. Bu totalitar davlatlarni - Germaniya, Italiyada fashizmni SSSRda keyin esa boshqa sotsialistik mamlakatlarda, hamda lotin Amerikasi, Osiyo, Afrikaning qator ozod bo’lgan mamlakatlarida avtoritar – repressiv tuzumni qaror topishida yaqqol ko’rindi.
Inson totalitar-siyosiy tizimda ulkan hamma narsani yutib yuboradigan davlat byurokratik mashinani vintchasiga aylantirildi. Totalitar davlat hokimiyatlarni taqsimlash prinsipini chetga uloqtirdi. Hokimiyat to’laligicha hukmron tabaqani qo’lida to’plandi, davlat boshqaruvini markazlashuvi va mamlakatni militarizatsiyalashuvi o’ta haddan oshib ketdi. Huquqiy suiste’mol keng avj oldi. Repressiyalar keng qo’llanildi. G’arb mamlakatlarida, industrial sivilizatsiyaning so’nish davrida hukmron tabaqa tomonidan hokimiyatni hukmron elita tomonidan monopollashtirish, militarilizmni kuchayishi, fuqarolarni huquq va erkinliklarini cheklanishi kuzatildi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish