Beshinchi uzoq muddatli sikl urushdan keyingi davrda (50-60 yillarning cho’qqisi) rivojlandi va amaliy xarakterga ega bo’lib, fundamental to’ntarish vaqtida o’zlashtirilgan zaxirani o’zlashtirishga qulay imkoniyat bo’ldi. Ilmiy texnika inqilobi ishlab chiqarishning fan hajmi darajasini o’stirishga yordam berdi. Texnikaning qator yangi yo’nalishlari (atom energetikasi, kosmonavtika, sintetik qatron, gerbitsidlar va boshqalarni ishlab chiqarish) yaratishga olib keldi. Fan davlatning birinchi ahamiyat beradigan ustivor yo’nalishi bo’ldi. Ilmiy tadqiqotlarga xarajatlar va innovatsiyalar jadal suratlar bilan o’sdi, shuningdek olimlar soni ham keskin ko’paydi. Lekin XX asrning 60-yillari oxiridagi ilmiy to’ntarish energiyasi asosan tugab borayotgani yaqqol ko’rindi. Yangi kashfiyotlar va ixtirolar qo’shimcha bo’lib xususiy xarakterga ega edi. Fanning yalpi tushkunligi shart-sharoitlari yetilib kela boshladi. Bu keyingi o’n yilliklarda to’la hajmda ko’rindi.
Atom tadqiqotiga ustivor ahamiyat berildi, bu qator yangi element zarralarni kashf etilishiga tezlashtiruvchi – sinxrofazotronlarning yaratilishiga olib keldi va harbiy ishda atom va vodorod qurolini yaratish asosida inqilobni amalga oshirdi. Keyinchalik energetikada atom elektr stansiyalarning jadal qurilishi boshlandi.
Fizikaning yangi yo’nalishi kvant elektronikasi paydo bo’lib, lazer texnikasining yordami bilan energiyani o’zlashtirish va foydalanishga sifat jihatdan yangi turini o’zlashtirish uchun yangi nazariy poydevor yaratdi. Radio-elektronika va kibernetikaning yutug’i sifatida elektron hisoblash mashinalarini, yangi avtomatlashtirish va axborotni qayta ishlashni ko’rsatish mumkin.
Kosmosni o’zlashtirish tabiiy fanlarning sintezi jarayonini sifat jihatdan yangi darajasida o’z ifodasini topdi. Texnikaning yangi sohalari: kosmik matematika, kosmonavtika va boshqa materialshunoslik, yoki metallurgiya, optika va raketa texnikasi, kosmik biologiya, meditsina, astronomiya, geologiya va boshqalar paydo bo’ldi.
Kimyo minerallar, metallar, qotishmalar kimyosi umumiy nazariyasi jadal suratlarda rivojlandi. Katalizatorlarni keng qo’llash boshlandi. Polimerlar, sintetik tolalarni ishlab chiqarish uchun yangi buyumlar sintezlashtirildi. Oldindan belgilangan xossalar bilan sintetik buyumlarni sun’iy o’g’it, gerbitsid, pestidsidlarni yaratilishi qishloq xo’jaligida “Yashil inqilob”ni unsurlaridan biri bo’ldi va xo’jalikni kimyoviylashtirishni shiddatli rivojlanishiga olib keldi.
Amaliy kimyo mineral o’g’itlar, plastmassa, sintetik tolalarni ommaviy ishlab chiqarish yo’lini ochdi, neftni chuqur qayta ishlash, buyumlarni elektrokimyoviy yemirilishi mikrobiologiyani rivojlanishiga sabab bo’ldi. Tez rivojlanayotgan xalq xo’jaligi ehtiyojlari, metallurgiya, amaliy kimyo, foydali qazilmalarni razvedka qilish, qazib olish va boyitish sohalarida tub burilishlarga olib keldi. Mashina va texnologiya jarayonlari tubdan yangi tizimlarni (po’latni uzluksiz quyish, foydali qazilmalarni geofizik, geokimyoviy razvedka qilishni metodlarini, ularni qazib olish geotexnologiyasi) xom-ashyoni chiqitsiz qayta ishlashni texnologiyasi texnik fanlarni yirik yutuqlariga tayandi.
Iqtisodiy o’sish nazariyalari rivojlandi (A.Hansen P.Samuelson va boshqalar). Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi mexanizmi va uning strukturali o’zgarishlari J.Gelbrayt tomonidan tadqiq qilindi.
G’arb malakatlarida sotsiologiya (P.Sorokin), ijtimoiy psixologiya katta yutuqlarga erishdi.
Ilmiy texnika inqilobining yagona oqimida fan va ishlab chiqarishni integratsiyasi ijobiy va salbiy jihatlarga ega edi. Innovatsiya jarayonlarining tezlashuvi amaliyotda ilmiy yutuqlardan foydalanish, ilmiy ishlab chiqarish komplekslari, birlashmalarining sonini o’sishi, yangi g’oyaning tug’ilishidan uni realizatsiyasigacha uzoq yo’lni qisqarishi bu ijobiy edi.
Fan ishlab chiqarish bilan qo’shilib o’zini mustaqilligini, inqilobiy ruhini yo’qotib borishi salbiy jihat edi.
Kechagi kunni ifodalaydigan, yanada keksayib borayotgan ishlab chiqarishning buyurtmalarini so’zsiz bajaruvchisi bo’lish bu fanning salbiy holat edi.
Bu salbiy jihatlar fanning bir qismini, ayniqsa amaliy fanni konservatizmi va inersiyasini kuchaytirdi. Navbatdagi ilmiy va texnologik to’ntarishga to’siq bo’ldi. Fanning davlatlashuvi va militarizatsiyalashuvi mislsiz hajmlarga yetdi. Bu asosan davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan fundamental va harbiy tadqiqotlarga ajratiladigan ulkan xarajatlar bilan bog’liq edi. U yoki bu sohada ilmiy tadqiqotlarning qamrovi va tuzilmasi davlat ustivorligiga, amaldorlarning o’zboshimchaligiga yanada qaram bo’ldi.
Davlat uchun insoniyatni qirg’in qilishning katta quvvatga ega bo’lgan vositalarini yaratish ustuvor ahamiyat kasb etdi.
Militarizm kasalligi fanni rak o’simtasi kabi qamrab oldi. Eng yaxshi asbob-uskunalar, eng yuqori tafakkur bevosita insonga xizmat qiladigan fan texnika yo’nalishlarini chekkaga surib qo’yib, harbiy sohaga yo’naltirildi. Bu jarayondan faqat Yaponiya o’zini xoli qildi. Yaponiya harbiy ehtiyojlarga (yalpi ichki mahsulotning 1% dan ko’p bo’lmagan) xarajatlar ulushini qonun yo’li bilan cheklab qo’ydi. Bu Yaponiyani jahon bozorida, maishiy texnikani ishlab chiqarishda yetakchi o’ringa chiqib olishiga boshlang’ich asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |