Birinchi sikl (1691-1760yy.) Ilmiy inqilob davrining kashfiyotlarini tarqalish va jadal o’zlashritish davri, sanoat inqilobini texnik shart-sharoitlarini yaratish bo’yicha jiddiy ishlarni amalga oshirish davri bo’ldi. Texnika fanlari, mashina va texnologik jarayonlarni kashf qilish ustivor ahamiyat kasb etdi. G.Severning bug’ nasosi, Debrining temir quyish texnologiyasi, G. Nyukomchning bu’g mashinasini ixtiro qildi.
Fizikada elektr nazariyasi tez rivojlandi. L.Galvanining eksperimentlari natijasida A.Volta galvanik element va kondensatorni ixtiro qildilar. Yu.V.Petrov volt yoyini, X.K.Ersted 1820 yilda elektromagnetizmni, A.G.Devi elektroximiya asoslarini yaratdi. Grey elektr o’tkazishni tadqiq qildi, Dyufey elektrlikni ikki turini, B.Franklin elektrni, yashin qaytargichni kashf qildi.
S.Geym gazlar kimyosida L.Leyler, matematikada, S.Bleyk uglekisliy gazni ochdi. K.Linney o’simlik, hayvon va minerallarni turkumladi.
Ijtimoiy fanlarda siljishlar yuz berdi. Jon Lokkning erkinlik to’g’risida, mulk va konstitutsiyaviy qonun hokimiyatini yoqlagan g‘oyalari alohida o’rin tutadi. Monteske, Volter, J.Russo feodal jamiyatini, cherkovni keskin tanqid qildilar.
Ilmiy tafakkurni yutuqlari “Sanoat va hunarlar” fan ensiklopediyasida umulashtirildi. Bu ensiklopediyaning 20 jildi 1751-1772 yillarda chop etildi. Bu nashrning tashabbuskorlari Didro (1713-1784 yy.) va D.Alamber (1717-1783 yy.) edilar.
Fan taraqqiyotida ikkinchi uzoq muddatli sikl (1761-1830 yy.) fan taraqqiyotida ikkinchi uzoq muddatli sikl sanoat inqilobini yoyilishi bilan bir vaqtda to‘g’ri keladi. Sanoat inqilobi fan taraqqiyotidan tuzilishi va sur’atlarga uning natijalarini amaliy qo’llash muddatlarini jadallashuviga izini qoldiradi.
Sanoat inqilobi, kapitalistik bozor mexanizmining qaror topishi ilmiy bilimlarga ehtiyojlarni va ularni amalda qo’llashni shakllantirdi. O’sha davrda qator yirik texnik kashfiyotlar qatorini tashkil qildi, jumladan Xar- grivs Arkrayt va Kromtonlarning ip yigiruv mashinalari Boltonning mashinasozlik zavodi, qobiliyatli shotland kashfiyotchisi Jeyms Uattning bug’ mashinasini P.Grivitikning yuqori bosimli dvigateli, Brom Uitvorting mexanik dastgohi, Jorj Stefensonning parovozini ko’rsatish mumkin. Tabiatshunoslik fanlaridan kimyo sohasida qator kashfiyotlar vujudga keldi. Jozef Pristli 1774 yilda kislorodni kash qildi. Bu gazlar kimyosida inqilob bo’ldi. Antuan Lelavuaze ximik birikmalarni turkumlashni amalga oshirdi, termokimyoning asoslariga poydevor qo’ydi. Hamda suv kislorod va vodoroddan iborat ekanligini asoslab berdi va bu gazlardan suvning sintezini amalga oshirdi. Lavuazeni ilmiy g’oyalarini ingliz fizigi va ximigi Jon Dalton rivojlantirdi. U gazlar aralashmasi bosimini o’lchadi. Atom og’irligi tushunchasini fanga kiritdi va kimyoning asosiy qonunlaridan biri unsurlarning birikmalardagi qisqa nisbatlardagi qonunini ochdi.
Astronomiya va matematikada fundamental tadqiqotlar rivojlandi. fransuz fizigi, matematigi Pyer Simon Laplas ehtimollar nazariyasining matematik asoslarini qo’ydi, havoda tovushning tarqalish tezligini aniqladi. Laplas o’zining 5 jildli “Samoviy mexanika traktati”da koinotni barqarorligini asosladi. Uning boshlang’ich tumanlikdan tabiiy paydo bo’lish nazariyasini ochdi. U nemis tabiatshunosi, faylasufi G. Kantning quyoshni va planetalarni sochilgan aylanadigan materiyadan tashkil topgani to’g’risidagi kosmogonik nazariyasini aniqlashtirdi. Kant quyosh tizimini muqarrar halokati to’g’risida xulosaga keldi. Biologiyaning o’tgan bosqichdagi yutuqlarini fransuz tabiashunosi Jan Batist Lamark davom ettirdi. Karl Linney o’z vaqtida o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarmasligini aytgan edi. Lamark esa o’simlik va hayvonot dunyosini iqlim, oziq-ovqat, issiqlik, yorug’lik kabi atrof-muhit ta’siridagi uzluksiz evolyutsiyasi g’oyasini ilgari surdi. Bu o’z navbatida o’simliklari avloddan-avlodga uzatiladigan va asta-sekin to’planib yangi turlarni paydo bo’lishiga olib keladigan nasliy o’zgarishlarga olib keladigan tushunchani shakllantirdi.
Sanoat inqilobi davrida texnika fanlari kuchli rivojlandi. Texnik yutuqlarni dastlabki kashfiyotchilari amaliyotchi mohir ishchilar, keyin injenerlar edi. Texnik fanlarning shakllanishi, bilimlar va amaliy tajribalarni to’planishi boshlandi. ma’lum bir tabiiy fanlarni empirik qo’llash bilan keyin esa ishlab chiqarish tajribasini nazariy umulashtirish asosida amalga oshdi.
Texnik fanlarning fundamental asoslarini asta-sekin yaratishdi (mashina va mexanizmlar, metallurgiya, kimyoviy ishlab chiqarish, konchilik nazariyalari va hakazo).
Ijtimoiy fanlarda siyosiy iqtisod birinchi o’ringa chiqdi. Bu kapitalistik bozor tizimini, mexanizmini nazariyalashga bo’lgan ehtiyoj edi. Bu fanni asosini shotland iqtisodchisi va faylasufi Adam Smit shakllantirdi. U o’zining xalqlarning boyligi sabablari va tadqiqoti to’g’risidagi asarida (1776 yil) qiymatning mehnat nazariyasi asoslarini ishlab chiqdi. Bu davrning eng mashhur faylasufi Georg Gegel edi. U ruhning birlamchiligi (mutloq g’oya) va tabiat, materiyaning ikkilamchiigidan kelib chiqdi. Gegelning asosiy xizmati dealektik metodning yaratilishi bolib, tabiat, jamiyat tafakkurini ularga xos bo’lgan ichki qarama-qarshiliklar natijasida taraqqiy qilishini ilgari suradi. Materialist-metafizik Lyudvik Feyerbax Gegel ta’limotiga qarama-qarshi g’oyani ilgari surib, borliqni birlamchi, ongni ikkilamchi o’ringa qo’ydi. Ijtimoiy qarama-qarshiliklarni Anre Sen Simon Robert Ovenning asarlarida “Utopik sotsializm”ning tug’ilishiga imkoniyat yaratdi. Robert Oven sotsialistik g’oyalarni amalga oshirishga muvafaqiyatsiz urinib ko’rdi.
Qirollar qo’llab-quvvatlagan olimlarning rasmiy hamjamiyati fanlar akademiyasiga qarama-qarshi Dissident akademiyalari Birmingemdagi “Oy jamiyati”, Angliyadagi “Qirollik instituti” (1799 yil) tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |