163-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari Oldingi tahrirga qarang. Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
(163-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son) 1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qiladi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida xabardor qiladi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taklif etadi, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishni taklif etadi;
5) guvohlarni chaqirtiradi;
6) ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi. 7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko‘maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ularni talab qilib oladi;
8) taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi;
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi. 9) da’voni va dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masalalarni taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha hal etadi;
10) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki da’vo talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sudning sayyor majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
Sudya ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishni ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar mustasno, da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis o‘tkazishi mumkin.
(163-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-541-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son) LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 10, 11, 52, 162-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi. Oldingi tahrirga qarang.