O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal etiladigan masalalar



Download 356,97 Kb.
bet87/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
Bog'liq
IPK

177-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal etiladigan masalalar
Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida sud:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z talablari va e’tirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va vajlariga baho beradi;
2) ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonunchilik hujjatlarini ushbu ish bo‘yicha qo‘llash mumkin emasligini hal qiladi;
4) ushbu ish bo‘yicha qaysi qonunchilik hujjatlarini qo‘llash zarurligini aniqlaydi;
(177-modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi;
6) da’voni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi.
Zarurat bo‘lgan hollarda, sud hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash, hal qiluv qarorini ijro etishning tartibi va muddatini belgilash, ashyoviy dalillarning keyingi taqdirini belgilash, sud xarajatlarini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni va boshqa masalalarni hal qiladi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qo‘shimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash zarur deb tan olib, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 11-moddasining beshinchi qismi, 167-moddasining beshinchi qismi, 178, 179-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 4 — 8-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish