O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash



Download 356,97 Kb.
bet86/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
Bog'liq
IPK

174-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash
Agar sud muzokaralari vaqtida yoki ulardan keyin sud qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb tan olsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Dalillarni qo‘shimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 12, 66 — 79, 80, 87, 88, 165, 167 — 169, 170-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 270-sonli Qarori.
175-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Sud ish bo‘yicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 168, 173-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi Plenumining, O‘zbekiston Respublikasi oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.12.1996-yildagi “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi 1/60-sonli qarorining 8-bandi.
21-bob. Sudning hal qiluv qarori
1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
176-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash ta’minlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan xonada faqat ishni ko‘rib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda bo‘lishning boshqa usullari taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘idagi muhokama mazmuni to‘g‘risidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi ma’lumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 11-moddasining beshinchi qismi, 167-moddasining beshinchi qismi, 177 — 179-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12.1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi, 11-bandi va 12-bandining uchinchi xatboshisi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish