O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr



Download 356,97 Kb.
bet76/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   171
Bog'liq
IPK

156-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
(156-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Da’vo arizasi bo‘yicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 155, 170-moddalari.
157-modda. Da’voning asosini yoki predmetini, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish, da’vodan voz kechish
Da’vogar ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Da’vogar ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda tegishli sud instansiyasida ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud da’voning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud da’vodan voz kechishni, da’vo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi.
(157-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirishni, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirishni yoki kamaytirishni, da’vogarning da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 46-moddasi, 49-moddasining yettinchi, sakkizinchi qismlari, 50-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 63-moddasi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish