155-modda. Da’vo arizasini qaytarish Sudya da’vo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) da’vo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
2) da’vo arizasi imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;
4) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang. 5) javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
(155-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son) 6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
7) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni da’vogar taqdim etmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang. 71) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
(155-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 71-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 8) bitta da’vo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang. 9) qonunchilikka yoki shartnomaga ko‘ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali olinishi kerak bo‘lganda qarzni javobgardan olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat qilinganligiga doir dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
(155-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 10) da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Sud ushbu Kodeks 160-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lmagan qarshi da’voni qaytaradi.
Da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, da’vo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Da’vo arizasining qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin da’vo arizasi bilan sudga umumiy tartibda takroran murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 154-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” gi 180-sonli qarorining 4.2-bandi..