O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Qarshi da’voni taqdim etish huquqi



Download 356,97 Kb.
bet78/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   171
Bog'liq
IPK

160-modda. Qarshi da’voni taqdim etish huquqi
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun qarshi da’vo taqdim etishga haqli.
Qarshi da’vo quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin, agar:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan bo‘lsa;
2) qarshi da’voni qanoatlantirish dastlabki da’voni to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni istisno qilsa;
3) qarshi da’vo bilan dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, ularni birgalikda ko‘rib chiqish nizoni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etishga olib kelsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 37-moddasining oltinchi qismi, 155-moddasining birinchi qismi, 148, 161-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 8.2-bandi.
161-modda. Qarshi da’voni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish
Qarshi da’voni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish ushbu Kodeksda da’vo arizalarini taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 37-moddasining oltinchi qismi, 155-moddasining birinchi qismi, 148, 160-moddalari.
19-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
162-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis o‘tkazilgan hollarda esa da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda o‘zi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muddatlar, sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
(162-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlar da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudgacha majlis o‘tkazish hollari mustasno.
(162-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-541-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10, 11, 52, 163-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish