129-modda. Ish yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida o‘z manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ajrimning ko‘chirma nusxasi sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning ish yuritish vaqtida o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 128-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
16-bob. Yarashtirish tartib-taomillari
(16-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
130-modda. Taraflarning kelishuvi
Sud taraflarning kelishuvi uchun choralar ko‘radi, ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 131 — 134-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
(131-moddaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 49-moddasining oltinchi qismi, 50-moddasining birinchi qismi, 63-moddasining birinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |