O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Sud buyrug‘i berishni rad etish



Download 356,97 Kb.
bet70/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171
Bog'liq
IPK

144-modda. Sud buyrug‘i berishni rad etish
Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berishni rad etadi, agar:
1) qarzdor bildirilgan talabga qarshi e’tiroz taqdim qilgan bo‘lsa;
2) huquq to‘g‘risidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish o‘sha talabni da’vo tartibida taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 138, 140, 142, 143-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining 14-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining 13, 15.1-bandlari.
145-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni
Sud buyrug‘ida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) sudning nomi, joylashgan eri va buyruq berilgan sana;
2) ishning raqami, sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
(145-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi;
(145-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
5) undirilayotgan qarz hosil bo‘lgan davr;
6) neustoyka, agar u to‘lanishi lozim bo‘lsa va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
7) undirilishi lozim bo‘lgan davlat bojining va pochta xarajatlarining summasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 138, 140, 142, 144-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish