134-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang. 1) uning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa;
(134-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;
3) u shart asosida tuzilgan bo‘lsa.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 130 — 133-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, 19-bandining ikkinchi xatboshisi. [OKOZ: 1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.02.00 Xo‘jalik sudida birinchi instansiyada ish yuritish]
II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YuRITISh 17-bob. Sud buyrug‘i 135-modda. Sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablar Sud buyrug‘i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar:
1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan bo‘lsa;
3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
4) talab to‘lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo‘yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang. 5) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa.
(135-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, oltinchi qismlari, 136 — 147-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 4-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 254-sonli Qarori.