O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet55/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171
Bog'liq
IPK

116-modda. Sud chiqimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.
(116-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va da’vo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.
(116-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sud majlisini videkonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq sud xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 112, 117, 118-moddalari.
117-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira, xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
Guvohlar, tarjimonlar, mutaxassislar va ekspertlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib o‘tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.
(117-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarng: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish