O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari



Download 356,97 Kb.
bet51/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171
Bog'liq
IPK

104-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ish yuritish to‘xtatilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yoxud sud tomonidan belgilangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.
(104-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan da’voni va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 103, 105 — 107-moddalari.
105-modda. Ish yuritishning tiklanishi
Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 104, 106, 107-moddalari.
106-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash tartibi
Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 105-moddalari.
10-bob. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish
107-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, iqtisodiy sud, hakamlik sudi ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar nizoning mazmuni bo‘yicha o‘zining birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 108, 109-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11 — 13-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
3) da’vo arizasi imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 155-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) qonunchilikka yoki shartnomaga ko‘ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali undirib olinishi kerak bo‘lishiga qaramay, da’vogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat etmagan bo‘lsa;
(107-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining beshinchi xatboshisi.
5) da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
51) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
52) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
53) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa;
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 51, 52 va 53-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi.
6) da’vogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;
7) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 208-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari.
8) da’vogarning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 157-moddasi.
9) javobgarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lsa.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish