102-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 101, 103 — 107-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari. 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi. 3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi. 4) chet davlatlar sudlariga nizoni mazmunan hal etish uchun alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqidagi sud topshiriqlari belgilangan tartibda yuborilganda.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 244-moddasining uchinchi qismi. 103-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari Ish yuritish:
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida, 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang. 31) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda.
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 101, 102, 104 — 107-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi.