278-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 279-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 69, 177, 259, 260, 267, 274, 277, 279-moddalari.
279-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunchilik hujjatining qo‘llanilganligi;
3) qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
(279-modda ikkinchi qismining 1 — 3-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi munosabati bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;
4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
5) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudya tomonidan imzolanganligi;
(279-modda to‘rtinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisida audio- yoki videoyozuv amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvlarning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
7) bildirilgan talab bo‘yicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;
8) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 69, 177, 259, 260, 267, 274, 277, 278-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |