O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish



Download 356,97 Kb.
bet139/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171
Bog'liq
IPK

270-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
(270-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 41, 42, 61, 62, 259, 264, 265-moddalari.
271-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish
Apellatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda berilganda va ushbu muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra to‘xtatib turishga haqli.
Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilingunga qadar bo‘lgan muddatga to‘xtatib turiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 259, 264, 265-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish