Mavzu: Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarida qaror qabul qilish jarayonini qo'llab quvvatlash tizimlari



Download 38,82 Kb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi38,82 Kb.
#766565
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarida q







Mavzu: Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarida qaror qabul qilish jarayonini qo'llab quvvatlash tizimlari.

Reja:

1. Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi. Uning evolyutsiyasi.
2. Qaror qabul qilishga yordamlashuvchi tizim darajalari. Ekspert tizimi.
3. Qarorlarni qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim va boshqaruv ishini avtomatlashtirish tizimi kontseptsiyasining evolyutsiyasi.

Menejerlarning faoliyati turli murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish zaruriyati bilan bog’liq(masalan, firmani
rivojlantirish yo’nalishini tanlash, kompaniya faoliyatini avtomatlashtirish variantlari, ofis uchun
binoni tanlash, filiallarni joylashtirish variantlarini belgilash, ishlab chiqariladigan yoki sotib
olinadigan tovarlar turlari, asbob-uskuna turlari, kreditor, ishning hamijrochisi, vakant joylarga
nomzodlardan birini tayinlash). Bu birinchi galda axborot qarorlarni qabul qilish uchun talab
etiladigan yig’in zaruriyati bilan bog’liq. Axborotlarga ega bo’lish zarur, biroq to’g’ri qaror
qabul qilish uchun bu yetarli emas. Buning uchun predmet sohasini yaxshi bilish, qaror qabul
qilish ko’nikmasini hosil qilish, bir qator vosita va usullarga ega bo’lishi lozim.

Shuning uchun ham ancha murakkab qarorlarni qabul qilishda turli sohalardagi ekspert-


mutaxassislarni jalb etish kerak bo’ladi. Biroq, ekspertlar bilimidan samarali foydalanish uchun,
birinchidan, qanday ekspertlar zarurligini, ikkinchidan, ular oldiga qanday masalalarni qo’yishni
va nihoyat, qaror qabul qilish uchun ularning bilimidan qanday foydalanishni bilish kerak
bo’ladi. Ayni paytda qaror qabul qilish vazifasi baribir menejer zimmasida qoladi.

Qaror qabul qilishdagi asosiy vazifa – bu alternativ (muqobil) variantlarni tanlash yoki ularning bir nechtasini maqsadga yetishish uchun qanchalik ahamiyatligiga ko’ra qatorlashtirib


chiqish. Axborotlashtirish variantlarini tanlashda, avvalo firmaning asosiy maqsadi sifatida firma
rentabelligini oshirishni ko’rsatish mumkin. Variantlarni baholash mezonlari sifatida esa
axborotlashtirishga ketgan harajatlar, boshqa faoliyat turiga moslashish imkoniyati, axborotlarni
himoyalash imkoniyati, so’rovga javob berish tezligi, asbob-uskunalarning ishonchliligi va
hokazo omillarniqo’llash mumkin.

Qarorlar qabul qilish bosqichlarida va jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni hal


etishning ko’plab usullari mavjud. Bu barcha usullar maxsus axborot tizimlari – qaror qabul
qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi (QQQT) orqali amalga oshiriladi. QQQTni loyhalash iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslangan bo’lib vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi.
Mazkur tizim dialog ko’rinishidagi avtomatlashtirilgan tizimdir. U boshqaruvning axborot
tizimlaridagi muhim darajalardan(kategoriya) biri sanaladi. So’ngi paytlarda QQQT kichik
biznesda ham (masalan, savdo nuqtalarini joylashtirish variantlarini tanlash) qo’llanila boshlandi.
Umuman olganda, ular alohida yakka uslubni qo’llab-quvvatlash va menejerning shaxsiy
talablariga ega.


Download 38,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish