283-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
(283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son) 284-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
(284-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son) 285-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati Oldingi tahrirga qarang. Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
(285-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son) Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 283, 284-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 24 — 24.2-bandlari.