O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik



Download 356,97 Kb.
bet20/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
Bog'liq
IPK

38-modda. Shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik
Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
39-modda. Ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazish
Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda o‘z ish yurituviga qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa sudning sudloviga tegishli bo‘lib qolsa ham, o‘zi tomonidan mazmunan ko‘rilishi kerak.
Sud ishni quyidagi hollarda boshqa sudga o‘tkazadi, agar:
1) ish sudlovga tegishlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda ko‘rish chog‘ida ma’lum bo‘lsa;
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin bo‘lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan boshqa hollarda.
Ishni boshqa sudda ko‘rishga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko‘rish uchun qabul qilib olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy sudlar o‘rtasida sudlovga tegishlilik to‘g‘risida nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 32 — 38-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasining 1, 8-bandlari.
6-bob. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari
1-§. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari
40-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi
Sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 41 — 60-moddalari.
41-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi ishlar bo‘yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 47 — 50-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish