419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha
quyidagilarga haqli:
1)
hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa
qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoxud qisman bekor
qilishga va ishni yangidan
ko‘rish uchun yubormasdan yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgartirishga;
4) ushbu Kodeks 399 -moddasi birinchi qismining
1-bandida
va 399 -moddasi
ikkinchi
qismining
4-bandida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni,
qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga
yuborishga;
5) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va arizani ko‘rmasdan
qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan
birini o‘z kuchida qoldirishga.
(419-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
419 -modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
(419 -modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) ish kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi;
5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda (protestda)
bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha
mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri;
7) kassatsiya instansiyasi sudining xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal
qilgan moddiy va protsessual huquq normalari;
8) qarorning xulosa qismi.
Sud hujjatlari bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqish
uchun yuborilgan taqdirda,
kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan ko‘rganda qaysi holatlar aniqlanishi zarurligini, qaysi
dalillar talab
qilib olinishi kerakligini, shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday
harakatlarni bajarishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda, shikoyat (protest) vajlari
noto‘g‘ri deb topilishi yoki hal
qiluv qarorini bekor qilish, o‘zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori
chiqarish uchun asos bo‘lmasligi sabablarini o‘z ajrimida ko‘rsatishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining nusxalari ishda ishtirok
etgan shaxslarga ajrim
chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida
yuboriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: