O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


Olmosh bilan ifodalanishi



Download 445,48 Kb.
bet114/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Olmosh bilan ifodalanishi: Hu o`sha aytgan yigit sizmisiz. Devor ortidagi qo`rg`onchada xotin kishi aytayotgan qo`shiq Boltavoyga huv, o`sha anorzor bog`ni, Salomatni eslatib qo`ydi (S. Ah)
Ot bilan : Po`lat pichoq qinsiz qolmas .(Maqol.)Oltin boshoqlar shitirlaydi. Temir darvozadan kiriladi.
Sifatlovchi bilan ifodalanishi: Aytilgan so`z- otilgan o`q. (Maqol)
Gurillagan shabada sekin esadi.
Ravish bilan: Qirning uzoq-yaqin yon bag`irlaridan qo`y-qo`zilarning ma`rashi eshitilib turar edi. Hushiddin mardlarcha tepalikni himoya qildi.
Taqlidiy so`z bilan ifodalanishi: Qishloqqa sen haqingda duv-duv gap tarqalgan. G`uj-g`uj oppoq tutlar shohlarida marjondek tizilib turishibdi. (P. T.) Atrofga g`uv - g`uv pashsha. (O.) Kampir so`zini tugatmasdanoq “miyov” degan ovoz eshitildi (Sh. S.)
Aniqlovchining bunday shakli aniqlanmishga bitishiv yo`l bilan birikadi.
Ayrim paytda sifatlovchi birikma holida ham kelishi mumkin. Masalan: SHu topda daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hidladi, erkalanib surkaldi . (O.)
Qattiq erdan tatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq erdan yumalab chiqqan oy chechek.
(U.)
Qaratuvchi. O`zi ifoda qilayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli ekanligini bildiruvchi aniqlovchi turi qaratuvchi deyiladi.Qaratuvchi quyidagi so`z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Xalqni jondan sevgan Alisher Navoiy insonning haq-huquqlarini himoya qiladi va baxt-saodat uchun kurashadi. (O.) Laylakning boyi novcha, tumshug`i bor tarnovcha. (U.)
Olmosh bilan. Osmonlarda mening ham bitta lochin akam bor. (Qo`shiq.) Bizning Vatanimiz ozod va hur O`zbekiston (Tele eshitirishidan.)
Otlashgan sifan bilan.
Yaxshining yaxshiligini ayt nuri toshsin,
Yomonning yomonligini ayt quti qochsin.
(Maqol).
Otlashgan sifatdosh bilan. Maqtanganning to`yiga, kerilganning uyiga borma. (Maqol.)
Izohlovchi. Shaxs yoki predmetni boshqacha nom berish yo`l bilan aniqlaydigan aniqlovchining bir turi izohlovchi deyiladi. Izohlovchi, odatda, ot bilan ifodalanib, quyidagi ma`nolarni bildiradi.
1. Unvonni: Akademik Shoabdurahmonov atoqli o`zbek tilshunosidir. Zobit Aslonov mashg`ulotlarni katta mahorat bilan o`tkazadi.

2. Mashg`ulot kasb, mutaxasislikni: shoir Usmon Azim tog`li Boysunda tug`ilgan. O`qituvchi Rahim Ahmedov matematikadan dars bergan.


3. Amalni: Yo`lboshchi G`ayrat akam g`oyat ajoyib ekan (M. A.)Hisobchi Marat aka qishloqqa keldi.
4. Laqabni: Xurshida bonuni yangi libosga ko`rib yana boyagiday bir daqiqa tikilib qoldi. (O. Yo) Toshpo`lat tajang nima deydi .
5. Qarindoshlikni yoki shunga o`xshatilgan munosabatni: Sochlari oqargan bu professor, Ernazar akaga qarab qarsak chalib yubordi. (I. R.)
6. Taxallusini: Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek o`zbek adabiyotiga katta hissa qo`shdi. Muhammad Aminxo`ja Muqimiy o`zbek mumtoz adabiyotining yirik vakilidir.
7. O`xshash belgi mustaqillik so`zi naqadar laziz (U.) Bizga erk berdi mustaqillik -ozodlik -quyosh.



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish