5-bob. Yakunlovchi qoida
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Turar-joyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Turar-joyni Reyestrga kiritish
SXEMASI
Bosqichlar
|
|
Subyektlar
|
|
Tadbirlar
|
|
Bajarilish muddatlari
|
1-bosqich
|
|
Arizachi
|
|
Arizani O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarni sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yuboradi.
|
|
Arizachining ixtiyoriga ko‘ra
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich
|
|
Markaz
|
|
Kelib tushgan arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va Turar-joyni qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishni amalga oshiradi.
Belgilangan talablarga va taqdim etilgan hujjatlar muvofiq bo‘lgan taqdirda, arizachiga individual reyestr raqami beriladi.
Ishonchsiz va (yoki) noto‘g‘ri hujjatlar taqdim etilgan shuningdek, ijaraga beriladigan Turar-joyning belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, nomuvofiqliklar yuzasidan dalolatnoma tuzadi va arizachiga Reyestrga kiritilishining rad etilishi bo‘yicha aniq nomuvofiqliklar va ularni bartaraf qilish uchun bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda bildirishnoma yuboradi.
|
|
Ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni davomida
Bir ish kuni davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich*
|
|
Arizachi
|
|
Reyestrga kiritish rad etilishi to‘g‘risida bildirishnoma olingandan so‘ng, rad etish sabablarini bartaraf qiladi va Markazga hujjatlarni takroran taqdim etadi.
|
|
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat ichida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich*
|
|
Markaz
|
|
Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
|
|
Bir ish kuni davo�ida
|
|
|
|
|
5-bosqich
|
|
Markaz
|
|
Turar-joy egalari tomonidan ijaraga berishning qonunchilikda nazarda tutilgan talablari bajarilishini monitoring qiladi.
|
|
Doimiy
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
* Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida Markazning qarori qabul qilingan holatlarda arizachi 3 va 4-bosqichlardan o‘tadi.
Turar-joyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga
20-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 5-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “turizm operatorlari” so‘zlari “turoperatorlar va turagentlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning ilovasiga quyidagi mazmundagi 7-band qo‘shilsin:
“Bir vaqtning o‘zida 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan shaxslarga mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida:
a) 37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
|
37.
|
Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish
|
”;
|
b) 80-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
|
80.
|
Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari
|
”;
|
v) quyidagi mazmundagi 86-band qo‘shilsin:
“
|
86.
|
Turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha)
|
”.
|
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-martdagi 137-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 27-modda):
a) 1-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy o‘quv markazlarida va ta’lim muassasalarida stajirovkalardan o‘tish;
g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish;
e) xorijiy turizm yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga a’zolik badallari to‘lash;
z) Qo‘mita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yo‘li ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovg‘alar xarid qilish;
i) Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
k) Qo‘mita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lov;
l) O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni qaytarish;
m) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratish;
n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va ko‘rgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish;
o) “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini Qo‘mita raisining qarori bilan to‘lab berish;
r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bog‘li bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash);
s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish. Mazkur rag‘batlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi;
t) O‘zbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablag‘lar o‘tkazish orqali ilgari surish:
Jamg‘armaga o‘tgan chorak yakunlari bo‘yicha tushgan umumiy mablag‘larning — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida;
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga o‘tgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qo‘shni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining o‘sishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin;
u) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy valyutada po‘l o‘tkazish yo‘li bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash;
f) Jamg‘armaga kelib tushadigan barcha mablag‘larning 10 foizini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasiga o‘tkazish”;
b) 2-ilovada:
2-bandning yettinchi xatboshisiga “xorijiy fuqarolar tomonidan” so‘zlaridan keyin “tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
4-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) qo‘llagan holda turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaga o‘z vaqtida taqdim qilishga”;
ilovada:
“Joylashtirish vositalari” grafasining “Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan” pozitsiyasidan “o‘tov” so‘zi chiqarib tashlansin;
“Joylashtirish vositalari” grafasining “Oilaviy mehmon uylari” pozitsiyasiga “o‘tov” so‘zi qo‘shilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 3-ilovadagi “turisticheskaya” so‘zlari “otdix i dosug” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovadagi “turisticheskaya” so‘zlari “otdix i dosug” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizomning:
17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
26-bandining 3-xatboshisidagi “12 soat mobaynida” so‘zlari “ular kelib joylashgan vaqtda” so‘zlari etib o‘qilsin.
b) Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risida Nizomning 28-bandi
2-xatboshisidagi “12 soat mobaynida” so‘zlari “ular kelib joylashgan vaqtda” so‘zlari etib o‘qilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarorida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi “e” kichik xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“e) turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini tuzish, keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;”;
“e” kichik xatboshi “j” xatboshi deb o‘qilsin;
b) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
10-band quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalarini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kelishish uchun, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari yer uchastkasini zahira olish uchun yuboradi.
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ijobiy qarori asosida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalari “YERELEKTRON” AATda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan besh ish kunida zahiraga olinadi. Zahiraga olingan yer uchastkalarida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan rejalashtirish va loyihalashtirish ishlari tashkil etiladi va “YERELEKTRON” AATda taklif tashabbus qilinadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “YERELEKTRON” AATda takliflar tashabbus qilinganida “Davyergeodezkadastr” organlari tomonidan besh ish kuni mobaynida qonunchilikda nazarda tutilgan zarur materiallar tayyorlanadi. Bunda yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.”;
20-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tuman (shahar) hokimligi besh ish kunida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qorqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishgan holda, yer uchastkalariga investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilaydi.”.
v) “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar Ro‘yxati quyidagi mazmundagi “14” pozitsyai bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.”;
14 pozitsiya 15 pozitsiya deb o‘qilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizomda:
a) 2-bandining ikkinchi xatboshisida “top-50 mehmonxona brendlaridan” degan so‘zlardan keyin “yoki top-5 mehmonxona tarmoqlaridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 9-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“mehmonxona shartnoma asosida boshqa yuridik shaxsga ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — investor va ishonchli boshqaruvchi o‘rtasida belgilangan tartibda tuzilgan mol-mulkni ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
Qo‘mita huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan arizachiga, mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — ishonchli boshqaruvchiga taqdim etilgan 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi”;
g) 10-bandning birinchi xatboshisiga “investor” so‘zidan keyin “yoki ishonchli boshqaruvchi” so‘zlari qo‘shilsin;
d) v) 19-bandning:
birinchi xatboshisida: “top-50 reytingiga” degan so‘zlardan keyin “yoki top-5 mehmonxona tarmoqlariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Brand Finance” kompaniyasining top-50 reytingiga yoki top-5 mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi mehmonxona bilan franchayzing to‘g‘risida shartnoma tuzilgandan so‘ng ushbu mehmonxona top-50 reyting yoki top-5 mehmonxona tarmoqlari ro‘yxatidan chiqarilgan taqdirda, franchayzing shartnoma o‘z kuchini yo‘qotmagan bo‘lsa ham, top-50 reyting yoki top-5 mehmonxona tarmoqlari ro‘yxatidan chiqarilgani e’lon qilingan yildan keyingi yil uchun qisman moliyalashtirish davom ettirilishi to‘xtatiladi.”;
d) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. 3 yoki 4 yulduzli toifaga ega bo‘lgan mehmonxona uchun subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda mehmonxonaning kamida ushbu toifaga egaligi mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilganligidan qat’iy nazar, investor tomonidan ta’minlanishi lozim, aks holda ajratilgan subsidiya Davlat budjetiga qaytariladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga
21-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 42-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 5-iyundagi 355-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 94-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni, “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarorlari)” 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 1-oktabrdagi 781-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 39-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida” 2019-yil 12-sentabrdagi PF-5819-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son Farmoniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 19-sentabrdagi PF-5833-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qarori)” 2019-yil 21-oktabrdagi 885-son qaroriga ilovaning 6 va 9-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 157 va 165-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga 1-ilovasining 24-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son; 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |