Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarni sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan yuritiladigan ijaraga beriladigan Turar-joylar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi.
3. Turar-joy egalari, faqat turar-joyni Reyestrga kiritilgandan so‘ng ijaraga berish huquqiga ega bo‘ladi, mehmonxona xizmatlariga muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
4. Turar-joyni Reyestrga kiritish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Ijaraga beriladigan turar-joy belgilangan normativ talablarga javob berishi lozim.
6. Turar-joy ijarasi elektron shaklda Dastur orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |