O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


-§. Belgilangan talab va shartlar va sifatga rioya etish ustidan nazorat



Download 53,53 Kb.
bet19/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

3-§. Belgilangan talab va shartlar va sifatga rioya etish ustidan nazorat

120. Vakolatli organ ushbu ishchi organ orqali ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan talab va shartlarga Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi.

121. Kompetensiyalarni baholash markazlari har oyda vakolatli organ tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni vakolatli organga taqdim etadi.

122. Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan baholash sifati va shartlari bo‘yicha talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:

baholash sifati talablariga rioya etilishini tekshirishlarini o‘tkazish;

tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tushgan shikoyatlarda ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha zarur axborotni Kompetensiyalarni baholash markazlaridan so‘rash va olish;

tekshirish natijalariga asosan Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan, belgilangan talab va shartlarni aniq buzish hollarini ko‘rsatgan holda, dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomalarni kiritish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli muddatlarni belgilash;

aniqlangan qonunchilikni buzishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish va sudga murojaat qilish.

123. Akkreditatsiya amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:

muayyan Kompetensiyalarni baholash markazida kompetensiya to‘g‘risida sertifikatni olgan va Tasdiqlangan malakaga ega shaxslarning milliy Reyestriga kiritilgan shaxslarning 50 foizidan ko‘pi bilimlari darajasining belgilangan kasb standarti yoki malaka talablariga, jumladan, xorijiy tilni bilish darajasiga noloyiqligini tanlov tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlanganda;

Kompetensiyalarni baholash markazi aniqlangan buzilishlarni tuzatish haqida vakolatli organ taqdimnomasini bajarmagan yoki talab darajasida bajarmaganda;

yuridik shaxs ushbu Nizom talablari va shartlariga mos kelmaganda.

Kompetensiyalarni baholash markazi akkreditatsiyasi amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va aniqlangan kamchiliklarni baortaraf etish muddatini belgilash to‘g‘risidagi qarorni Respublika kengashi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri qabul qiladi.

124. Vakolatli organ akkreditatsiyaning amal qilinishini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror bilan Kompetensiyalarni baholash markazini uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.

125. Vakolatli organ akkreditatsiya amal qilinishi to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan hollarni barataraf etish muddatini belgilaydi.

126. Akkreditatsiya amal qilinishini to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan hollar barataraf etilganda vakolatli organ ushbu hollarni barataraf etgani to‘g‘risida yozma tasdiqni olgandan boshlab uch kun muddatda akkreditatsiyaning amal qilinishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

127. Akkreditatsiyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan davrda Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan faoliyat amalga oshirilishi qonunchilikka binoan javobgarlikka olib keladi.

128. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

Kompetensiyalarni baholash markazining faoliyati belgilangan talablarga mos kelmaganda;

yuridik shaxs akkreditatsiya amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik shaxs tugatilishi yoki qayta tashkil etilganda faoliyatining tugatilishi, uning o‘zgartilishi shuningdek, qo‘shib yuborilishi bundan mustasno, munosabati bilan — qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar yangi yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganda faoliyatning aynan shu akkreditatsiyalangan turini amalga oshirishi bo‘yicha akkreditatsiya mavjud bo‘lganda;

Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan vakolatli organ talablariga ko‘ra belgilagan muddatda akreditatsiya amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan hollar bartaraf qilinmaganda;

vakolatli organning akkreditatsiya to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda;

akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning qalbaki hujjatlar bilan olingani aniqlanganda.

Vakolatli organ Kompetensiyalarni baholash markazini akkreditatsiyani to‘xtatish sabablarini asoslab, shunday qaror qabul qilingandan keyin uch kundan kechikmagan holda yozma ravishda xabardor qiladi.

129. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma bekor qilinganda to‘langan yig‘imlar qaytarilmaydi.

130. Vakolatli organning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib qo‘yish yoki amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi qarori vakolatli organning rasmiy internet-saytida e’lon qilinadi.




Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish