O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


-bob. Kompetensiyalarni baholash markazlari



Download 53,53 Kb.
bet14/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

6-bob. Kompetensiyalarni baholash markazlari

1-§. Kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyatining asoslari

61. Kompetensiyalarni baholash markazi mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan kompetensiyalarni mustaqil baholash organi hisoblanadi.

62. Kompetensiyalarni baholash markazi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, kasbiy ta’lim muassasalarida kasbga o‘qish, qayta o‘qish va malaka oshirishdan o‘tgan yoki ishlab chiqarish sharoitlarida yoxud mustaqil tayyorgarlik yo‘li bilan o‘qigan talabgorlarning kasb kompetensiyasini xolis va mustaqil baholash maqsadida tashkil qilinadi.

63. Kompetensiyalarni baholash markazi o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi.

64. Kompetensiyalarni baholash markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

talabgorlarning, o‘zlashtirish usulidan qat’i nazar, mehnat bozorida talab etilgan kasb kompetensiyalarini baholash;

ishga qabul qilishda, kasb-lavozim tuzilmasida o‘sishda talabgorlarning kasb kompetensiyalari talablariga va kasb standartlariga mosligini tasdiqlash;

kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlar bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlab chiqishda ishtirok etish;

tegishli tarmoq/korxonada ishlovchi muayyan lavozimlarni egallab turgan xodimlarga nisbatan aniq va to‘g‘ri talablarni shakllantiruvchi har bir kompetensiya rivojlanishining mos shkalasi va aniq xulq indikatorlarini belgilagan holda kompetensiyalarning samarali modellarini ishlab chiqish va joriy etish;

kasb kompetensiyalari va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirishning korporativ dasturlarini ishlab chiqish.

65. Kompetensiyalarni baholash markazining asosiy funksiyalari quyidagilar:

talabgorlar kompetensiyasini mustaqil va xolis baholash;

keng va tor ixtisosliklar bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish;

talabgorning mavjud kompetensiyasini belgilangan kasb standartlariga loyiqligini aniqlash;

kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlarni ishlab chiqishda qatnashish.

66. Kompetensiyalarni baholash markazi maqsadlar, vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida:

talabgorlarga kompetensiyani baholash qoidalari va tartibotlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi;

malaka imtihoni va, zarurat bo‘lganda, malaka sinov ishlarini o‘tkazish orqali kompetensiyalarning kasb standartlari talablariga muvofiqligini baholashni tashkil qiladi va o‘tkazadi;

kompetensiyani baholash natijalari haqidagi ma’lumotlarni shakllantiradi, ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq belgilangan namunadagi Kompetensiya to‘g‘risida sertifikatni beradi;

kompetensiya to‘g‘risida berilgan sertifikatlar haqidagi ma’lumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga kiritadi.

67. Kompetensiyalarni baholash markaziga ushbu Nizomda belgilangan tartibda akkreditatsiya asosida kasb faoliyatlarining tegishli turlari bo‘yicha kompetensiyalarni baholash vakolatlari beriladi.

68. Kompetensiyalarni baholash markazini bir necha kasb faoliyatlari (kasblar) turlari bo‘yicha akkreditatsiyalashga ruxsat beriladi.

69. Kompetensiyalarni baholash markazi:

ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’i rioya qilishi;

kompetensiyani baholashga da’vo qilayotgan har bir yo‘nalish bo‘yicha shtatda doimiy yoki o‘rindoshlik asosida ishlovchi oliy ma’lumotli va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek, mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslarida malaka oshirishdan o‘tgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi;

kompetensiyani baholashga da’vo qilayotgan har bir yo‘nalish bo‘yicha xo‘jalik yuritish, tezkor boshqaruv va boshqa qonuniy asoslarda mulk sifatida moddiy-texnika bazaga ega bo‘lishi;

kasb standartlari va malaka talablariga asoslangan, malaka imtihonlari va sinov malaka ishlarini o‘tkazish moddiy-texnika bazasining mavjudligi;

xizmatlar ko‘rsatishda olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;

kompetensiyani baholash bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi;

vakolatli organ tomonidan tavsiya etilgan, kompetensiyani baholashdan o‘tgan shaxslarni hisobini yuritish, baholashni o‘tkazish bo‘yicha yagona dasturiy ta’minotdan foydalanishi shart;

o‘z faoliyati to‘g‘risida haqqoniy hisobot taqdim etishi talablariga javob berishi shart.

70. Oliy ma’lumotli va mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish Respublika kurslarida malaka oshirish kurslarini o‘tagan shaxs Kompetensiyalarni baholash markazi direktori bo‘lishi mumkin.

71. Kompetensiyalarni baholash markazining tashkiliy tuzilmasini, uning xodimlari huquqi va majburiyatlarini ushbu Nizom talablarini hisobga olib, muassis belgilaydi.

72. Kompetensiyalarni baholash markazi tashkiliy tarkibiga ekspertlar malaka komissiyasi majburiy tartibda kirishi kerak.

Ekspertlar malaka komissiyasi ishchilarga malaka razryadlari va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha malaka imtihoni shaklida kompetensiyalarni bevosita baholashni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Kompetensiyalarni baholash markazi tashkiliy tarkibiga tegishli kasbiy faoliyat (kasblar) turlari bo‘yicha bir nechta ekspertlar malaka komissiyalari kirishi mumkin.

73. Ekspertlar malaka komissiyasi kasb faoliyatining baholanayotgan turi bo‘yicha yuqori malaka darajasiga, amaliy ish tajribasiga, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan kamida uchta ekspertdan iborat bo‘lishi kerak.

74. Kompetensiyalarni baholash markazi ekspertlar malaka komissiyasi a’zolarining huquq va majburiyatlari hamda vakolatlari muddati Kompetensiyalarni baholash markazi rahbari tasdiqlagan lavozim yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.

75. Kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyati:

muassislar mablag‘lari;

kompetensiyani baholashni o‘tkazish uchun to‘lov;

ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish parametrlarini (yoki davlat buyurtmasini) bajarish doirasida ajratiladigan mablag‘lar;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli to‘lovlari, vasiylar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Kompetensiyani baholashni o‘tkazish uchun to‘lov miqdori Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi.

76. Kompetensiyalarni baholash markazlari o‘zlari beradigan kompetensiya to‘g‘risidagi sertifikatlarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan xorijiy davlatlarda tan olishni ta’minlash maqsadlarida kompetensiyalarni baholashni amalga oshirishga vakolatli yoki xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan sheriklik kelishuvlarini tuzadi.


Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish