O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


-§. Malaka imtihonlarini o‘tkazish to‘g‘risida



Download 53,53 Kb.
bet13/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

4-§. Malaka imtihonlarini o‘tkazish to‘g‘risida

39. Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qish natijalari bo‘yicha yakuniy malaka imtihonlari o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda — YaMI).

40. YaMI maqsadlari quyidagilar:

tegishli kasbiy faoliyat (kasblar) yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlar muvofiqligini, kompetensiya darajasini (malaka razryadini) belgilash;

o‘quvchilarga Kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qishni tugatgani to‘g‘risida davlat namunasidagi guvohnoma berish.

41. O‘quv dasturi talablarini egallagan va bajargan o‘quvchilar kasb-hunarga o‘qitish markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan YaMIga qo‘yiladi.

42. YaMI nazariy, jumladan, kompyuter testi va sinov (amaliy) topshiriqni bajarish shaklida o‘tkaziladi. Bunda baholash vositalariga har bir ixtisoslik bo‘yicha bitta amaliy vazifa kiritiladi.

Nazariy testlash va sinov (amaliy) topshiriq imtihon savollari o‘quv dasturiga kiruvchi fanlar bo‘yicha tuziladi.

43. YaMIni o‘tkazish uchun Kasb-hunarga o‘qitish markazi direktorining buyrug‘i bilan malaka komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — malaka komissiyasi) tuziladi.

O‘quv yo‘nalishlaridan kelib chiqib bir nechta malaka komissiyalari tuzilishi mumkin.

44. Ish beruvchi tashkilotlarning rahbar, yetakchi va malakali mutaxassislari, kelishilgan holda, malaka komissiyasi raislari etib tayinlanadi. Kasb-hunarga o‘qitish markazi direktori malaka komissiyasi raisining o‘rinbosari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari malaka komissiyasi kotibi hisoblanadi.

45. Malaka komissiyasi tarkibiga o‘qishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha Kasb-hunarga o‘qitish markazining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalari, shuningdek, kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar mutaxassislari hisobiga to‘rt nafar a’zo kiradi.

46. Malaka imtihoni boshlanishidan oldin malaka komissiyasi a’zolaridan biri o‘quvchilarni topshiriq mazmuni, texnik shartlar, baholash mezonlari, ajratilgan vaqt me’yori va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi.

47. Nazariy topshirqning bajarilishi “5” ballik tizim bo‘yicha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

“5 ball” — agar o‘quvchi hamma savollarga to‘liq javob bersa, mustaqil va ijodiy fikrlay olsa va to‘g‘ri qarorlar qabul qilsa, egallagan ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olsa, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunsa;

“4 ball” — agar o‘quvchi ijodiy fikrlay olsa va to‘g‘ri qarorlar qabul qilsa, egallagan ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olsa, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunsa;

“3 ball” — agar o‘quvchi savol mazmuni va xususiyatlarini tushunsa, savol va fan mavzusi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lsa;

“2 ball” — agar o‘quvchi savol mazmuni va xususiyatlarini tushunmasa, savol va fan mavzusi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmasa.

48. Amaliy topshiriqlarning bajarilishi “5” ballik tizim bo‘yicha baholanadi:

“5 ball” — agar o‘quvchi amaliy topshiriqni ajratilgan muddatda to‘liq bajarsa, mustaqil va ijodiy fikrlay olsa, to‘g‘ri qarorlar qabul qilsa, egallagan ko‘nikmalarni metodik ko‘rsatmalarsiz amaliyotda qo‘llay olsa;

“4 ball” — agar o‘quvchi amaliy topshiriqni ajratilgan muddatda to‘liq bajarsa, to‘g‘ri fikrlasa va to‘g‘ri qarorlar qabul qilsa, egallagan ko‘nikmalarni metodik ko‘rsatmalar yordamida amaliyotda qo‘llay olsa;

“3 ball” — agar o‘quvchi amaliy topshiriqni ajratilgan muddatda to‘liq bajarsa, ammo hamma narsani amalda ustaning metodik ko‘rsatmalari va maslahati yordamida bajarsa;

“2 ball” — agar o‘quvchi barcha uslubiy ko‘rsatmalar va usta maslahatlarini olsa, ammo topshiriqni noto‘g‘ri va qisman bajarsa.

49. YaMI o‘tkazilgandan keyin malaka komissiyasining har bir a’zosi o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha baholarini qo‘yadi va o‘quvchining malaka darajasi haqida fikrini bildiradi. Komissiya a’zolarining baholari va fikri muhokama qilinadi, o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi, shuningdek, o‘quvchining malaka darajasi aniqlanadi.

50. YaMI natijalari o‘quvchilarga imtihonlar tugagandan keyin e’lon qilinadi.

51. YaMI natijalari bo‘yicha “3” balldan kam olgan o‘quvchilarga tegishli mutaxassislik berilmaydi.

52. YaMIdan o‘tmagan o‘quvchilarga malaka komissiyasi qaroriga ko‘ra imtihonni bir marta qayta topshirish imkoni beriladi.

53. YaMIda uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan o‘quvchilar imtihonni Kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan belgilangan boshqa vaqtda topshirish huquqiga ega.

54. YaMIni qayta topshirish zarur bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati, qayta topshirish kuni va vaqti malaka komissiyasi qarorida yoziladi.

55. YaMI natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar Kasb-hunarga o‘qitish markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga ariza berish huquqiga ega.

56. Apellatsiya komissiyasi rais va Kasb-hunarga o‘qitish markazining malaka komissiyasi ishida qatnashmagan, qoida tariqasida, har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan xodimlar tarkibida shakllantiriladi.

57. YaMI natijalaridan norozi o‘quvchi imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida apellatsiyaga ariza berishi mumkin. Berilgan ariza uni qabul qilingandan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.

58. YaMIni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga, malaka komissiyasi qaroriga asosan, ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat namunasidagi diplomlar (uzoq muddatli o‘qish kurslarini tamomlaganlarga) yoki 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat namunasidagi sertifikatlar (o‘rta va qisqa muddatli o‘qish kursini tugatganlarga) beriladi.

59. Kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qitish yakunlari bo‘yicha YaMI o‘rniga shartnoma asosida Kompetensiyalarni baholash markazida ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi mumkin.

Bunda o‘quvchi Kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan tashkil etilgan va o‘tkazilgan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan holda Kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qishni o‘taganligi to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom yoki qisqa muddatli kurslarni o‘tagani haqida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

60. Kasb-hunarga o‘qitish markazida kurslarni tugatganligi to‘g‘risidagi diplom kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomga tenglashtiriladi va mehnat faoliyatida foydalanilishi mumkin, bunda ushbu diplom ta’limning keyingi turini davom ettirishga asos bo‘la olmaydi.




Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish