Sug’oriladigan yerlarning mavjud meliorativ xolati va uni yaxshilashda ekspluatatsion injenerlik usullari va texnologiyalari
Melioratsiyani to’g’ri tashkil qilishda va loyixalashda quyidagilarni bilish zarur, birinchidan, tuproq rejimini ( suv, xavo va kimyobiologik), bir tarafdan boshqa tarafdan shu sharoitdan kelib chiqqan xolda, qishloq xo’jalik o’simliklariga kerak bo’lgan rejimni bilish lozim va ular o’rtasidagi farqlarni xam, ikkinchidan esa,
o’sha texnik usullar, qaysiki sonli va mustaxkam shuningdek davomiyligi yordamida tuproqning suv, xavo, kimyobiologik rejimini o’zgartirib turishini bilish kerak. SHundan kelib chiqqan xolda melioratsiyada quyidagi elementlarni nazarda tutish lozim:
o’simlikni istemol qilish talabi;
tuproqning-melioratsiya ob’ektining sifati va xususiyatlari (fizik va kimyoviy) va shu o’zgarishlarni mumkin bo’lgan xossa va sifatlarini (fizik va kimyoviy) melioratsiya ob’ekti sifatida-tuproqni, melioratsiya vositasi sifatida suvni;
tuproqlarning texnik va gidrotexnik sifati o’zgarishlarini va shu o’zgarishlarning mumkin bo’lgan chegaralari.
Tuproqning oziqlanishi mikrobiologik va issiqlikning shakllanishida tuz-suv rejimi yetakchi deb xisoblanadi. Fermer xo’jalik yerlarini melioratsiya qilish va qishloq xo’jalik ekinlaridan maksimal mo’l xosil olish uchun qilinadi. SHu bilan birgalikda tuproqning suv-tuz rejimini o’zgartirib turishlik (uning namligi, tuzlanish xolati, yer osti suvlarini chuqurligi va o’g’itlanishi) qishloq xo’jalik maxsulotlaridan maksimal mo’l xosil olishda deyarli tor diapozonda o’zgarib boradi.
Tuproqning ildiz rivojlangan zonasining maqbul namligi qishloq xo’jalik o’simliklari uchun 0,6- 0,9 NV oralig’ida bo’ladi. Tuproqdagi ildiz rivojlanadigan qatlamni qalinligi, asosiy usimliklar uchun vegetatsiya davrida 0,3 dan1,1 m. gacha o’zgarib turadi.
Er osti suvi satxi chuqurligining darajasini baxolash, 60- yillar o’rtasigacha "kritik" deb atalgan yer osti suv satxi chuqurligi tushunchasidan foydalanilgan (Polыnov,1930; Kovda, 1946; yengulatov, 1964; Kats, 1965; Raximbaev, 1967 va boshkalar). Biroq yer osti suv satxi chuqurligi meliorativ talabni xar xil shakllantiradi, shuning uchun xam suv- tuz rejimini maqbul asoslashda sug’orish rejimini, yuvish, yer osti suv satxi chuqurligi, drenaj ko’rsatkichlarini kompleks ravishda nazarda tutish (ko’rib chikish) kerak.
Xozirgi vaqtda qishloq xo’jalik o’simliklarning xosildorligi yerning sho’rlanish turi, darajasi, tuproqda xar xil eritmalar miqdorining to’planishiga bog’liq bo’lib
qolganligi aniqlangan (Kovda, 1973; Stroganov, 1962; Rabochev, 1976; Duxovnыy,
1987; Ramazanov, YAkubov, 1988; Usmanov, 1988 va boshkalar). yetakchi qishloq xo’jalik o’simligi - paxta uchun shunday bog’liqlik 9.1- rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |