Yotiq ochiq(yopiq) zovurlar
|
24.2.4-rasm. Ochiq yotiq zovurning ko’rinishi
|
Ularning tuzilishi qazma shaklda bo’lib, 24.2.4-rasmda keltirilgan.
Zovurlarni qurishda tavsiya etiladigan zovur yon devorining qiyalik koeffitsiyenti ( m) qiymati 24.2.2-jadvalda keltirilgan.
Zovur tubi eni ( b ) ning qiymati zovur qurishda ishlatiladigan mexanizm turiga bog’liq bo’lib, 53-jadvalda keltirilgan.
Ochiq loyihalanayotgan zovurlarning uzunligi 700-1500 m, nishabligi gil tuproqlarda 0,0003 dan, qumloq tuproqlarda 0,0005 dan katta va qumloq tuproqlarda 0,003 dan, gil tuproqlarda esa 0,005 dan kichik bo’lishi talabi qo’yiladi.
24.2.2-jadval.
Zovurlarni qurishda tavsiya etiladigan qiyalik koeffitsiyenti ( m) ning qiymatlari
Tuproq turi
|
« m» ning qiymati
|
Eng kichik
|
Eng maqbul
|
gil, og’ir qumoq
|
1, 0
|
1, 5
|
o’rta qumoq
|
1, 25
|
1, 75
|
engil qumoq
|
1, 5
|
2, 0
|
Qumloq
|
1, 75
|
2, 5
|
Qumli
|
2, 0-2, 75
|
2, 5-3, 5
|
24.2.3-jadval.
Zovur tubi eni (b ) ning zovur qurishda ishlatiladigan mexanizm turiga bog’liq qiymati
Mexanizm turi
|
«b» ning qiymati, m
|
ko’p kovshli yonlama ekskavator
|
0, 4-0, 6
|
ko’p kovshli transheyali ekskavator
|
0, 5-0, 8
|
bir kovshli ekskavator – draglayn
|
1, 0-2, 0
|
bir kovshli ekskavator – to’g’ri kovshli
|
0, 8-1, 5
|
bir kovshli ekskavator – teskari kovshli
|
1, 0-1, 3
|
Yopiq yotiq zovurlar, asosan, yerdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish maqsadida loyihalanadi. YOpiq yotiq zovurlarni hosil qilishda maxsus filtrlar bilan jihozlangan turli xil zovur quvurlaridan foydalaniladi. Ba’zi hollarda, zovur quvuri o’rnida g’ovakli materiallar (shox-shabba, xashak, poxol, qamish, tosh-shag’al yoki tuproq bo’shlig’i) dan ham foydalanish mumkin.
Yopiq yotiq zovurlarda qo’llaniladigan quvurlar. YOpiq yotiq zovur tarmoqlarini qurishda sopol, plastmassa, g’ovak beton, yog’och, asbesttsement, beton va temir-beton quvurlari qo’llaniladi.
Plastmassa zovur quvurlari.Bu quvurlar polietilen va polivinil xlordan tayyorlanib, o’zining yengilligi, suv qabul qilish teshiklari o’lchamlarining bir xilligi, qurilish vaqtida qulayligi bilan sopol zovur quvurlariga nisbatan ustun turadi. Ular burama (qat-qat) va spiralsimon (buralma) ko’rinishda bo’ladi (10-11-rasmlar).
|
|
24.2.5-rasm. Buramali zovur quvuri
|
24.2.6-rasm. YOtiq zovurlar uchun sun’iy tolali filtrlar konstruktsiyasi:
1-zovur quvuri; 2-tirqish; 3, 4-shisha tolali mato
o’ramasi; 5-bazalt tolali mato
|
Plastmassa zovur quvurlari sun’iy tolali filtrlar (24.2.6-rasm) bilan jihozlanadi va yopiq zovurlardan ochiq zovurlarga suv chiqarish o’rnida ham ishlatiladi.
Qurama zovurlar. Qurama zovurlar bu yotiq (ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar) zovurlarga ulangan, o’zi quyiladigan (buloq ko’rinishida) tik
(kuchaytiruvchi) quduqlar ko’rinishidagi inshootlar kompleksidan iboratdir (24.2.7). Ular tabiiy va yuqori qatlamlardan suvlarning sizilishidan hosil bo’lgan gidrodinamik bosimlar natijasida, kuchaytiruvchi quduqlardagi sizot suvlari sathining ular ulangan yotiq zovurlardagi suv sathiga nisbatan yuqori bo’lishi ( H ) hisobiga ishlashiga asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |