O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


- rasm. Yoritkichlarning gorizontga nisbatan sutkalik harakat yo`llari (Yerning qutbida)



Download 7,18 Mb.
bet14/25
Sana02.04.2022
Hajmi7,18 Mb.
#525218
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
лаборатория

1- rasm. Yoritkichlarning gorizontga nisbatan sutkalik harakat yo`llari (Yerning qutbida)

2-hol. Kuzatuvchi 0º< φ < 90º geografik kenglikda, ya’ni Yerning o’rta kengliklarida bo`lsin. Bu joylarda sutkalik parallel aylanalar matematik gorizont bilan kesishmasligi yoki kesishgach, teng ikkiga bo’linmasligi mumkin (osmon ekvatoridan tashqari). Shimoliy yarim sharda harakatlanayotgan yoritkichlar sutkalik parallel aylanalarining gorizont ustidagi qismi gorizont ostidagi qismidan katta bo’ladi (2-rasm).


Bunday kengliklarda Quyoshning sutkalik yo’li, u shimoliy yarim sharda bo’lganida (yani 21-martdan to 23-sentabrga qadar), kunduz tundan uzun, janubiy yarim sharda bo’lganida esa (ya’ni 23-sentabrdan to kelgusi yilning 21-martiga qadar) tuni kunduzidan uzun ekani kuzatiladi.

2-rasm. Yoritkichlarning gorizontga nisbatan sutkalik harakat yo`llari (o`rta geografik kengliklarda)


3-hol. Kuzatuvchi φ=0º geografik kenglikda, ya’ni kuzatuvchi Yer ekvatorida bo`lsin, u holda olamning qutblari matematik gorizont ustma-ust tushadi. Osmon ekvatori aylanasi zenit va nadir nuqtalari orqali o’tadi. Yoritkichlarning sutkalik parallel aylanalari matematik gorizontga tik joylashadi va u bilan teng ikkiga bo’linadi (3-rasm).

3-rasm. Yoritkichlarning gorizontga nisbatan sutkalik harakat yo`llari (Yerning ekvatorida)
Ekvatordagi kuzatuvchi uchun hamma yulduzlar gorizont tekisligiga tik ravishda chiqadi va botadi. Bu yerda har bir yulduz uz yo`lining qoq yarmini gorizont ustida o`tadi. Ekvatordagi kuzatuvchi uchun olamning shimoliy qutbi shimoliy nuqta bilan, olamning janubiy qutbi esa janubiy nuqta bilan ustma-ust tushadi. Olam o`qi gorizont tekisligida yotadi.
Yoritkichlarning kulminatsiya paytidagi balandligi. Yerning o`z o`qi atrofida aylanishining aksi bo`lgan osmonning ko`rinma aylanishida olam qutbi shu kenglikdagi gorizont ustida o`zgarmas vaziyatni egallaydi. Yulduzlar har sutkada olam o`qi atrofida gorizont ustida ekvatorga paralel bo`lgan aylanalar chizadi. Bunda har bir yoritkich bir sutkada osmon meridianini ikki marta kesib o`tadi (4-rasm). Yoritkichlarning osmon meridianidan o`tish hodisalari kulminatsiyalar deyiladi. Yuqori kulminatsiyada yoritkichning balandligi eng katta, quyi kulminatsiyada eng kichik qiymatga ega bo`ladi. Kulminatsiyalar orasida o`tadigan vaqt yarim sutkaga teng.


Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish