1-rasm. Osmon sferasi modeli
2-rasm. Osmon sferasining asosiy elementlari
ISHNI BAJARISH TARTIBI
Osmon sferasi modelidan (1-rasm) osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalarini va ekliptikaning shimol, janub, g’arb va sharq nuqtalarini toping.
Osmon sferasi modelini o’zingiz yashayotgan geografik kenglamaga moslab, osmon sferasi elementlarini, osmon ekvatori tekisligi bilan tashkil etgan burchaklarni aniqlang.
Osmon sferasi modelining K-vintini burab, uni φ=90º, φ=60º, φ=0º, φ=40º kengliklarga moslab, kenglik o’zgarishi bilan osmon sferasining elementlari o’zgarishini aniqlang.
Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari bilan tanishing.
Nazorat savollari
1. Osmon sferasi deb nimaga aytiladi ?
2. Ekliptika deb nimaga aytiladi ?
3. Tush chizig’i deb nimaga aytilsdi ?
4. Osmon ekvatori bilan ekliptika orasidagi burchak necha gradus ?
5. Osmon ekvatori bilan olam o’qi orasidagi burchak necha gradus ?
6. Vertikal chiziq deb nimaga aytiladi ?
7. Kulminatsiya deb nimaga aytiladi ?
8. Matematik gorizont deb nimag aytiladi ?
9. Almuqantaratlar deb nimaga aytiladi ?
10. Osmon meridiani deb nimaga aytiladi ?
Taklif: O’qituvchi ushbu laboratoriya ishini o’tishda darsning “fanlararo bog’lanish” (matematika va geometriya) usulidan foydalansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
LABORATORIYA ISHI -2
YULDUZLARNING KICHIK ATLASLARI
ISHNING MAQSADI: Yulduzlarning kichik atlaslari bilan tanishish va ulardan osmonni o’rganishda foydalanish.
KERAKLI ASBOBLAR VA QO’LLANMALAR: A.A.Михайлов «Атлас звёздного неба» (Yulduzlar osmonining atlasi), osmon sferasining modeli, globus.
QISQACHA NAZARIYA
Tekislikda yulduz turkumlarini tasvirlaydigan yulduz kartasini tuzish uchun yulduzlarning koordinatalarini bilish kerak. Yulduzlarning gorizontga nisbatan koordinatalari, masalan, balandligi yaqqol bo`lsa-da, lekin kartalar tuzish uchun yaramaydi, chunki ular doimo o`zgarib turadi. Koordinatalarning shunday sistemasini qo`llash kerakki, u yulduzlar osmoni bilan birga aylanadigan bo`lsin. Koordinatalarining ana shunday sistemasiga ekvatorial sistemasidir. Uning bunday nomlanishiga sabab, bunda ekvator tekisligi asosiy tekislik bo`lib, koordinatalarini hisoblash shu tekislikdan boshlanib va shu tekislikda olib boriladi. Bu sistemadagi koordinatalarining biri qilib yoritkichning osmon ekvatoridan burchak uzoqligi, yoritkichning og`ishi olingan (1-rasm).
U ekvatordan shimolga tomon musbat, janubga tomon manfiy hisoblanadi va ±90o oralig`ida o`zgaradi. Og`ish geografik kenglikka o`xshaydi. Ikkinchi koordinata geografik uzunlikka o`xshash bo`lib, uni to`g`ri chiqish deyladi.
Yoritkich M ning to`g`ri chiqish ikkita katta doira orasidagi burchak bilan o`lchanadi: bu doiralardan biri olamning qutblari va shu M yoritkichdan, ikkinchisi esa olamning qutblari ekvatorda joylashgan bahorgi teng kunlik nuqtasi dan o`tadi (1-rasm). Bahorgi teng kunlik nuqtasi deyilishga sabab har yili bahorda, aniqrog`i 20-21 martda kun tunga tenglashganda Quyosh osmon sferasining shu nuqtasida bo`lishidir.
To`g`ri chiqish osmon ekvatori yoyi bo`ylab bahorgi teng kunlik nuqtasidan boshlanib, soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishida hisoblanadi. U 0o dan 360o gacha o`zgaradi va uning to`g`ri chiqish deyilishiga sabab osmon ekvatorida joylashgan yulduzlarning to`g`ri chiqishlarining ortib borishi tartibda chiqishlari bordir.
Yulduzlarning kichik atlaslaridan yulduzlar osmonini o’rganishda foydalaniladi. Bizga ma’lumki, inson ko’zi 6m yulduz kattaligigacha bo’lgan yulduzlarni optik sistemalarsiz (ko’zoynak, durbin, teleskop) ko’ra oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |