Fanlararo bog`lanish: zoologiya, ximiya, biologiya, fizika, matematika.
Kasbga yonaltirish: Texnolog, bosh oshpaz, oshpaz, offitsant kassir, hisobchi.
Dars o`tish uslublari: Suhbat o`tkazish, amaly ish, muammoli o`qitish texnologiyasi, test, texnologik ko`rsatmali kartalar bilan dars o`tish, guruhlar aro musobaqa, boshqa fanlar bilan bog`lab dars o`tish.
DARSNING BORISHI.
Tashkiliy qism.
o`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
o`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish
o`quvchilarni darsga jalb qilish, ularga darsning maqsadini tushuntirib o`tish.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash:
o`quvchilarning bilimlarini aniqlash uchun har xil tekshirish metodlaridan foydalanish;
testlar, kartochkalar, guruhlar o`rtasida o`yinlar o`tkazish (hamma o`quvchilar jalb qilinadi).
III. Yangi mavzuning bayoni
O`quvchilarning e`tiborini tortish va darsga qiziqtirish uchun quyidagi savollar beriladi.
Qaysi qushlar uy parandalari hisoblanadi? Qaysilari yovvoyi qushlarga kiradi?
Qaysi parandalarning tuxumini iste`mol qilamiz?
Qaysi parandalarning tuxumidan foydalanamiz va qaysilaridan foydalanmaymiz, sababini bilasizmi?
Siz mustaqil ravishda tuxumdan qanday taom tayyorlay olasiz?
TUXUMNING TAVSIFNOMASI
Tuxum yoqori kaloriyali mahsulot. Tovuq tuxumi mayin va hushbo`y, mazali, to`ymli ovqat mahsuloti. Uning o`rtacha kimyoviy tarkibida 74% suv, 12% oqsil modda, 11,8% yog`, 1% uglevod, qandolatchilik mahsulotlarining ozuqaviylik qiymati va sifatini oshiradi. Tuxum albumin o`zinng ko`pik hosil qiluvchi sifatlari bilan xamirning uvalanmasligini ya`minlaydu va tayyor mahsulotning g`ovak-g`ovak bo`lib chiqishiga yordam beradi.
Tuxumning sarig`i va oqi ba`zi bir hollarda birga ishlatiladi, ba`zi bir hollarda esa faqat oqi (y`ani bize uchun) ishlatiladi. Tuxumni alihida ovqat sifatida nonushtaga yoki tushlikka tez va qulay tayyorlash mumkin.
Bolalar muassasalariga o`rdak va g`ozlarning tuxumlaridan foydalanish man etiladi, negaki bu tuxumlarda odam organizmi uchun xavvfli mkroblar, salmanillar bo`lishi mumkin.
Tuxum sarig`ning rangi to`vuqqa berilgan ovqatning turi va tuhumlash mavsumiga qarab har hil och sariqdan to`q qizg`ish sarqqacha bo`ladi.Tuxumning sifatin ovaskop aparati yordamida aniqlash mumkin.Bu aparat tuhumning ichini yahshi ko`rsatadi. Yangi yahshi saqlangan tuhumning ichn yorug`,eski tuhumning ichini esa hira ko`rsatadi.
Tuxumning po`chog`i ichki qismini tashqi ta`sirlardan saqlaydi. Lekin ko`p vaqt saqlanganda po`chog`i orqali ham ichiga mikrop tushishi mumkin. Saqlash muddatiga ko`ra tuhum parhezli va sovutgichdagi turlarga bo`linadi. Parhezli turiga 10 kungacha saqlangan turi kiradi. Og`rligiga ko`ra brinchi va ikkinchi kategoriyalarga bo`linadi. Birinchi kategoriya 40–47 gr og`rlikdagi tuxumlar kiradi. Og`rligi 40 gramdan kam bo`lgan tuxumlar standart bo`lmagan tuxumlar hisoblanadi.
Tuxumdan tashqari tuxum kukuni (poroshok) dan va melanj (yahlatilgan tuxum) dan foydalanish mumkin. 1kilogramm tuxum kukuni (poroshogi) 90 ta tuxumga teng bo`ladi. Tuxum kukunining 100 grami 0,35 litr suvda eritiladi.
Tuxumdan tayyorlangan taomlar dasturhonga tortish oldidan tayyorlanadi, chunki bu taomlarni uzoq saqlab bo`lmaydi. Issiqlik ta`sirida tuxumli taomlarni tayyorlashda fizikaviy, kimyoviy, biologik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Tuxumning oqsili denaturatsiya qilinadi, yani tipik rangidan oq rangga aylanadi. Issiqlik tasirida tuxum oqsili o`zidan serovodorod ajratib chiqaradi. Bu sarig`ining ustki qismi to`q rangga aylanishi bilan (yani qorayadi) isbotlanadi. Bunday holatni kamaytirish uchun tayyorlash tartibiga rioya qilish kerak. Tezda tuxumni sovuq suvda sovutish lozim, shunda oqsildagi serovodorod bilan sarig`idagi temir moddasai aralashib ketish oldi olinadi,ya`ni sarig`i kulrang tusga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |